|
Hujjat 08.07.2008 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
| № | Tadbirlar | Ijro etish muddatlari | Masʼul ijrochilar |
| I. Bolalar musiqa va sanʼat maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish | |||
| 1. | Bolalar musiqa va sanʼat maktablarining yangi qurilishlari va kapital rekonstruksiya qilishning hududiy dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2008-yilning 1-sentabrigacha | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi |
| 2. | Bolalar musiqa va sanʼat maktablari kapital rekonstruksiya qilinishi davrida boshqa binolarda oʻquv jarayoni tashkil etilishining vaqtinchalik aniq jadvalini ishlab chiqish. | har yili 1-sentabrgacha | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq taʼlimi vazirligi |
| 3. | Bolalar musiqa va sanʼat maktablarini musiqa asboblari, texnika vositalari, inventar va zamonaviy uskunalar bilan jihozlash boʻyicha normativlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2008-yilning 1-sentabrigacha | Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Badiiy akademiya |
| 4. | V.Uspenskiy nomidagi va R.Glier nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseylarining binolari va inshootlarini ekspertizadan oʻtkazish, uning yakunlariga koʻra ularni kengaytirish va rekonstruksiya qilish ishlarini olib borish uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. | 2008-yilning 1-sentabrigacha | Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
| 5. | V.Uspenskiy nomidagi va R.Glier nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseylaridagi mavjud musiqa asboblari, maxsus uskunalar, inventar hamda oʻquv mebellarini inventarizatsiyadan oʻtkazish va uning yakunlariga koʻra ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha takliflar kiritish. | 2008-yilning 1-sentabrigacha | Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi,Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
| 6. | Bolalar musiqa va sanʼat maktablaridagi mashgʻulotlar uchun zarur boʻlgan, mamlakatimizda va xorijda ishlab chiqarilayotgan musiqa asboblari, jihozlari hamda oʻquv qurollari koʻrgazmalarini tashkil etish. | har yili 1-oktabrgacha | Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi,Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi |
| 7. | Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlarida 2007—2010-yillarda xizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirish Dasturi tadbirlarini amalga oshirish doirasida oʻz faoliyatini xoʻjalik hisobi asosida olib boruvchi musiqa asboblarini taʼmirlash va xizmat koʻrsatish ustaxonalarini tashkil etish. | 2009-yilning 1-yanvarigacha | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Iqtisodiyot vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Respublika “Hunarmand” birlashmasi |
| 8. | Bolalar musiqa va sanʼat maktablariga musiqa asboblarini xarid qilish uchun tanlov savdolarini oʻtkazish. | har yili 1-noyabrgacha | Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
| 9. | Umumtaʼlim maktablarining “Musiqa madaniyati va sanʼat” fani xonalarini 2004—2009-yillarda amalga oshirilayotgan maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umumtaʼlim dasturi parametrlariga muvofiq zarur texnik vositalar, musiqa asboblari bilan jihozlash chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish. | 2008-2009-yillar | Xalq taʼlimi vazirligi |
| P. Bolalar musiqa va sanʼat maktablarini zamonaviy darsliklar, oʻquv-metodik qoʻllanmalar va materiallar bilan taʼminlash | |||
| 1. | Bolalar musiqa va sanʼat maktablari faoliyati bilan bogʻliq mavjud oʻquv rejalari, namunaviy nizomlar va shtatlar, shuningdek normativ hujjatlarni qayta koʻrib chiqish, ularni takomillashtirish va belgilangan tartibda tasdiqlash. | 2008-yilning 1-sentabrigacha | Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi |
| 2. | Umumtaʼlim maktablarida “Musiqa madaniyati va sanʼat” fani boʻyicha davlat taʼlim standartini, bolalar musiqa va sanʼat maktablari yoʻnalishlari, oʻquv dasturlari boʻyicha davlat talablarini takomillashtirish. | 2008-yilning 10-avgustigacha | Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
| 3. | Bolalar musiqa va sanʼat maktablari uchun yangi avlod darsliklari, oʻquv-metodik qoʻllanmalar, notalar va materiallarni bosqichma-bosqich tayyorlash hamda chop etish dasturi loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2008-yilning 1-noyabrigacha | Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Badiiy akademiya, Matbuot va axborot agentligi, Moliya vazirligi |
| III. Bolalar musiqa va sanʼat maktablarini mutaxassislar hamda pedagog kadrlar bilan taʼminlash, ularni qayta tayyorlash, malakasini oshirish va moddiy ragʻbatlantirish | |||
| 1. | Madaniyat, sanʼat, musiqa yoʻnalishlari boʻyicha mavjud oliy oʻquv yurtlarida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tahlil qilish hamda uni tubdan yaxshilash, shuningdek bitiruvchilarni, ayniqsa qishloq joylardagi bolalar musiqa va sanʼat maktablariga jalb etish mexanizmini shakllantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | 2008-yilning 1-sentabrigacha | Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 2. | Respublika oliy oʻquv yurtlarining malaka oshirish markazlari va fakultetlarida, Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi malaka oshirish institutlarida bolalar musiqa va sanʼat maktablari oʻqituvchilari hamda konsertmeysterlarini, “Musiqiy madaniyat va sanʼat” fani boʻyicha umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilarini tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish va kengaytirish. | 2008-yilning 15-avgustigacha | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
| 3. | Bolalar musiqa va sanʼat maktablari, shuningdek umumtaʼlim maktablarini malakali kadrlar bilan taʼminlash maqsadida 2009-2010 oʻquv yilidan boshlab musiqa yoʻnalishlari boʻyicha oliy oʻquv yurtlariga qabul kvotalarini qayta koʻrib chiqish yuzasidan takliflar tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish Davlat komissiyasiga kiritish. | 2009-yilning 1-mayigacha | Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
| 4. | 2009-2010 oʻquv yilidan boshlab oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari (kasb-hunar kollejlari)da musiqa asboblarini taʼmirlovchi va xizmat koʻrsatuvchi mutaxassislar tayyorlashni tashkil qilish. | 2009-yilning 1-mayigacha | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Xalq taʼlimi vazirligi |
| 5. | Bolalar musiqa va sanʼat maktablari pedagoglari, konsertmeysterlari va rahbar xodimlarini maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish boʻyicha takliflar tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2008-yilning 1-oktabrigacha | Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi |
| IV. Bolalar musiqa va sanʼat maktablarining iqtidorli oʻquvchilarini maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish | |||
| 1. | Ijtimoiy muhofazaga muhtoj hamda kam tahminlangan va koʻp bolali oilalardagi iqtidorli bolalarni toʻliq qamrab olish maqsadida bolalar musiqa va sanʼat maktablarida oʻqishi uchun ota-onalar tomonidan tabaqalashtirilgan toʻlov mexanizmini tadbiq etish boʻyicha takliflar tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2008-yilning 1-sentabrigacha | Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi |
| 2. | Muntazam ravishda Respublika bolalar musiqa festivalini oʻtkazish toʻgʻrisida Nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. | 2008-yilning 10-avgustigacha | Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
| 3. | Bolalar musiqa va sanʼat maktablari oʻquvchilari ishtirokida Respublika bolalar musiqa festivallari va tanlovlarini tashkil etish va oʻtkazish. | muntazam | Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 4. | Davlat dasturi doirasida chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha bolalarda musiqa madaniyati va sanʼatga nisbatan kuchli qiziqishni shakllantira oladigan materiallarning OAVda chop etilishini tashkil etish. Ularning ijodiy muvaffaqiyatlari va yutuqlarini targʻib qilish, shuningdek milliy va jahon musiqa sanʼatining yuksak namunalaridan bahramand etish. | muntazam | Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi |
|
Gʻ. Shoumarov |
— |
xalq taʼlimi vaziri, komissiya raisi |
|
A.R. Toxtayev |
— |
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari |
|
A.M. Achilov |
— |
Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi ijrochi direktori, xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari |
|
J.A. Qoʻchqorov |
— |
moliya vaziri oʻrinbosari |
|
R.Sh. Shoabduraxmanov |
— |
iqtisodiyot vaziri oʻrinbosari |
|
A.X. Xaydarov |
— |
madaniyat va sport ishlari vaziri oʻrinbosari |
|
B.I. Niyazmatov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi, sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari |
|
A.X. Kuldashev |
— |
ichki ishlar vaziri oʻrinbosari |