1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.03.00 Tarif setkalari. Mansab okladlari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.02.00 Fan va taʼlim (ayrim xodimlar xizmati) sohasidagi mehnatni tartibga solishning xususiyatlari;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura);
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.81.00 (Кучини йукотган) Pedagog kadrlar. Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublika oliy taʼlim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy taʼlim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish va uni moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 24-iyuldagi PQ-926-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.02.00 Ish haqining eng kam miqdori]
1. Oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilar tarkibi va rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning 1—3-ilovalarga muvofiq bazaviy lavozim maoshlari 2008-yil 1-sentabrdan boshlab amalga kiritilsin.
2. Oliy taʼlim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.02.00 Ish haqining eng kam miqdori]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda 2008-yil 1-sentabrgacha oliy taʼlim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish boʻyicha zarur tushuntirish ishlarini va tashkiliy ishlarni amalga oshirsin.
Amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 9 oyi yakunlari boʻyicha majlisida axborot berilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralarning 2009/2010 oʻquv yilidan boshlab kunduzgi oʻqish boʻyicha oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklariga qarab bir oʻqituvchiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbatining cheklangan normativlarini 1:12,5 etib bosqichma-bosqich koʻpaytirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 1-avgust,
164-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 164-son qaroriga 1-ILOVA
Oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilar tarkibi mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari miqdori
(soʻm)
Lavozimlar nomi
Bazaviy lavozim maoshlari miqdori
1. Kafedra mudiri:
fan doktori ilmiy darajasiga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan
365810
349444
fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan
349444
336058
ilmiy darajaga ega boʻlmagan
336058
322600
2. Professor:
fan doktori ilmiy darajasiga ega boʻlgan
349444
336058
fan nomzodi ilmiy darajasiga ega boʻlgan
336058
322600
ilmiy darajaga ega boʻlmagan
322600
306679
3. Dotsent:
ilmiy darajaga ega boʻlgan
322600
306679
ilmiy darajaga ega boʻlmagan
306679
290938
4. Katta oʻqituvchi:
ilmiy darajaga ega boʻlgan
306679
290938
ilmiy darajaga ega boʻlmagan
290938
275549
5. Assistent, oʻqituvchi:
ilmiy darajaga ega boʻlgan
275549
260288
ilmiy darajaga ega boʻlmagan
260288
245258
6. Oʻqituvchi-stajer
229655
Izoh:
1. Ushbu ilovada nazarda tutilgan bazaviy lavozim maoshlari kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlim muassasalarida (institutlar, fakultetlarda) tegishli lavozimlar uchun ham qoʻllaniladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
2. Professorlar va dotsentlarning bazaviy lavozim maoshlari tegishli ravishda professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan shaxslarga (katta ilmiy xodimga) belgilanadi.
3. Professor yoki dotsent lavozimiga tayinlangan, biroq tegishli ilmiy unvonga ega boʻlmagan professor-oʻqituvchilar tarkibidan boʻlgan shaxslarga ikki yilgacha boʻlgan muddatga bazaviy lavozim maoshlari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 164-son qaroriga 2-ILOVA
Oliy taʼlim muassasalarining rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari miqdori
(soʻm)
Lavozimlar nomi
Bazaviy lavozim maoshlari miqdori
I guruh
II guruh
1. Rektor:
akademik boʻlgan
412,729
395,962
professor yoki fan doktori boʻlgan
395,962
379,285
dotsent yoki fan nomzodi boʻlgan
379,285
365,810
2. Oʻquv, ilmiy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor
professor yoki fan doktori boʻlgan
379,285
365,810
dotsent yoki fan nomzodi boʻlgan
365,810
349,444
ilmiy unvonga yoki ilmiy darajaga ega boʻlmagan
349,444
336,058
3. Xalqaro aloqalar, kapital qurilish va moliyaviy-iqtisodiy ishlar boʻyicha prorektor:
professor yoki fan doktori boʻlgan
357,223
343,733
dotsent yoki fan nomzodi boʻlgan
343,733
330,181
ilmiy unvonga yoki ilmiy darajaga ega boʻlmagan
330,181
316,609
4. Filial direktori:
akademik boʻlgan
395,962
395,962
professor yoki fan doktori boʻlgan
379,285
379,285
dotsent yoki fan nomzodi boʻlgan
365,810
365,810
5. Filial direktorining oʻrinbosari:
professor yoki fan doktori boʻlgan
365,810
365,810
dotsent yoki fan nomzodi boʻlgan
349,444
349,444
ilmiy unvonga yoki ilmiy darajaga ega boʻlmagan
336,058
336,058
6. Dekan:
ilmiy unvonga yoki ilmiy darajaga ega boʻlgan
349,444
349,444
ilmiy unvonga yoki ilmiy darajaga ega boʻlmagan
336,058
336,058
7. Dekan oʻrinbosari:
ilmiy unvonga yoki ilmiy darajaga ega boʻlgan
336,058
336,058
ilmiy unvonga yoki ilmiy darajaga ega boʻlmagan
322,600
322,600
8. Hisoblash markazi boshligʻi
134,144
125,545
Izoh:
Ushbu ilovada nazarda tutilgan bazaviy lavozim maoshlari kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlim muassasalarida (institutlarda, fakultetlarda) tegishli lavozimlar uchun ham qoʻllaniladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 164-son qaroriga 4-ILOVA
Oliy taʼlim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.02.00 Ish haqining eng kam miqdori]
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy taʼlim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish va uni moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 24-iyuldagi PQ-926-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda Davlat budjetidan yoki aralash tarzda mablagʻ bilan taʼminlanadigan oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilar tarkibi va rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlarini belgilaydi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
2. Ushbu Nizomning amal qilishi budjet tashkilotlari uchun qoʻllanadigan Yagona tarif setkasi asosida amalga oshiriladigan oliy taʼlim muassasalarining oʻquv-yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari mehnatiga haq toʻlashga tatbiq etilmaydi.
3. Oliy taʼlim muassasalari xodimlarining ish haqi bazaviy lavozim maoshini, shuningdek qonun hujjatlarida va ushbu Nizomda nazarda tutilgan ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlarni oʻz ichiga oladi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar)]
ilmiy daraja, ilmiy unvon mavjudligiga qarab tabaqalashtiriladi.
6. Oliy taʼlim muassasalari rahbarlarining bazaviy lavozim maoshlari oliy taʼlim muassasasi mansub boʻlgan guruhdan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Birinchi guruhga talabalar kontingenti 2000 nafardan ortiq boʻlgan oliy taʼlim muassasasi kiradi.
Ikkinchi guruhga talabalar kontingenti 2000 nafardan kam boʻlgan oliy taʼlim muassasasi kiradi.
7. Rahbarlar tarkibiga oliy taʼlim muassasasining rektori, prorektori, dekani, dekan oʻrinbosari, oliy taʼlim muassasasi filialining direktori, direktor oʻrinbosari lavozimlaridagi shaxslar kiradi.
8. Professor-oʻqituvchilar tarkibiga kafedra mudiri, professor, dotsent, katta oʻqituvchi, assistent, oʻqituvchi, tajriba orttiruvchi oʻqituvchi lavozimidagilar kiritiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
Oliy taʼlim muassasasining kafedra mudiri, professor, dotsent, katta oʻqituvchi, assistent, oʻqituvchi, tajriba orttiruvchi oʻqituvchi lavozimlari Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 20-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq egallanadi.
9. Bazaviy lavozim maoshlari sxemalarida ikkita maosh nazarda tutilgan lavozimlar boʻyicha professor-oʻqituvchilar tarkibi shtat jadvallarini tasdiqlashda ushbu lavozimlar boʻyicha lavozim maoshlari oliy taʼlim muassasasi rektori tomonidan xodimlar soni va tegishli vazirlik (idora) tomonidan ushbu oliy taʼlim muassasasi uchun mazkur xodimlar toifasi boʻyicha hisoblangan ish haqi fondi doirasida belgilanadi. Bunda oʻtalgan ilmiy maktab, ish staji, oʻquv-tarbiya jarayoniga qoʻshilgan faol hissa va oliy taʼlim muassasasi rahbari tomonidan belgilanadigan boshqa koʻrsatkichlar hisobga olinadi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
10. Oliy taʼlim muassasalari xodimlarining bazaviy lavozim maoshlarini oʻzgartirish:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga muvofiq budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi oshganda;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
xodim oliy taʼlim muassasasida boshqa lavozimga oʻtganda amalga oshiriladi.
Bazaviy lavozim maoshini oʻzgartirish oliy taʼlim muassasasi boʻyicha buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ish haqini oshirish toʻgʻrisidagi farmonlari munosabati bilan bazaviy lavozim maoshlari oʻzgargan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining pedagog va rahbar xodimlarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qoʻshma buyrugʻi chiqariladi.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt)]
12. Xodim oliy taʼlimning bitta muassasasida boshqa lavozimga oʻtgan taqdirda va shu munosabat bilan bazaviy lavozim maoshi oʻzgarganda mehnat shartnomasi oʻzgarishi tartibini belgilaydigan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi qoidalari qoʻllaniladi (VI bob, 3-§).
III. Ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
13. Yuqori kasb mahoratiga ega boʻlgan va oʻquv-tarbiya jarayoni sifatini oshirishga hamda ilmiy tadqiqotlarga aniq hissa qoʻshayotgan professor-oʻqituvchilar tarkibi vakillari mehnatini moddiy taqdirlash va ragʻbatlantirish maqsadida ular uchun budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasidan belgilangan tartibda toʻlanadigan har oylik ustamalar belgilanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
14. Hukumatning alohida qarorlari bilan belgilangan va tarif boʻyicha lavozim maoshiga nisbatan foizlarda hisoblanadigan qoʻshimcha toʻlov va ustamalarning boshqa turlari miqdori ushbu Nizom kuchga kirgan vaqtdan boshlab bazaviy lavozim maoshiga nisbatan foizlarda hisoblanadi.
IV. Mehnatga soatbay haq toʻlash tartibi va shartlari
15. Pedagog xodimlar mehnatiga soatbay haq toʻlash:
shtatdagi oʻqituvchilar tomonidan ushbu toifadagi xodimlarga soatbay haq toʻlash shartlari toʻgʻrisida amaldagi nizomlarga muvofiq bajarilgan oʻquv ishlari uchun;
belgilangan normativlarga muvofiq mehnatga soatbay haq toʻlagan holda oʻquv ishlarini bajarishga jalb etiladigan rektorlar, prorektorlar va boshqa rahbar xodimlarga;
boshqa tashkilotlardan jalb etiladigan oʻqituvchilar va boshqa mutaxassislarning oʻquv ishlari uchun haq toʻlashda qoʻllaniladi.
V. Oliy taʼlim muassasalarida mehnatni normalashtirishni tashkil etish
17. Professor-oʻqituvchilar tarkibi mehnatini normalashtirish har yili kelgusi oʻquv yili uchun tuziladigan va belgilangan tartibda tasdiqlanadigan shaxsiy ish rejalariga asoslangan.
Yillik shaxsiy ish rejasi oʻquv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, maʼnaviy-axloqiy va tarbiyaviy tusdagi asosiy tadbirlar roʻyxatini, tadbirlardan har biri boʻyicha soatlar miqdorini koʻrsatgan holda, oʻz ichiga oladi.
Yillik shaxsiy ish rejasi 1540 soat miqdoridagi ish vaqtining jamlangan hisobidan kelib chiqadi.
Oliy taʼlim muassasasi professor-oʻqituvchilar tarkibining oʻquv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, maʼnaviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar yuklamasi lavozimlar (kafedra mudiri, professor, dotsent, katta oʻqituvchi, assistent, oʻqituvchi, oʻqituvchi-stajyor) boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan belgilanadi.