1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi / 07.10.02.01 (Кучини йукотган) Daromaddan soliq toʻlovchilar va soliqqa tortish obyektlari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARIDAN, AJNABIY FUQAROLARDAN VA FUQAROLIGI BOʻLMAGAN ShAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIGʻI TOʻGʻRISIDA”GI HAMDA “KORXONALAR, BIRLAShMALAR VA TAShKILOTLARDAN OLINADIGAN SOLIQLAR TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNLARIGA OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
I. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan olinadigan daromad soliqlari toʻgʻrisida”gi Qonun (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 88-modda) Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyundagi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 8, 191-modda), 1991-yil 20-noyabrdagi va 1992-yil 14-yanvardagi qonunlari bilan kiritilgan oʻzgartishlar va qoʻshimchalarni hisobga olgan holda quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
birinchi bandning “s” bandchasidagi “1000 soʻmgacha” degan soʻzlar “soliq solinmaydigan minimumning uch baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ana shu bandning “r” bandchasidagi “200 soʻmgacha” degan soʻzlar “soliq solinmaydigan minimumning bir yarim baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
birinchi bandning “a” bandchasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
a) asosiy ish (xizmat, oʻqish) joyida soliq solinadigan va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan soliq solinmaydigan minimumdan oshib ketmaydigan ish haqi va boshqa turdagi pul mukofoti oladigan ishchilar, xizmatchilar va boshqa fuqarolar”;
shu bandning “b” va “v” bandchalaridagi “4200 soʻmdan oshmaydigan” degan soʻzlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan soliq solinmaydigan minimumdan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
shu bandning “e” bandchasidan soʻng modda quyidagi mazmundagi 2-band bilan toʻldirilsin:
“2. Quyidagilar soliq solinmaydigan minimumning sakkiz baravari miqdorida oladigan barcha daromadlari boʻyicha soliq toʻlashdan ozod qilinadilar”.
birinchi bandning “j” — “t” bandchalari keyingi bandning “a” — “m” bandchalari deb hisoblansin.
“1. Fuqarolar ish haqi mukofotlari va boshqa daromadlari summasidan (mualliflarning merosxoʻrlariga takror beriladigan mukofotlar bundan mustasnodir) quyidagi miqdorda soliq undiriladi:
Soliq solinadigan yillik daromad miqdori (soliq solinmaydigan minimum chegirib tashlangan)
Soliq summasi
36000 soʻmgacha
12 foiz
36001 soʻmdan 48000 soʻmgacha
4320 soʻm+36000 soʻmdan ortiq pulning 15 foizi
48001 soʻmdan 60000 soʻmgacha
6120 soʻm+48000 soʻmdan ortiq pulning 20 foizi
60001 soʻmdan 72000 soʻmgacha
8520 soʻm+60000 soʻmdan ortiq pulning 30 foizi
72001 soʻmdan 96000 soʻmgacha
12120 soʻm+72000 soʻmdan ortiq pulning 40 foizi
96001 soʻmdan 192000 soʻmgacha
21720 soʻm+96000 soʻmdan ortiq pulning 50 foizi
192001 soʻm va undan ham ortiq puldan
69720 soʻm+192000 soʻmdan ortiq pulning 60 foizi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi oʻta zararli ishlab chiqarishda ishlaydigan alohida toifadagi fuqarolar uchun favqulodda hollarda soliq solishning imtiyozli stavkalarini belgilash huquqi berilsin”.
“12-modda. Fuqarolarning asosiy ish joyidagi ish haqi va boshqa daromadlari summasidan soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi
Soliq kalendar yil boshidan eʼtiboran har oy tugaganidan keyin ilgari ushlab qolingan soliq summasini ham hisobga olgan holda soliq solinadigan daromadlar yigʻindisi summalaridan hisoblab chiqiladi.
Yil tugaganidan keyin fuqarolarning kalendar yildagi butun daromadini (toʻliq soʻmlarda) tashkil qiladigan summalarga asoslangan holda soliq qayta hisob-kitob qilinadi.
Yil davomida ish (xizmat, oʻqish) joyi oʻzgargan taqdirda soliq yangi (xizmat oʻqish) joyida avvalgi va yangi ish joyida olingan yillik daromad yigʻindisiga asoslangan holda hisoblab chiqariladi. Avvalgi ish joyida olingan daromadlar maʼlumotnoma bilan tasdiqlanadi”.
II. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga (“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 86-modda) Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 14-yanvardagi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi 1991-yil, № 8, 191-modda) va 1992-yil 14-yanvardagi qonunlari bilan kiritilgan oʻzgartishlarni hisobga olgan holda quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
“xoʻjalik hisobida turmaydigan, lekin xoʻjalik (tijorat) faoliyatidan daromad oladigan (budjetdagi ilmiy-tekshirish tashkilotlaridan tashqari) tashkilotlar;”
“banklardan vaqtincha foydalanishga olingan kredit resurslari uchun toʻlovlar, operatsiya sarf-xarajatlari, pul mablagʻlari va qimmatbaho xomashyolarini tashish va saqlash sarf-xarajatlari;
hisob-kitob va joriy schyotlar boʻyicha, depozit schyotlar, aholi jamgʻarmalari, Davlat sugʻurtasi schyotlari boʻyicha hisoblab chiqarilgan va toʻlangan foizlar;”
3-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Davlat sugʻurtasi depozitlar boʻyicha foizlardan olgan pul summasi”.
Shu modda quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ajnabiy yuridik shaxslarning, Oʻzbekiston va ajnabiy yuridik shaxslar, fuqarolar ishtirokidagi qoʻshma korxonalarning daromadlari boʻyicha soliq solinadigan bazasi shunday korxonalarning rezerv fondi yoki shunga oʻxshash maqsadga moʻljallangan fondlarga ajratmalari summasi bu fondning miqdori ustav fondining 25 foiziga yetgunga qadar korxonalar daromadlarining 20 foizi miqdorida kamaytiriladi”.
o) Qizil Yarim Oy jamiyati taʼsis etgan korxona va tashkilotlar, bu mablagʻlardan jamiyatning ustavda belgilab qoʻyilgan vazifalarini bajarishda toʻliq foydalanish sharti bilan”.
“Yangi tashkil etilgan korxonalar (birjalar, tayyorlov, ulgurji, taʼminlovchi-sotuvchi, vositachi va savdo-tijorat korxonalaridan tashqari) tashkil topgan (roʻyxatdan oʻtkazilgan) paytdan eʼtiboran birinchi yili belgilangan stavkaning 25 foizi mikdorida va ikkinchi yili 50 foizi miqdorida soliq toʻlaydilar”.
a) patent egasi oʻz ishlab chiqarishida ixtirolardan foydalanishdan va unga litsenziya sotishdan oladigan daromadlariga va valyuta tushumlariga ixtirodan foydalana boshlagan yoki litsenziya, sotilgan sanadan boshlab patent amal qiladigan muddat atrofida;
b) litsenziya, sotib olish natijasida ixtirodan foydalanishdan oladigan daromadlariga va valyuta tushumlariga ixtirodan foydalana boshlangan sanadan boshlab;
v) yoki patentlangan ixtironi, qoʻllanib yangi texnika tayyorlash uchun maxsus barpo etiladigan ishlab chiqarishdan oladigan daromadlariga va valyuta tushumlariga korxona yoki yangi ishlab chiqarish ishga tushirilgan sanadan boshlab”;
“Agar qoʻshma korxona ikki yil davomida oʻz ustav fondini tarkib toptirmasa yoki soliq toʻlashdan ozod etilgan qoʻshma korxona uch yillik muddat oʻtmay turib tugatilgan taqdirda soliq summasi umumiy belgilangan tartibda, uning butun faoliyat davri uchun toʻla miqdorda undiriladi”.
6. 12-modda quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“umumiy foydalanishdagi yoʻllarni saqlash, taʼmirlash va qurish uchun ajratmalar;
Qizil Yarim Oy jamiyatiga badallar va boshqa xayr-ehsonlar”;
26-band “poyabzal tikish, taʼmirlash” degan soʻzlardan keyin “trikotaj buyumlari, murakkab roʻzgʻor texnikasi, soat, mebel tuzatish yoki taʼmirlash, ijaraga berish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
28-band “protez-ortopediya buyumlari” soʻzlaridan soʻng “va nogironlar uchun ashyolar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Modda quyidagi mazmundagi yangi bandlar bilan toʻldirilsin:
“29) nashriyotlar, roʻznomalar va oynomalarning muharririyatlari, matbaa va kitob savdosi korxonalari, Davlat teleradioeshittirish kompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi chiqaradigan mahsulotlar va koʻrsatadigan xizmatlar;
30) Oʻzbekiston Respublikasi Qizil Yarim Oy jamiyatining korxonalari ishlab chiqaradigan mahsulotlar va koʻrsatadigan xizmatlar, basharti boʻshatib olinadigan mablagʻlar jamiyatning ustavda belgilab qoʻyilgan vazifalarini bajarishda ishlatilgan taqdirda”.
8. 23-modda “oʻzi ishlab chiqargan mollar” degan soʻzlardan keyin “va Qizil Yarim Oy jamiyatining korxonalari bilan tashkilotlari ishlab chiqarayotgan mollar, basharti bu mablagʻlar, jamiyatning ustavda belgilab qoʻyilgan vazifalarini bajarishda ishlatilgan taqdirda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
9. 25-modda “toʻlaydilar” degan soʻzdan soʻng “Qizil Yarim Oy jamiyati va u taʼsis etgan korxonalar va tashkilotlar bundan mustasno, basharti boʻsh mablagʻlar jamiyatning ustavida belgilab qoʻyilgan vazifalarni bajarishda ishlatilgan taqdirda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
“Mulkchilikning barcha shaklidagi yuridik shaxslar, shuningdek korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarning yuridik shaxs boʻlmasa-da, oʻz mustaqil balansiga ega boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan filiallari, vakolatxonalari va boshqa alohida boʻlinmalari korxona mol-mulki uchun soliq toʻlovchilar hisoblanadi”.
Modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Banklar, sugʻurta tashkilotlari, birjalar, shuningdek xalq xoʻjaligining baʼzi tarmoqlariga soliq solish xususiyatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi”.
12. 38-moddaning “g” bandi “birlashma va tashkilotlar” degan soʻzlardan soʻng “Qizil Yarim Oy jamiyati va u taʼsis etgan tashkilot va korxonalar, basharti boʻshatib olinadigan mablagʻlar jamiyatning ustavda belgilab qoʻyilgan vazifalarini bajarishda ishlatilgan taqdirda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 2-iyul,
631-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 337-modda)