1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.01.00 Umumiy qoidalar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.06.00 Jinoyatlarning alohida turlari uchun javobgarlik / 16.11.06.06 Jamoat va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoiy qonunchilik]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
TRANSPORT VOSITALARINI OLIB QOChGANLIK UChUN JINOIY JAVOBGARLIKNI KUChAYTIRISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-maydagi 73-I-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 30-sentabrdagi 364-XII-son “Oʻzbekiston SSR Konstitutsiyasi (asosiy qonuni)ga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan “Oʻzbekiston SSR” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi” degan soʻzlar bilan almashtirilgan.
Transport vositalarini olib qochganlik uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining 1959-yil 21-maydagi Qonuni bilan tasdiqlangan (OʻzSSR Oliy Sovetining Vedomostlari, 1959-yil, № 6, 2-modda; 1983-yil, № 1, 1-modda; 1985-yil, № 31, 359-moddasi) Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 209-2-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“209-2-modda. Transport vositalarini olib qochish
Transport vositalarini olib qochish —
uch yildan yetti yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar takror yoki bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilsa —
mol-mulkini musodara qilib, yetti yildan oʻn ikki yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlar oʻta xavfli retsidivist, uyushgan guruh jinoyatchi tomonidan, yoxud kuch ishlatib yoki doʻq-poʻpisa qilib sodir etilsa —
mol-mulkini musodara qilib, oʻn yildan oʻn besh yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi”.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 15-fevral,
219-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 4-son, 72-modda)