toggle_night_mode
Hujjat 02.09.2015 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublika oliy taʼlim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy taʼlim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish va uni moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 24-iyuldagi PQ-926-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilar tarkibi va rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning 1—3-ilovalarga muvofiq bazaviy lavozim maoshlari 2008-yil 1-sentabrdan boshlab amalga kiritilsin.
2. Oliy taʼlim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda 2008-yil 1-sentabrgacha oliy taʼlim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish boʻyicha zarur tushuntirish ishlarini va tashkiliy ishlarni amalga oshirsin.
Amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 9 oyi yakunlari boʻyicha majlisida axborot berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralarning kunduzgi oʻqish boʻyicha oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklariga qarab bir oʻqituvchiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbatining cheklangan normativlarini:
2009/2010 oʻquv yilidan boshlab — 1:10,5;
Oldingi tahrirga qarang.
2017/2018 oʻquv yilidan boshlab — 1:12,5 nisbatida belgilash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 26-martdagi 68-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 13-son, 143-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilansinki, viloyatlar bloklari va taʼlim shakllari boʻyicha bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbatining normativlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 26-martdagi 68-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 13-son, 143-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 1-avgust,
164-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 164-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilar tarkibi mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari
MIQDORLARI

(soʻm)

Lavozimlar nomi

Bazaviy lavozim

maoshlari miqdorlari

I guruh

II guruh

1. Kafedra mudiri:

fan doktori ilmiy darajasiga yoki professor unvoniga ega boʻlgan

1 802 415

1 721 777

fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki dotsent unvoniga ega boʻlgan, tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan

1 721 777

1 655 821

ilmiy darajaga ega boʻlmagan

1 655 821

1 589 509

2. Professor:

fan doktori ilmiy darajasiga yoki tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning ilmiy darajalariga ega boʻlgan

1 721 777

1 655 821

fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning ilmiy darajalariga ega boʻlgan

1 655 821

1 589 509

ilmiy darajaga ega boʻlmagan

1 589 509

1 511 061

3. Dotsent:

ilmiy darajaga yoki tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan

1 589 509

1 511 061

ilmiy darajaga ega boʻlmagan

1 511 061

1 433 508

4. Katta oʻqituvchi:

ilmiy darajaga yoki tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan

1 511 061

1 433 508

ilmiy darajaga ega boʻlmagan

1 433 508

1 357 681

5. Assistent, oʻqituvchi:

ilmiy darajaga yoki tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan

1 357 681

1 282 486

ilmiy darajaga ega boʻlmagan

1 282 486

1 208 431

6. Oʻqituvchi-stajyor

1 131 557

Izohlar:
1. Ushbu ilovada nazarda tutilgan bazaviy lavozim maoshlari kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash muassasalarida (institutlarda, fakultetlarda) tegishli lavozimlar tegishli lavozimlar uchun ham qoʻllaniladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
2. Professorlar va dotsentlarning bazaviy lavozim maoshlari tegishli ravishda professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan shaxslarga (katta ilmiy xodimga) belgilanadi.
3. Professor-oʻqituvchilar tarkibidan professor yoki dotsent lavozimlariga tayinlangan, biroq tegishli ilmiy unvonga ega boʻlmagan shaxslarga ikki yilgacha boʻlgan muddatga bazaviy lavozim maoshlari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
professor — 1 589 509 soʻm;
dotsent — 1 511 061 soʻm”;
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-avgustdagi 246-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 34-son, 455-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 164-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oliy taʼlim muassasalarining rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari
MIQDORLARI

(soʻm)

Lavozimlar nomi

Bazaviy lavozim

maoshlari miqdorlari

I guruh

II guruh

1. Rektor:

akademik ilmiy unvoniga ega boʻlgan

2033591

1950979

professor ilmiy unvoniga, tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning fan doktori ilmiy darajasiga yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajasiga ega boʻlgan

1950979

1868807

dotsent ilmiy unvoniga, fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan

1868807

1802415

2. Oʻquv, ilmiy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor:

professor ilmiy unvoniga, tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning fan doktori ilmiy darajasiga yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajasiga ega boʻlgan

1868807

1802415

dotsent ilmiy unvoniga, fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan

1802415

1721777

ilmiy unvonga yoki ilmiy darajaga ega boʻlmagan

1721777

1655821

3. Xalqaro aloqalar, kapital qurilish va moliyaviy-iqtisodiy ishlar boʻyicha prorektor:

professor ilmiy unvoniga, tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning fan doktori ilmiy darajasiga yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajasiga ega boʻlgan

1760106

1693638

dotsent ilmiy unvoniga, fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan

1693638

1626864

ilmiy unvonga yoki ilmiy darajaga ega boʻlmagan

1626864

1559993

4. Filial direktori:

akademik ilmiy unvoniga ega boʻlgan

1950979

1950979

professor ilmiy unvoniga, tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning fan doktori ilmiy darajasiga yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajasiga ega boʻlgan

1868807

1868807

dotsent ilmiy unvoniga, fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan

1802415

1802415

5. Filial direktorining oʻrinbosari:

professor ilmiy unvoniga, tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning fan doktori ilmiy darajasiga yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajasiga ega boʻlgan

1802415

1802415

dotsent ilmiy unvoniga, fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan

1721777

1721777

ilmiy unvonga yoki ilmiy darajaga ega boʻlmagan

1655821

1655821

6. Dekan:

ilmiy unvonga yoki ilmiy darajaga, tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan

1721777

1721777

ilmiy unvonga yoki ilmiy darajaga ega boʻlmagan

1655821

1655821

7. Dekan oʻrinbosari:

ilmiy unvonga yoki ilmiy darajaga yoki tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan

1655821

1655821

ilmiy unvonga yoki ilmiy darajaga ega boʻlmagan

1589509

1589509

8. Hisoblash markazi boshligʻi

660948

618587

Izoh:
Ushbu ilovada nazarda tutilgan bazaviy lavozim maoshlari kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlim muassasalarida (institutlarda, fakultetlarda) tegishli lavozimlar uchun ham qoʻllaniladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-avgustdagi 246-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 34-son, 455-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 164-son qaroriga
3-ILOVA
Oliy taʼlim muassasalarining boshqa xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari miqdori

(soʻm)

Lavozimlar nomi Bazaviy lavozim maoshlari miqdori
1. Hisoblash markazlari muhandislari:
1-toifali 108,758 ‎
2-toifali 100,841 ‎
toifasiz 93,244 ‎
2. Madaniyat va sport ishlari vazirligining madaniyat va sanʼat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oliy taʼlim muassasalari konsertmeysterlari:
yetakchi konsertmeyster 266,802 ‎
konsertmeyster 237,472 ‎
3. Ilmiy kotib 125,545 ‎
4. Ishlab chiqarish taʼlimi ustasi 100,841 ‎
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 164-son qaroriga
4-ILOVA
Oliy taʼlim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy taʼlim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish va uni moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 24-iyuldagi PQ-926-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda Davlat budjetidan yoki aralash tarzda mablagʻ bilan taʼminlanadigan oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilar tarkibi va rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlarini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomning amal qilishi budjet tashkilotlari uchun qoʻllanadigan Yagona tarif setkasi asosida amalga oshiriladigan oliy taʼlim muassasalarining oʻquv-yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari mehnatiga haq toʻlashga tatbiq etilmaydi.
3. Oliy taʼlim muassasalari xodimlarining ish haqi bazaviy lavozim maoshini, shuningdek qonun hujjatlarida va ushbu Nizomda nazarda tutilgan ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlarni oʻz ichiga oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Oliy taʼlim muassasalari xodimlarining lavozim maoshlari
4. Oliy taʼlim muassasalari xodimlarining lavozim maoshlari:
oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilar tarkibi va rahbar xodimlarining har bir lavozimi uchun belgilanadigan bazaviy lavozim maoshlari;
xodimlarga qonun hujjatlarida belgilangan ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar asosida shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Professor-oʻqituvchilar tarkibining bazaviy lavozim maoshlari:
shtatdagi lavozimga;
ilmiy daraja, ilmiy unvon mavjudligiga qarab tabaqalashtiriladi.
6. Oliy taʼlim muassasalari rahbarlarining bazaviy lavozim maoshlari oliy taʼlim muassasasi mansub boʻlgan guruhdan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Birinchi guruhga talabalar kontingenti 2000 nafardan ortiq boʻlgan oliy taʼlim muassasasi kiradi.
Ikkinchi guruhga talabalar kontingenti 2000 nafardan kam boʻlgan oliy taʼlim muassasasi kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Rahbarlar tarkibiga oliy taʼlim muassasasining rektori, prorektori, dekani, dekan oʻrinbosari, oliy taʼlim muassasasi filialining direktori, direktor oʻrinbosari lavozimlaridagi shaxslar kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Professor-oʻqituvchilar tarkibiga kafedra mudiri, professor, dotsent, katta oʻqituvchi, assistent, oʻqituvchi, tajriba orttiruvchi oʻqituvchi lavozimidagilar kiritiladi.
Oliy taʼlim muassasasining kafedra mudiri, professor, dotsent, katta oʻqituvchi, assistent, oʻqituvchi, tajriba orttiruvchi oʻqituvchi lavozimlari Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 20-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq egallanadi.
9. Bazaviy lavozim maoshlari sxemalarida ikkita maosh nazarda tutilgan lavozimlar boʻyicha professor-oʻqituvchilar tarkibi shtat jadvallarini tasdiqlashda ushbu lavozimlar boʻyicha lavozim maoshlari oliy taʼlim muassasasi rektori tomonidan xodimlar soni va tegishli vazirlik (idora) tomonidan ushbu oliy taʼlim muassasasi uchun mazkur xodimlar toifasi boʻyicha hisoblangan ish haqi fondi doirasida belgilanadi. Bunda oʻtalgan ilmiy maktab, ish staji, oʻquv-tarbiya jarayoniga qoʻshilgan faol hissa va oliy taʼlim muassasasi rahbari tomonidan belgilanadigan boshqa koʻrsatkichlar hisobga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Oliy taʼlim muassasalari xodimlarining bazaviy lavozim maoshlarini oʻzgartirish:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga muvofiq budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi oshganda;
xodim oliy taʼlim muassasasida boshqa lavozimga oʻtganda amalga oshiriladi.
Bazaviy lavozim maoshini oʻzgartirish oliy taʼlim muassasasi boʻyicha buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ish haqini oshirish toʻgʻrisidagi farmonlari munosabati bilan bazaviy lavozim maoshlari oʻzgargan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining pedagog va rahbar xodimlarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qoʻshma buyrugʻi chiqariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Xodim oliy taʼlimning bitta muassasasida boshqa lavozimga oʻtgan taqdirda va shu munosabat bilan bazaviy lavozim maoshi oʻzgarganda mehnat shartnomasi oʻzgarishi tartibini belgilaydigan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi qoidalari qoʻllaniladi (VI bob, 3-§).
III. Ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar
13. Yuqori kasb mahoratiga ega boʻlgan va oʻquv-tarbiya jarayoni sifatini oshirishga hamda ilmiy tadqiqotlarga aniq hissa qoʻshayotgan professor-oʻqituvchilar tarkibi vakillari mehnatini moddiy taqdirlash va ragʻbatlantirish maqsadida ular uchun budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasidan belgilangan tartibda toʻlanadigan har oylik ustamalar belgilanadi.
14. Hukumatning alohida qarorlari bilan belgilangan va tarif boʻyicha lavozim maoshiga nisbatan foizlarda hisoblanadigan qoʻshimcha toʻlov va ustamalarning boshqa turlari miqdori ushbu Nizom kuchga kirgan vaqtdan boshlab bazaviy lavozim maoshiga nisbatan foizlarda hisoblanadi.
IV. Mehnatga soatbay haq toʻlash tartibi va shartlari
15. Pedagog xodimlar mehnatiga soatbay haq toʻlash:
shtatdagi oʻqituvchilar tomonidan ushbu toifadagi xodimlarga soatbay haq toʻlash shartlari toʻgʻrisida amaldagi nizomlarga muvofiq bajarilgan oʻquv ishlari uchun;
belgilangan normativlarga muvofiq mehnatga soatbay haq toʻlagan holda oʻquv ishlarini bajarishga jalb etiladigan rektorlar, prorektorlar va boshqa rahbar xodimlarga;
boshqa tashkilotlardan jalb etiladigan oʻqituvchilar va boshqa mutaxassislarning oʻquv ishlari uchun haq toʻlashda qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Oliy taʼlim muassasalarining pedagog xodimlari mehnatiga soatbay haq toʻlash stavkalari miqdori belgilangan tartibda aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Oliy taʼlim muassasalarida mehnatni normalashtirishni tashkil etish
17. Professor-oʻqituvchilar tarkibi mehnatini normalashtirish har yili kelgusi oʻquv yili uchun tuziladigan va belgilangan tartibda tasdiqlanadigan shaxsiy ish rejalariga asoslangan.
Yillik shaxsiy ish rejasi oʻquv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, maʼnaviy-axloqiy va tarbiyaviy tusdagi asosiy tadbirlar roʻyxatini, tadbirlardan har biri boʻyicha soatlar miqdorini koʻrsatgan holda, oʻz ichiga oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yillik shaxsiy ish rejasi 1540 soat miqdoridagi ish vaqtining jamlangan hisobidan kelib chiqadi.
Oliy taʼlim muassasasi professor-oʻqituvchilar tarkibining oʻquv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, maʼnaviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar yuklamasi lavozimlar (kafedra mudiri, professor, dotsent, katta oʻqituvchi, assistent, oʻqituvchi, oʻqituvchi-stajyor) boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 31-32-son, 302-modda; 2010-y., 24-25-son, 196-modda; 2014-y., 13-son, 143-modda; 2015-y., 34-son, 455-modda; 2016-y., 29-son, 350-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda, 23-son, 472-modda, 33-son, 852-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 09/18/662/1764-son; 27.08.2020-y., 09/20/517/1226-son; 06.04.2021-y., 09/21/186/0289-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2022-y., 09/22/19/0013-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 05.09.2023-y., 07/23/289/0679-son; 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)