1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.03.00 Tarif setkalari. Mansab okladlari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.02.00 Fan va taʼlim (ayrim xodimlar xizmati) sohasidagi mehnatni tartibga solishning xususiyatlari;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura);
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.81.00 (Кучини йукотган) Pedagog kadrlar. Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublika oliy taʼlim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy taʼlim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish va uni moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 24-iyuldagi PQ-926-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.02.00 Ish haqining eng kam miqdori]
1. Oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilar tarkibi va rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning 1—3-ilovalarga muvofiq bazaviy lavozim maoshlari 2008-yil 1-sentabrdan boshlab amalga kiritilsin.
2. Oliy taʼlim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
21. Oliy taʼlim muassasalarining boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining mehnatiga haq toʻlash razryadlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2017-yil 1-sentabrdan joriy etilsin.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 617-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 852-modda)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.02.00 Ish haqining eng kam miqdori]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda 2008-yil 1-sentabrgacha oliy taʼlim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish boʻyicha zarur tushuntirish ishlarini va tashkiliy ishlarni amalga oshirsin.
Amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 9 oyi yakunlari boʻyicha majlisida axborot berilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralarning kunduzgi oʻqish boʻyicha oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklariga qarab bir oʻqituvchiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbatining cheklangan normativlarini:
2009/2010 oʻquv yilidan boshlab — 1:10,5;
2019/2020 oʻquv yilidan boshlab — 1:10,0;
2020/2021 oʻquv yilidan boshlab — 1:9,5;
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab — 1:9,0 nisbatida belgilash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Belgilansinki, taʼlim sohalari bloklari va shakllari boʻyicha bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbatining normativlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 617-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 852-modda)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilar tarkibi mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari
MIQDORLARI
(soʻm)
Lavozimlar nomi
Bazaviy lavozimmaoshlari miqdorlari
2018-yil 1-sentabrdan boshlab
2019-yil 1-yanvardan boshlab
2019-yil 1-iyuldan boshlab
1. Kafedra mudiri:
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan
3880000
4656000
5820 000
fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan
3640000
4368000
5460 000
ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega boʻlmagan
3210000
3852 000
4815 000
2. Professor:
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan
3700000
4440 000
5550 000
fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan
3480 000
4176 000
5220 000
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan
3320 000
3984 000
4980 000
3. Dotsent:
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan
3130 000
3756 000
4695 000
fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan
2930 000
3516 000
4395 000
ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega boʻlmagan
2620 000
3144 000
3930 000
4. Katta oʻqituvchi:
ilmiy darajaga va ilmiy unvonga ega boʻlgan
2730 000
3276 000
4095 000
ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan
2570 000
3084 000
3855 000
ilmiy unvonga yoki ilmiy darajaga ega boʻlmagan
2350 000
2820 000
3525 000
5. Assistent, oʻqituvchi:
ilmiy darajaga va ilmiy unvonga ega boʻlgan
2410 000
2892 000
3615 000
ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan
2250 000
2700 000
3375 000
ilmiy unvonga yoki ilmiy darajaga ega boʻlmagan
2090 000
2508 000
3135 000
6. Oʻqituvchi-stajer
1850 000
2220 000
2775 000
Izohlar:
1. Ushbu ilovada nazarda tutilgan bazaviy lavozim maoshlari kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlim muassasalarida (markazlar, institutlar, fakultetlarda) tegishli lavozimlar uchun ham qoʻllaniladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
2. Professor unvoniga ega boʻlmagan, biroq fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan, professor lavozimiga bir muddatga qabul qilingan shaxslarga bazaviy lavozim maoshi quyidagi miqdorda belgilanadi:
2018-yil 1-sentabrdan boshlab — 3 130 000 soʻm;
2019-yil 1-yanvardan boshlab — 3 756 000 soʻm;
2019-yil 1-iyuldan boshlab — 4 695 000 soʻm.
(1-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 09/18/662/1764-son)
Oliy taʼlim muassasalarining rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari
MIQDORLARI
(soʻm)
Lavozimlar nomi
Bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari
2018-yil 1-sentabrdan boshlab
2019-yil 1-yanvardan boshlab
2019-yil 1-iyuldan boshlab
1. Rektor:
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan
4120 000
4944 000
6180 000
fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan
3960 000
4752 000
5940 000
2. Proryektor:
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan
3900 000
4680 000
5850 000
fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan
3700 000
4440 000
5550 000
ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega boʻlmagan
3400 000
4080 000
5100 000
3. Filial direktori:
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan
3900 000
4680 000
5850 000
fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan
3700 000
4440 000
5550 000
4. Filial direktorining oʻrinbosari:
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan
3700 000
4440 000
5550 000
fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan
3530 000
4236 000
5295 000
ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega boʻlmagan
3270 000
3924 000
4905 000
5. Dekan:
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan
3700 000
4440 000
5550 000
fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan
3480 000
4176 000
5220 000
ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega boʻlmagan
3130 000
3756 000
4695 000
6. Dekan oʻrinbosari:
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan
3480 000
4176 000
5220 000
fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan
3320 000
3984 000
4980 000
ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega boʻlmagan
2730 000
3276 000
4095 000
Izoh:
Ushbu ilovada nazarda tutilgan bazaviy lavozim maoshlari kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlim muassasalarida (institutlar, fakultetlarda) tegishli lavozimlar uchun ham qoʻllaniladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
(2-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 09/18/662/1764-son)
Oliy taʼlim muassasalarining boshqa xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari
MIQDORLARI
(soʻm)
Lavozimlar nomi
Bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari
1. Axborot texnologiyalari markazlari muhandislari:
1-toifali
834 123
2-toifali
773 412
toifasiz
715 141
2. Madaniyat va sanʼat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar (pedagoglar) tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari konsertmeysterlari:
yetakchi konsertmeyster
2046 263
konsertmeyster
1821 311
3. Ilmiy kengashning ilmiy kotibi,oliy taʼlim muassasasikengashining kotibi
ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan
2570 000
ilmiy darajaga ega boʻlmagan
2140000
4. Ishlab chiqarish taʼlimi ustasi
773 412
(3-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 09/18/662/1764-son)
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 164-son qaroriga 4-ILOVA
Oliy taʼlim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.02.00 Ish haqining eng kam miqdori]
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy taʼlim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish va uni moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 24-iyuldagi PQ-926-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda Davlat budjetidan yoki aralash tarzda mablagʻ bilan taʼminlanadigan oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilar tarkibi va rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlarini belgilaydi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
2. Ushbu Nizomning amal qilishi budjet tashkilotlari uchun qoʻllanadigan Yagona tarif setkasi asosida amalga oshiriladigan oliy taʼlim muassasalarining oʻquv-yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari mehnatiga haq toʻlashga tatbiq etilmaydi.
3. Oliy taʼlim muassasalari xodimlarining ish haqi bazaviy lavozim maoshini, shuningdek qonun hujjatlarida va ushbu Nizomda nazarda tutilgan ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlarni oʻz ichiga oladi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar)]
ilmiy daraja, ilmiy unvon mavjudligiga qarab tabaqalashtiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 662-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 09/18/662/1764-son)
7. Rahbarlar tarkibiga oliy taʼlim muassasasining rektori, prorektori, dekani, dekan oʻrinbosari, oliy taʼlim muassasasi filialining direktori, direktor oʻrinbosari lavozimlaridagi shaxslar kiradi.
Qonun hujjatlariga muvofiq oʻquv jarayoni oʻqitishning modul tizimiga asoslangan oliy taʼlim muassasalarida Oʻquv-metodik boʻlim (boshqarma) boshligʻi va boshliqning oʻrinbosari lavozimini egallab turgan shaxslar ham rahbarlar tarkibiga kiradi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 472-modda)
8. Professor-oʻqituvchilar tarkibiga kafedra mudiri, professor, dotsent, katta oʻqituvchi, assistent, oʻqituvchi, tajriba orttiruvchi oʻqituvchi lavozimidagilar kiritiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
Oliy taʼlim muassasasining kafedra mudiri, professor, dotsent, katta oʻqituvchi, assistent, oʻqituvchi, tajriba orttiruvchi oʻqituvchi lavozimlari Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 20-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq egallanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 662-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 09/18/662/1764-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
10. Oliy taʼlim muassasalari xodimlarining bazaviy lavozim maoshlarini oʻzgartirish:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga muvofiq budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi oshganda;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
xodim oliy taʼlim muassasasida boshqa lavozimga oʻtganda amalga oshiriladi.
Bazaviy lavozim maoshini oʻzgartirish oliy taʼlim muassasasi boʻyicha buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ish haqi miqdorlarini oshirish toʻgʻrisidagi Farmonlari bilan bogʻliq tarzda bazaviy lavozim maoshlari oʻzgargan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining pedagog va rahbar xodimlarning bazaviy lavozim maoshlarini oshirish haqidagi qoʻshma qarori qabul qilinadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 09/18/662/1764-son)
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt)]
12. Xodim oliy taʼlimning bitta muassasasida boshqa lavozimga oʻtgan taqdirda va shu munosabat bilan bazaviy lavozim maoshi oʻzgarganda mehnat shartnomasi oʻzgarishi tartibini belgilaydigan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi qoidalari qoʻllaniladi (VI bob, 3-§).
III. Ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
13. Yuqori kasb mahoratiga ega boʻlgan va oʻquv-tarbiya jarayoni sifatini oshirishga hamda ilmiy tadqiqotlarga aniq hissa qoʻshayotgan professor-oʻqituvchilar tarkibi vakillari mehnatini moddiy taqdirlash va ragʻbatlantirish maqsadida ular uchun budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasidan belgilangan tartibda toʻlanadigan har oylik ustamalar belgilanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
14. Hukumatning alohida qarorlari bilan belgilangan va tarif boʻyicha lavozim maoshiga nisbatan foizlarda hisoblanadigan qoʻshimcha toʻlov va ustamalarning boshqa turlari miqdori ushbu Nizom kuchga kirgan vaqtdan boshlab bazaviy lavozim maoshiga nisbatan foizlarda hisoblanadi.
IV. Mehnatga soatbay haq toʻlash tartibi va shartlari
15. Oliy taʼlim muassasalarida mehnatga soatbay haq toʻlash oʻquv yilida 200 soatdan ortiq boʻlmagan hajmda:
oliy taʼlim muassasasining shtatdagi professor-oʻqituvchilar tarkibiga hamda rahbar xodimlariga, shuningdek, uning ilmiy tarkibiy boʻlinmalari ilmiy xodimlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bajarilgan oʻquv ishlari uchun;
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
boshqa tashkilotlardan jalb etiladigan oʻqituvchilar, ilmiy xodimlar va boshqa mutaxassislarning oʻquv ishlari uchun haq toʻlashda qoʻllaniladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 09/18/662/1764-son)
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
Oʻquv yili mobaynida mehnatga soatbay haq toʻlash shartlarida 200 soatgacha pedagogik ishlarni bajarish oʻrindoshlik hisoblanmaydi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 09/18/662/1764-son)
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
161. Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash mablagʻlari oliy taʼlim muassasasining mehnatga soatbay haq toʻlash shartlarida oʻtkaziladigan oʻquv ishlarining kutilayotgan hajmiga koʻra, shtatdagi professor-oʻqituvchilar tarkibi mehnatiga haq toʻlash fondining 4 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda, budjet mablagʻlari va budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha xarajatlar (daromadlar va xarajatlar) smetalarda nazarda tutiladi.
Oʻquv yuklamasini bajarish uchun shtatdagi professor-oʻqituvchilar tarkibiga shaxslarni jalb etish imkoniyati boʻlmagan ayrim holatlarda, oliy taʼlim muassasalariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda xarajatlar (daromadlar va xarajatlar) smetalarida professor-oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlash uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida oʻquv ishlarini mehnatga soatbay haq toʻlash shartlarida oʻtkazish uchun shaxslarni jalb etish huquqi beriladi.
(161-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 662-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 09/18/662/1764-son)
17. Professor-oʻqituvchilar tarkibi mehnatini normalashtirish har yili oʻquv yili uchun tuziladigan va belgilangan tartibda tasdiqlanadigan shaxsiy ish rejalariga asoslangan.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
Professor-oʻqituvchilarning shaxsiy ish rejasi oʻquv, oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va maʼnaviy-maʼrifiy tusdagi asosiy tadbirlar roʻyxatini oʻz ichiga oladi.
Qonun hujjatlariga muvofiq oʻquv jarayoni oʻqitishning modul tizimiga asoslangan oliy taʼlim muassasalarida yillik shaxsiy ish rejasi faqat oʻquv tusdagi tadbirlarni, ularning soatlar miqdorini koʻrsatgan holda, oʻz ichiga oladi. Ushbu soatlarning eng kam miqdori oliy taʼlim muassasasi Kengashi tomonidan belgilanadi.
Professor-oʻqituvchilar tarkibining oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʻyicha mehnat faoliyati soatlar miqdorisiz ish turlari va mazmuni asosida lavozimlarga qoʻyilgan malaka talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
Oliy taʼlim muassasasida professor-oʻqituvchilar tarkibining oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar hajmi mazkur ish turlarini bajarish zarurligini inobatga olgan holda egallab turgan lavozim bilan bogʻliq holda fakultet dekani (kafedra mudiri)ning takliflari asosida oliy taʼlim muassasasi kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Oliy taʼlim muassasasi professor-oʻqituvchilar tarkibining oʻquv yuklamasi hamda oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarini belgilash qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Mazkur bandning toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshlari talablari qonun hujjatlariga muvofiq oʻquv jarayoni oʻqitishning modul tizimiga asoslangan oliy taʼlim muassasalariga tatbiq etilmaydi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 617-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 852-modda)
Oʻquv-uslubiy boʻlimi (boshqarma), ilmiy-tadqiqot va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash boʻlimi (sektor), magistratura boʻlimi, taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi boshliqlari, ishlar boshqaruvchisi
“Maʼnaviyat va maʼrifat” va iqtidorli yoshlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi
16
4.
Marketing boʻlimi, buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring boʻlimi boshligʻi:
2000 va undan yuqori nafar talaba boʻlganda
2000 nafar talabadan kam boʻlganda
15
14
5.
Monitoring va ichki nazorat boʻlimi (sektor mudiri), xalqaro boʻlimi boshliqlari:
2000 va undan yuqori nafar talaba boʻlganda
2000 nafar talabadan kam boʻlganda
13
12
6.
Bosh muhandis, bosh buxgalter, reja-moliya boʻlimi (sektor) boshligʻi:
2000 va undan yuqori nafar talaba boʻlganda
2000 nafar talabadan kam boʻlganda
15
14
7.
Bosh energetik, bosh buxgalter oʻrinbosari (auditor), xodimlar boʻlimi, oʻqitishning texnik vositalari boʻlimi, texnik foydalanish va xoʻjalik boʻlimi boshliqlari:
2000 va undan yuqori nafar talaba boʻlganda
2000 nafar talabadan kam boʻlganda
13
12
8.
Tahririy-nashriyot boʻlimi, ikkinchi boʻlim, fuqaro va mehnat muhofazasi boʻlimi va boshqa boʻlimlar boshliqlari, matbuot kotibi
12
9.
Rektor yordamchisi, yetakchi mutaxassis
8
10.
Devonxona va arxiv mudirlari, uslubchi,tarmoq va tizim administratori, telefon stansiyasi boshligʻi, dispetcher-garaj mudiri
7
11.
Iqtisodchi, buxgalter:
toifasiz
2-toifa
1-toifa
6
7
8
12.
Muhandis:
toifasiz
2-toifa
1-toifa
4
5
6
13.
Texnik:
toifasiz
2-toifa
1-toifa
3
4
5
14.
Laboratoriya, sport inshooti, vivariy, oʻquv poligoni, sanʼat saroyi mudirlari, kriogen stansiya boshligʻi
7
15.
Talabalar turar joyi, kompyuter zali mudirlari, muharrir, fond saqlovchi
6
16.
Inspektor, dispetcher, texnik muharrir, kabinet mudiri
5
17.
Xoʻjalik, ombor mudirlari, bino komendanti, laborant, gʻaznachi, yongʻin xavfsizligi boʻyicha instruktor, musahhih, muzey kuzatuvchisi
4
18.
Axborot texnologiyalari markazi boʻlimi boshliqlari:
2000 va undan yuqori nafar talaba boʻlganda
2000 nafar talabadan kam boʻlganda
9
8
19.
Axborot resurs markazi direktori (mudir) axborot texnologiyalari markazi direktori:
2000 va undan yuqori nafar talaba boʻlganda
2000 nafar talabadan kam boʻlganda
12
11
20.
Axborot resurs markazi direktori oʻrinbosari (mudir oʻrinbosari):
2000 va undan yuqori nafar talaba boʻlganda
2000 nafar talabadan kam boʻlganda
11
10
21.
Axborot resurs markazi boʻlimlari mudirlari:
2000 va undan yuqori nafar talaba boʻlganda
2000 nafar talabadan kam boʻlganda
10
9
22.
Bibliograf, kutubxonachi:
toifasiz
2-toifa
1-toifa
5
6
7
23.
Bosh kutubxonachi, bosh mutaxassis
9
24.
“Maʼnaviyat va maʼrifat” va iqtidorli yoshlar bilan ishlash boʻlimi uslubchisi
14
25.
Psixolog
15
26.
Talabalar turar joyi tarbiyachi-pedagogi
14
* Mos ravishda oliy taʼlim muassasasining fakultet dekani bazaviy lavozim maoshiga tenglashtiriladi;
** Mos ravishda oliy taʼlim muassasasining fakultet dekani oʻrinbosari bazaviy lavozim maoshiga tenglashtiriladi.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 09/18/662/1764-son)