toggle_night_mode
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI
FAN VA TEXNOLOGIYALARNI RIVOJLANTIRIShNI MUVOFIQLAShTIRISh QOʻMITASI RAISINING
buyrugʻi
TABIIY, TEXNIKAVIY VA IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR BOʻYIChA QOʻLYoZMALARNI DEPONENTLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 18-iyunda 355-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-avgustdagi PQ-436-sonli “Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 31-32-son, 311-modda) muvofiq buyuraman:
1. Fan va texnika davlat qoʻmitasining 1997-yil 9-iyundagi qarori bilan tasdiqlangan “Tabiiy, texnika va ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻyicha qoʻlyozmalarni deponentlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma” (1997-yil 15-iyul, roʻyxat raqami 355) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari E. ZAXIDOV
Toshkent sh.,
2008-yil 11-iyun,
26-son
Kelishildi:
Fanlar akademiyasi Prezidenti Sh. SALIXOV
Toshkent sh.,
2008-yil 11-iyun
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi v.b. K. SULTONOV
Toshkent sh.,
2008-yil 11-iyun
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 11-iyun
Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi Bosh direktori B. ALIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 11-iyun
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 24-25-son, 244-modda)