1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.11.00.00 Mehnat nizolari / 05.11.01.00 Yakka tartibdagi mehnat nizolari;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat. Muqobil xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“UMUMIY HARBIY MAJBURIYAT VA HARBIY XIZMAT TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING 29-MODDASIGA QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 23-iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2008-yil 28-avgustda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi 436-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 217-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 262-modda) 29-moddasi birinchi qismining 11-bandi “qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2008-yil 11-sentabrdagi 179 (4589)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 10-sentabr,
OʻRQ-175-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 37-38-son, 362-modda)