toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
BOLA HUQUQLARI TOʻGʻRISIDAGI KONVENSIYAGA QOʻSHILISH HAQIDA
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ustavida eʼlon qilingan prinsiplarga muvofiq, jamiyat barcha aʼzolarining qadr-qimmatini, teng va daxlsiz huquqlarini eʼtirof etish inson erkinliklarini taʼminlashning asosi ekanligini eʼtiborga olib, shuningdek bolalar alohida gʻamxoʻrlik va himoya huquqiga ega ekanligini eʼtirof etib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1989-yil 20-noyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 44-sessiyasi qabul qilgan Bola huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiyaga qoʻshilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOSHEV
Toshkent sh.,
1992-yil 9-dekabr,
757-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 1-con, 41-modda)