toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “OLIY OʻQUV YuRTLARI PROFESSOR-OʻQITUVChILAR TARKIBINING MAOShINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA” 1999 YIL 20 IYuLDAGI PF-2341-SONLI FARMONINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublika oliy taʼlim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimi tasdiqlanishi munosabati bilan:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilar tarkibining maoshini oshirish toʻgʻrisida” 1999-yil 20-iyuldagi PF-2341-sonli Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisining xizmati (Sh.X. Fayziyev) zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 9-sentabr,
PF-4026-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 37-38-son, 368-modda)