1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.03.00 Tarif setkalari. Mansab okladlari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.02.00 Fan va taʼlim (ayrim xodimlar xizmati) sohasidagi mehnatni tartibga solishning xususiyatlari;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura);
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.81.00 (Кучини йукотган) Pedagog kadrlar. Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublika oliy taʼlim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy taʼlim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish va uni moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 24-iyuldagi PQ-926-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.02.00 Ish haqining eng kam miqdori]
1. Oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilar tarkibi va rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning 1—3-ilovalarga muvofiq bazaviy lavozim maoshlari 2008-yil 1-sentabrdan boshlab amalga kiritilsin.
2. Oliy taʼlim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
21. Oliy taʼlim muassasalarining boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining mehnatiga haq toʻlash razryadlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2017-yil 1-sentabrdan joriy etilsin.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 617-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 852-modda)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.02.00 Ish haqining eng kam miqdori]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda 2008-yil 1-sentabrgacha oliy taʼlim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish boʻyicha zarur tushuntirish ishlarini va tashkiliy ishlarni amalga oshirsin.
Amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 9 oyi yakunlari boʻyicha majlisida axborot berilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralarning kunduzgi oʻqish boʻyicha oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklariga qarab bir oʻqituvchiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbatining cheklangan normativlarini:
2009/2010 oʻquv yilidan boshlab — 1:10,5;
2019/2020 oʻquv yilidan boshlab — 1:10,0;
2020/2021 oʻquv yilidan boshlab — 1:9,5;
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab — 1:9,0 nisbatida belgilash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Belgilansinki, taʼlim sohalari bloklari va shakllari boʻyicha bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbatining normativlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 617-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 852-modda)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasidan biriga, xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan
2 280 056
2 178 048
fan nomzodi, falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasidan biriga, xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan
2 178 048
2 094 613
ilmiy darajaga ega boʻlmagan
2 094 613
2 010 729
2. Professor:
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasidan biriga, xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan
2 178 048
2 094 613
fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasidan biriga, xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan
2 094 613
2 010 729
ilmiy darajaga ega boʻlmagan
2 010 729
1 911 492
3. Dotsent:
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science), fan nomzodi, falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasidan biriga yoki xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan
2 010 729
1 911 492
Ilmiy darajaga ega boʻlmagan
1 911 492
1 813 388
4. Katta oʻqituvchi:
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science), fan nomzodi, falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasidan biriga yoki xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan
1 911 492
1 813 388
ilmiy darajaga ega boʻlmagan
1 813 388
1 717 466
5. Assistent, oʻqituvchi:
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science), fan nomzodi, falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasidan biriga yoki xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan
1 717 466
1 622 345
ilmiy darajaga ega boʻlmagan
1 622 345
1 528 665
6. Oʻqituvchi-stajer
1 431 420
Izoh:
1. Ushbu ilovada nazarda tutilgan bazaviy lavozim maoshlari kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlim muassasalarida (markazlar, institutlar, fakultetlarda) tegishli lavozimlar uchun ham qoʻllaniladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
2. Professorlar va dotsentlarning bazaviy lavozim maoshlari tegishli ravishda professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan shaxslarga (katta ilmiy xodimga) belgilanadi.
3. Professor yoki dotsent lavozimiga tayinlangan, biroq tegishli ilmiy unvonga ega boʻlmagan professor-oʻqituvchilar tarkibidan boʻlgan shaxslarga ikki yilgacha boʻlgan muddatga bazaviy lavozim maoshlari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
professor — 2 010 729 soʻm;
dotsent — 1 911 492 soʻm.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 617-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 852-modda)
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasidan biriga, xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan
2 467 989
2 364 041
fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasidan biriga, xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan
2 364 041
2 280 056
2. Oʻquv, ilmiy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor:
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasidan biriga, xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan
2 364 041
2 280 056
fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasidan biriga, xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan
2 280 056
2 178 048
ilmiy unvonga yoki ilmiy darajaga ega boʻlmagan
2 178 048
2 094 613
3. Xalqaro aloqalar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari va moliya-iqtisod ishlar boʻyicha prorektor:
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasidan biriga, xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan
2 226 535
2 142 452
fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasidan biriga, xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan
2 142 452
2 057 983
ilmiy unvonga yoki ilmiy darajaga ega boʻlmagan
2 057 983
1 973 391
4. Filial direktori:
akademik ilmiy unvoniga ega boʻlgan
2 467 989
2 467 989
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasidan biriga, xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan
2 364 041
2 364 041
fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasidan biriga, xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan
2 280 056
2 280 056
5. Filial direktorining oʻquv, ilmiy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari:
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasidan biriga, xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan
2 280 056
2 280 056
fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasidan biriga, xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan
2 178 048
2 178 048
ilmiy unvonga yoki ilmiy darajaga ega boʻlmagan
2 094 613
2 094 613
6. Filial direktorining xalqaro aloqalar va moliya-iqtisod ishlar boʻyicha oʻrinbosari:
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasidan biriga, xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan
2 142 452
2 142 452
fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasidan biriga, xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan
2 057 983
2 057 983
ilmiy unvonga yoki ilmiy darajaga ega boʻlmagan
1 973 391
1 973 391
7. Dekan:
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science), fan nomzodi, falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasidan biriga yoki xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan
2 178 048
2 178 048
ilmiy unvonga yoki ilmiy darajaga ega boʻlmagan
2 094 613
2 094 613
8. Dekan oʻrinbosari:
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science), fan nomzodi, falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasidan biriga yoki xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan
2 094 613
2 094 613
ilmiy unvonga yoki ilmiy darajaga ega boʻlmagan
2 010 729
2 010 729
9. Axborot texnologiyalari markazi boshligʻi
836 099
782 513
Izoh
Ushbu ilovada nazarda tutilgan bazaviy lavozim maoshlari kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlim muassasalarida (institutlarda, fakultetlarda) tegishli lavozimlar uchun ham qoʻllaniladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 617-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 852-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 164-son qaroriga 4-ILOVA
Oliy taʼlim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.02.00 Ish haqining eng kam miqdori]
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy taʼlim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish va uni moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 24-iyuldagi PQ-926-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda Davlat budjetidan yoki aralash tarzda mablagʻ bilan taʼminlanadigan oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilar tarkibi va rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlarini belgilaydi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
2. Ushbu Nizomning amal qilishi budjet tashkilotlari uchun qoʻllanadigan Yagona tarif setkasi asosida amalga oshiriladigan oliy taʼlim muassasalarining oʻquv-yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari mehnatiga haq toʻlashga tatbiq etilmaydi.
3. Oliy taʼlim muassasalari xodimlarining ish haqi bazaviy lavozim maoshini, shuningdek qonun hujjatlarida va ushbu Nizomda nazarda tutilgan ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlarni oʻz ichiga oladi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar)]
ilmiy daraja, ilmiy unvon mavjudligiga qarab tabaqalashtiriladi.
6. Oliy taʼlim muassasalari rahbarlarining bazaviy lavozim maoshlari oliy taʼlim muassasasi mansub boʻlgan guruhdan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Birinchi guruhga talabalar kontingenti 2000 nafardan ortiq boʻlgan oliy taʼlim muassasasi kiradi.
Ikkinchi guruhga talabalar kontingenti 2000 nafardan kam boʻlgan oliy taʼlim muassasasi kiradi.
7. Rahbarlar tarkibiga oliy taʼlim muassasasining rektori, prorektori, dekani, dekan oʻrinbosari, oliy taʼlim muassasasi filialining direktori, direktor oʻrinbosari lavozimlaridagi shaxslar kiradi.
Qonun hujjatlariga muvofiq oʻquv jarayoni oʻqitishning modul tizimiga asoslangan oliy taʼlim muassasalarida Oʻquv-metodik boʻlim (boshqarma) boshligʻi va boshliqning oʻrinbosari lavozimini egallab turgan shaxslar ham rahbarlar tarkibiga kiradi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 472-modda)
8. Professor-oʻqituvchilar tarkibiga kafedra mudiri, professor, dotsent, katta oʻqituvchi, assistent, oʻqituvchi, tajriba orttiruvchi oʻqituvchi lavozimidagilar kiritiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
Oliy taʼlim muassasasining kafedra mudiri, professor, dotsent, katta oʻqituvchi, assistent, oʻqituvchi, tajriba orttiruvchi oʻqituvchi lavozimlari Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 20-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq egallanadi.
9. Bazaviy lavozim maoshlari sxemalarida ikkita maosh nazarda tutilgan lavozimlar boʻyicha professor-oʻqituvchilar tarkibi shtat jadvallarini tasdiqlashda ushbu lavozimlar boʻyicha lavozim maoshlari oliy taʼlim muassasasi rektori tomonidan xodimlar soni va tegishli vazirlik (idora) tomonidan ushbu oliy taʼlim muassasasi uchun mazkur xodimlar toifasi boʻyicha hisoblangan ish haqi fondi doirasida belgilanadi. Bunda oʻtalgan ilmiy maktab, ish staji, oʻquv-tarbiya jarayoniga qoʻshilgan faol hissa va oliy taʼlim muassasasi rahbari tomonidan belgilanadigan boshqa koʻrsatkichlar hisobga olinadi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
10. Oliy taʼlim muassasalari xodimlarining bazaviy lavozim maoshlarini oʻzgartirish:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga muvofiq budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi oshganda;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
xodim oliy taʼlim muassasasida boshqa lavozimga oʻtganda amalga oshiriladi.
Bazaviy lavozim maoshini oʻzgartirish oliy taʼlim muassasasi boʻyicha buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ish haqini oshirish toʻgʻrisidagi farmonlari munosabati bilan bazaviy lavozim maoshlari oʻzgargan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining pedagog va rahbar xodimlarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qoʻshma buyrugʻi chiqariladi.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt)]
12. Xodim oliy taʼlimning bitta muassasasida boshqa lavozimga oʻtgan taqdirda va shu munosabat bilan bazaviy lavozim maoshi oʻzgarganda mehnat shartnomasi oʻzgarishi tartibini belgilaydigan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi qoidalari qoʻllaniladi (VI bob, 3-§).
III. Ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
13. Yuqori kasb mahoratiga ega boʻlgan va oʻquv-tarbiya jarayoni sifatini oshirishga hamda ilmiy tadqiqotlarga aniq hissa qoʻshayotgan professor-oʻqituvchilar tarkibi vakillari mehnatini moddiy taqdirlash va ragʻbatlantirish maqsadida ular uchun budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasidan belgilangan tartibda toʻlanadigan har oylik ustamalar belgilanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
14. Hukumatning alohida qarorlari bilan belgilangan va tarif boʻyicha lavozim maoshiga nisbatan foizlarda hisoblanadigan qoʻshimcha toʻlov va ustamalarning boshqa turlari miqdori ushbu Nizom kuchga kirgan vaqtdan boshlab bazaviy lavozim maoshiga nisbatan foizlarda hisoblanadi.
IV. Mehnatga soatbay haq toʻlash tartibi va shartlari
15. Pedagog xodimlar mehnatiga soatbay haq toʻlash:
shtatdagi oʻqituvchilar tomonidan ushbu toifadagi xodimlarga soatbay haq toʻlash shartlari toʻgʻrisida amaldagi nizomlarga muvofiq bajarilgan oʻquv ishlari uchun;
belgilangan normativlarga muvofiq mehnatga soatbay haq toʻlagan holda oʻquv ishlarini bajarishga jalb etiladigan rektorlar, prorektorlar va boshqa rahbar xodimlarga;
boshqa tashkilotlardan jalb etiladigan oʻqituvchilar va boshqa mutaxassislarning oʻquv ishlari uchun haq toʻlashda qoʻllaniladi.
17. Professor-oʻqituvchilar tarkibi mehnatini normalashtirish har yili oʻquv yili uchun tuziladigan va belgilangan tartibda tasdiqlanadigan shaxsiy ish rejalariga asoslangan.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
Professor-oʻqituvchilarning shaxsiy ish rejasi oʻquv, oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va maʼnaviy-maʼrifiy tusdagi asosiy tadbirlar roʻyxatini oʻz ichiga oladi.
Qonun hujjatlariga muvofiq oʻquv jarayoni oʻqitishning modul tizimiga asoslangan oliy taʼlim muassasalarida yillik shaxsiy ish rejasi faqat oʻquv tusdagi tadbirlarni, ularning soatlar miqdorini koʻrsatgan holda, oʻz ichiga oladi. Ushbu soatlarning eng kam miqdori oliy taʼlim muassasasi Kengashi tomonidan belgilanadi.
Professor-oʻqituvchilar tarkibining oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʻyicha mehnat faoliyati soatlar miqdorisiz ish turlari va mazmuni asosida lavozimlarga qoʻyilgan malaka talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
Oliy taʼlim muassasasida professor-oʻqituvchilar tarkibining oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar hajmi mazkur ish turlarini bajarish zarurligini inobatga olgan holda egallab turgan lavozim bilan bogʻliq holda fakultet dekani (kafedra mudiri)ning takliflari asosida oliy taʼlim muassasasi kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Oliy taʼlim muassasasi professor-oʻqituvchilar tarkibining oʻquv yuklamasi hamda oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarini belgilash qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Mazkur bandning toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshlari talablari qonun hujjatlariga muvofiq oʻquv jarayoni oʻqitishning modul tizimiga asoslangan oliy taʼlim muassasalariga tatbiq etilmaydi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 617-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 852-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 164-son qaroriga 5-ILOVA
Oliy taʼlim muassasalarining boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining mehnatiga haq toʻlash
RAZRYADLARI
T/r
Lavozimlar nomi
Mehnatga haq toʻlash razryadlari
1.
Oʻquv-uslubiy boʻlimi (boshqarma), ilmiy-tadqiqot va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash boʻlimi (sektor), magistratura boʻlimi, taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi boshliqlari
*
2.
Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi oʻrinbosari
**
3.
“Maʼnaviyat va maʼrifat” va iqtidorli yoshlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi
16
4.
Marketing boʻlimi boshligʻi:
2000 va undan yuqori nafar talaba boʻlganda
2000 nafar talabadan kam boʻlganda
15
14
5.
Monitoring va ichki nazorat boʻlimi (sektor mudiri), xalqaro boʻlimi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash boʻlimi boshliqlari:
2000 va undan yuqori nafar talaba boʻlganda
2000 nafar talabadan kam boʻlganda
13
12
6.
Bosh muhandis, bosh buxgalter, reja-moliya boʻlimi (sektor) boshligʻi:
2000 va undan yuqori nafar talaba boʻlganda
2000 nafar talabadan kam boʻlganda
15
14
7.
Bosh energetik, bosh buxgalter oʻrinbosari (auditor), xodimlar boʻlimi, oʻqitishning texnik vositalari boʻlimi, texnik foydalanish va xoʻjalik boʻlimi boshliqlari:
2000 va undan yuqori nafar talaba boʻlganda
2000 nafar talabadan kam boʻlganda
13
12
8.
Tahririy-nashriyot boʻlimi, ikkinchi boʻlim, fuqaro va mehnat muhofazasi boʻlimi va boshqa boʻlimlar boshliqlari
12
9.
Rektor yordamchisi, yetakchi mutaxassis
8
10.
Devonxona va arxiv mudirlari, uslubchi,tarmoq va tizim administratori, telefon stansiyasi boshligʻi, dispetcher-garaj mudiri
7
11.
Iqtisodchi, buxgalter:
toifasiz
2-toifa
1-toifa
6
7
8
12.
Muhandis:
toifasiz
2-toifa
1-toifa
4
5
6
13.
Texnik:
toifasiz
2-toifa
1-toifa
3
4
5
14.
Laboratoriya, sport inshooti, vivariy, oʻquv poligoni, sanʼat saroyi mudirlari, kriogen stansiya boshligʻi
7
15.
Talabalar turar joyi, kompyuter zali mudirlari, muharrir, fond saqlovchi
6
16.
Inspektor, dispetcher, texnik muharrir, kabinet mudiri
5
17.
Xoʻjalik, ombor mudirlari, bino komendanti, laborant, gʻaznachi, yongʻin xavfsizligi boʻyicha instruktor, musahhih, muzey kuzatuvchisi
4
18.
Axborot texnologiyalari markazi boʻlimi boshliqlari:
2000 va undan yuqori nafar talaba boʻlganda
2000 nafar talabadan kam boʻlganda
9
8
19.
Axborot resurs markazi direktori (mudir):
2000 va undan yuqori nafar talaba boʻlganda
2000 nafar talabadan kam boʻlganda
12
11
20.
Axborot resurs markazi direktori oʻrinbosari (mudir oʻrinbosari):
2000 va undan yuqori nafar talaba boʻlganda
2000 nafar talabadan kam boʻlganda
11
10
21.
Axborot resurs markazi boʻlimlari mudirlari:
2000 va undan yuqori nafar talaba boʻlganda
2000 nafar talabadan kam boʻlganda
10
9
22.
Bibliograf, kutubxonachi:
toifasiz
2-toifa
1-toifa
5
6
7
23.
Bosh kutubxonachi, bosh mutaxassis
9
24.
“Maʼnaviyat va maʼrifat” va iqtidorli yoshlar bilan ishlash boʻlimi uslubchisi
14
25.
Psixolog
15
26.
Talabalar turar joyi tarbiyachi-pedagogi
14
* Mos ravishda oliy taʼlim muassasasining fakultet dekani bazaviy lavozim maoshiga tenglashtiriladi;
** Mos ravishda oliy taʼlim muassasasining fakultet dekani oʻrinbosari bazaviy lavozim maoshiga tenglashtiriladi.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 617-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 852-modda)