toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.05.1996
Hujjat 05.03.1991 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
BANKLAR VA BANK FAOLIYATI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 25-apreldagi 217-I-sonli “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunini amalga kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 30-sentabrdagi 364-XII-son “Oʻzbekiston SSR Konstitutsiyasi (asosiy qonuni)ga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan “Oʻzbekiston SSR” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi” degan soʻzlar bilan almashtirilgan.
I. BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Bank tushunchasi
Pul mablagʻlarini jalb qilish hamda ularni qaytarishlik, toʻlashlik va muddatlilik shartlari asosida oʻz nomidan joylashtirish uchun tuzilgan muassasa bankdir. Bank huquqiy shaxsdir.
2- modda. Bank operatsiyalari
1. Banklar pul omonatlarini qabul qiladilar va joylashtiradilar, kreditlar beradilar hamda jalb etadilar, mijozlar va gumashta banklarning topshirigʻiga koʻra hisob-kitoblarni amalga oshiradilar va ularga kassa xizmatini koʻrsatadilar.
Banklar qonunga xilof boʻlmagan va oʻz ustavlarida koʻzda tutilgan boshqa operatsiyalarni ham, jumladan quyidagi operatsiyalarning hammasini yoki ayrimlarini, chunonchi:
a) mijozlar va gumashta banklarning hisob raqamini yuritishni;
b) investitsiyaga sarflanadigan mablagʻlar egasining yoki ularni tasarruf etuvchilarning topshirigʻiga koʻra kapital mablagʻlarni pul bilan taʼminlashni;
v) toʻlov hujjatlari va boshqa xil qimmatli qogʻozlar (cheklar, akkreditivlar, veksellar, aksiyalar, obligatsiyalar va shu kabilar) chiqarishni;
g) davlat toʻlov hujjatlari va boshqa qimmatli qogʻozlarni xarid qilish, sotish va saqlash hamda ular bilan bogʻliq boʻlgan boshqa ishlarni;
d) uchinchi shaxslar uchun pul shaklida ijro etishni nazarda tutuvchi kafillik, kafolat berish va boshqa majburiyatlar olishni;
e) tovarlar yetkazib berish va xizmat koʻrsatish yuzasidan kelib chiqadigan toʻlovni talab qilish huquqini olish, bunday talablarning bajarilishini va ularning inkassatsiyasini tavakkal qilib oʻz zimmasiga olishni (faktoring);
j) asbob-uskunalar, transport vositalari va boshqa mol-mulklar sotib olish va ularni ijara shartlari asosida oʻtkazishni (lizing);
z) chet el valyutalarini tashkilotlar va fuqarolardan xarid qilib olish hamda ularni sotishni;
i) SSSRda va chet elda qimmatbaho metallar, tabiiy qimmatbaho toshlar, shuningdek qimmatbaho metallardan hamda qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarni xarid qilish va sotishni;
Keyingi tahrirga qarang.
k) qimmatbaho metallarni hisob raqamlariga va omonatlariga jalb etish hamda joylashtirish va xalqaro bank amaliyotiga muvofiq ravishda ana shu boyliklar bilan bogʻliq boʻlgan boshqa operatsiyalarni bajarishni;
l) mijozlarning topshirigʻiga koʻra mablagʻlarni jalb etish va ularni joylashtirish, qimmatli qogʻozlarni boshqarish hamda boshqa ishlarni bajarishni;
m) bank faoliyatiga bogʻliq boʻlgan masalalar yuzasidan maslahatlar berishni amalga oshirishlari mumkin.
2. Banklar SSSR Davlat banki va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bankining topshirigʻiga binoan Ittifoq hamda respublika budjetining bajarilishi boʻyicha kassa operatsiyalarini amalga oshirishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Banklar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki oʻz vakolati doirasida beradigan ruxsatga koʻra boshqa operatsiyalarni bajarishlari mumkin. Mazkur moddada nazarda tutilgan operatsiyalar respublika hududida muomalada boʻlgan pul birliklarida oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Bank operatsiyalarini amalga oshirishga vakolati boʻlmagan shaxslar va idoralar tomonidan bajarilgan bank operatsiyalari haqiqiy deb hisoblanmaydi.
5. Banklarga mahsulot ishlab chiqarish va qimmatga ega boʻlgan materiallar bilan savdo qilish sohasida, shuningdek sugʻurtaning hamma koʻrinishlari boʻyicha faoliyatni amalga oshirish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-modda. Firma nomi
Firmani nomlashda yoki reklama maqsadlarida “bank” atamasidan yoki tarkibiga shu atama kirgan soʻz birikmasidan, mazkur Qonunga muvofiq, bank operatsiyalariga vakolati boʻlgan muassasalargina foydalanadilar.
4-modda. Respublika va banklarning masʼuliyatini chegaralash
Oʻzbekiston Respublikasida banklar Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydilar, Oʻzbekiston Respublikasi ham banklarning majburiyatlari yuzasidan javobgar emasdir, ushbu Qonunda, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan dollar hamda Oʻzbekiston Respublikasi oʻz zimmasiga ana shunday masʼuliyatni olgan dollar bundan mustasno.
II BOʻLIM. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING BANK TUZILIShI
5-modda. Bank sistemasining tarkibiy qismlari
1. Oʻzbekiston Respublikasining bank sistemasiga quyidagilar kiradi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki va unga tobe boʻlgan muassasalar;
b) respublika aksiyali-tijorat sanoat-qurilish banki;
v) respublika aksiyali-tijorat agrar-sanoat banki;
g) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat davlat-tijorat banki;
d) Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat jamgʻarmalari va aholiga kredit berish davlat-tijorat banki;
e) pay asosida tuzilgan tijorat banklari.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki, Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat-qurilish banki, Oʻzbekiston Respublikasi Agrar-sanoat banki, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat banki va Oʻzbekiston Respublikasi Jamgʻarma banki Ittifoq banklari bilan oʻzaro munosabatlarini shartnoma asosida tashkil etadilar.
Pay asosida tuzilgan tijorat banklari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki va boshqa banklar bilan oʻzaro munosabatlarini shartnoma asosida tashkil etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Har bir bankning vazifalari banklar tomonidan ishlab chiqiladigan va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki roʻyxatidan oʻtkaziladigan oʻz ustavlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Tijorat banklarining faoliyati respublika Davlat banki tomonidan ular uchun iqtisodiy normativlar belgilab berilishi va ularning faoliyati ustidan nazorat qilinishi yoʻli bilan boshqariladi. Oʻzbekiston Respublikasi banklariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bankining ruxsati bilan boshqa respublikalarda va chet ellarda kredit muassasalari, bank shuʼbalari ochish huquqi beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bankiga Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el banklarining shuʼbalarini ochish huquqi beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Banklar oʻz faoliyatlarini muvofiqlashtirish maqsadida uyushmalar, assotsiatsiyalar va oʻzga xil tashkilotlar tuzishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
6-modda. Banklar faoliyatining huquqiy asosi
Oʻzbekiston Respublikasining banklari oʻz faoliyatlarida “SSSR Davlat banki toʻgʻrisida”, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi SSSR qonunlariga, mazkur Qonunga, oʻz ustavlariga amal qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Banklar Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga va oʻz ustavlariga muvofiq kelmaydigan koʻrsatmalar hamda talablarni bajarishga haqli emaslar.
III BOʻLIM. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BANKI
Keyingi tahrirga qarang.
7-modda. Bankning maqomi
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat banki respublikaning markaziy banki hisoblanib, mazkur Qonun asosida tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat banki huquqiy shaxs hisoblanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tasdiqlagan oʻz ustaviga ega boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki SSSR Davlat bankining tasarrufiga berilgan masalalar boʻyicha SSSR Davlat banki bilan, shuningdek tuziladigan shartnoma asosida boshqa respublikalarning milliy banklari bilan hamkorlik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bankining asosiy vazifalari
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bankining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
— pul muomalasi, kredit berish, mablagʻ bilan taʼminlash, hisob-kitob qilish va tashqi iqtisodiy aloqa sohalarida respublika iqtisodiy siyosatini amalga oshirish;
— SSSR Davlat banki bilan kelishilgan holda hisobga olishning, hisob berishning, hisob-kitob-ssuda operatsiyalarini amalga oshirishning yagona qoidalari va normalarini belgilash;
— ssuda-depozit operatsiyalarini tartibga solish va umumiy pul muomalasini boshqarishning normativlarini oʻrnatish;
— barcha banklar va kredit muassasalari, pul-kredit operatsiyalariga doir Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va qoidalariga rioya etishlari ustidan nazorat qilish;
— barqaror pul muomalasini va Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalada boʻlgan pulning xarid qobiliyatini saqlash;
— bank ishlari bilan shugʻullanish uchun litsenziyalar berish.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni roʻyobga chiqarish uchun tegishli xizmatlar va muassasalar ochish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bankining hisobdorligi va uni boshqarish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan va oʻz majburiyatlarining garovi boʻlib xizmat qiladigan ustav fondini tashkil etadi. Ustav fondi miqdorini oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bankiga rahbarlikni Boshqarma amalga oshiradi, uning tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bankining masʼul xodimlaridan tashqari, respublikaning yirik tijorat banklarining rahbarlari kirishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki Boshqarmasining Raisi respublika Oliy Kengashi tomonidan tayinlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bankining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining tegishli qoʻmitalari yoki uning topshirigʻi bilan auditor tashkilotlari tomonidan tekshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
10-modda. Bank fondlari
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan va oʻz majburiyatlarining garovi boʻlib xizmat qiladigan ustav fondini tashkil etadi. Ustav fondi miqdorini oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki olgan foyda hisobidan boshqa turli maqsadlar uchun moʻljallangan fondlar tashkil etiladi, ularni bank amal qilib turgan qonunlar va oʻz ustaviga muvofiq ravishda boshqaradi, ulardan foydalanadi va tasarruf etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga yillik hisobot va foydani taqsimlashga doir oʻz takliflarini taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bankining foydasini taqsimlash
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki va uning muassasalari rezerv sistema vazifasini bajarish natijasida hosil boʻladigan foydadan olinadigan soliqlardan, yigʻimlar hamda davlat bojlaridan ozod qilinadi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bankining foydasini “SSSR Davlat banki toʻgʻrisida”gi SSSR Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq taqsimlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bankining normativ hujjatlari
Mamlakat hududida yagona pul-hisob, kredit, investitsiya, emissiya-kassa siyosatini oʻtkazish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki bank faoliyati masalalariga doir barcha banklar uchun majburiy boʻlgan normativ hujjatlarni chiqarish huquqini SSSR Davlat bankiga havola qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini koʻzda tutib, SSSR Davlat bankining normativ koʻrsatmalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bankining kredit resurslari
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bankining kredit resurslari tubandagilardan iborat:
— Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bankida vujudga keltirilgan ustav, rezerv va boshqa fondlarning mablagʻlari;
— Oʻzbekiston Respublikasi Jamgʻarma bankidagi pul omonatlari;
— Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining omonatlari;
— boshqa mamlakatlar banklari va hukumatlarning omonatlari;
— Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki ustavida koʻzda tutilgan boshqa mablagʻlar.
Keyingi tahrirga qarang.
14-modda. Pul muomalasini tashkil etish
Oʻzbekiston Respublikasida soʻm rasmiy ravishda pul birligi hisoblanadi. Bir soʻm 100 tiyindan iborat. Soʻm Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻlov qobiliyatiga ega boʻlgan yagona muomala vositasi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasi boʻyicha toʻlovlar SSSR Davlat banki oʻrnatgan tartib asosida amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki pulni muomalaga chiqarish va muomaladan qaytib olish mutlaq huquqiga egadir.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki pul belgilarini muomalaga chiqaradi, ularni inkassatsiya qilish, saqlash va tashishni tashkil etadi, oʻzining muassasalarida pul belgilari rezerv fondlarini vujudga keltiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Respublika inkassatsiya boshqarmasi oʻzining barcha boʻlimlari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bankining tasarrufida boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15-modda. Pul-kredit orqali tartibga solish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki pul-kredit orqali respublika iqtisodiyotini muomaladagi pul massasining miqdori va strukturasini tartibga solib turuvchi idora hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki SSSR Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlangan Davlat pul kredit siyosati bosh yoʻnalishlari negizida pul massasi miqdori va strukturasini tartibga soladi.Uning loyihasi SSSR Davlat banki tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabineti va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki ishtirokida ishlab chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Muomaladagi pul massasini tartibga solish tijorat banklariga beriladigan kreditlarning miqdorini oʻzgartirish, qimmatli qogʻozlarni va chet el valyutasini xarid qilish va sotish, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banklarida joylashtiriladigan tijorat banklarining majburiy rezervlari normasini hamda foiz stavkalarini oʻzgartirish yoʻllari orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat banki tijorat banklari uchun oxirgi boʻgʻin kreditor boʻlib hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bankining operatsiyalari
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki quyidagi operatsiyalarni amalga oshirish huquqiga ega:
a) tijorat banklariga ular bilan kelishilgan muddatga kredit berish;
b) toʻlash qobiliyati aniq boʻlgan, shu boʻyicha majburiyatli uch shaxsning imzosi boʻlgan veksellarni va cheklarni xarid qilish, sotish va ular bilan boshqa bitimlarni amalga oshirish, bunda toʻlash vaqti bilan sotib olingan kun orasidagi muddat uch oy boʻlishi kerak;
v) qimmatli qogʻozlarni sotib olish, saqlash va sotish;
g) toʻlash muddati uch oydan oshmasligi sharti bilan, qimmatli qogʻozlarni va veksellarni garovga olib, ularning belgilangan narxidan 90 foizdan koʻp boʻlmagan miqdorda kredit berish;
d) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bankining ushbu Qonunda va bank ustavida nazarda tutilgan vazifalariga kiruvchi boshqa operatsiyalarni va bitimlarni amalga oshirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan belgilangan miqdorda, umumiy shartlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga kredit berishi mumkin. Ushbu miqdor doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan qimmatli qogʻozlarni kelgusida joylashtirish uchun sotib olish mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki SSSR va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bankining normativ hujjatlariga muvofiq respublika hududidagi oʻzining muassasalari va tijorat banklari orqali Ittifoq va Oʻzbekiston Respublikasi budjetlarini bajaradi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qarzi boʻyicha xizmat koʻrsatadi, davlat zayomlarini joylashtirish, ularni toʻlash va ular boʻyicha foizlar toʻlash operatsiyalarini amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki SSSR Davlat banki va boshqa mamlakatlar banklari, hamkorlik markaziy banklar darajasida olib borilishi nazarda tutilgan xalqaro banklar va moliya-kredit tashkilotlari bilan munosabatda respublika manfaatlarini himoya qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
17-modda. Chet el valyutasi bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar va tashqi iqtisodiy faoliyat
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki SSSRda va chet elda chet el valyutasi bilan SSSR, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga toʻgʻri keladigan hamda xalqaro amaliyotda foydalanayotgan har qanday operatsiyalarni amalga oshirishi yoki bu huquqni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy bankiga berishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy banki qoʻyidagi operatsiyalarni bajaradi:
— eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalar tashkil etish va ularni rivojlantirish uchun chet el valyutasida kreditlar berish, Oʻzbekiston Respublikasi bergan va olgan davlat zayomlarining va kreditlarining hisobini va shu bilan birga ular boʻyicha hisob-kitobni amalga oshiradi;
— valyuta ustidan nazoratni taʼminlaydi va valyuta boʻyicha qonunlarga rioya etilishini umumiy nazorat qiladi;
pulning xalqaro toʻlov kuchini boshqarish maqsadida valyuta birjalarida va auksionlarda operatsiyalar oʻtkazishni koʻrib chiqadi va bu ishga ruxsat beradi. U bosh valyuta nazoratchisidir.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy banki chet el banklari, konsernlari, firmalari, boshqa sheriklari bitimlarni bajarishi chogʻida ularning aybi bilan olinmay kelgan mablagʻlarni undirib olishga yordam beradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki chet el valyutasida aksiyalar, obligatsiyalar va boshqalar qimmatli qogʻozlarni xarid qilishi, chet el valyutasida olingan foydadan valyuta fondini tuzishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki tijorat banklariga, SSSR Davlat banki belgilagan qoidalarga asosan SSSR da va chet elda chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirishi uchun litsenziyalar beradi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki banklar uchun chet eldan jalb qilinadigan kredit miqdorini va Oʻzbekiston Respublikasining pul-kredit siyosatiga muvofiq foiz stavkalari darajasini chegaralab qoʻyishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
18-modda. Litsenziyaga taalluqli vazifalar
1. Tijorat banklarini ochish tartibi, ularni tashkil etish uchun topshiriladigan hujjatlarning mazmuniga qoʻyiladigan talablar va ruxsatnoma berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki Oʻzbekistondagi banklarni roʻyxatga olishning umumrespublika kitobini yuritadi. Yangi tashkil etilayotgan tijorat banklari banklarni roʻyxatga olish umumrespublika kitobida qayd etilgan paytdan boshlab huquqiy shaxs maqomini oladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Tijorat bankini ochishga ruxsatnoma olish uchun quyidagi hujjatlar topshirilishi kerak:
— litsenziya berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma;
— taʼsis hujjatlari: taʼsis shartnomasi, bank ustavi, ustav qabul qilinganligi va bankning rahbar organlari tayinlanganligi toʻgʻrisida majlis bayoni;
— iqtisodiy asoslar va zarur hisob-kitob;
— muassislarning moliyaviy ahvoli toʻgʻrisida auditor tashkilotining xulosasi;
Keyingi tahrirga qarang.
— muassislar taklif qilayotgan bank rahbarlarining (boshqaruvchi va bosh muxosib) kasb jihatdan mahorati toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Keyingi tahrirga qarang.
— tijorat banki joylashgan erdagi Davlat banki muassasasining ushbu hududda tijorat bankini ochish maqsadga muvofiq ekanligini tasdiqlovchi xulosasi, xalq deputatlari mahalliy Sovetining tijorat bankini ochishga roziligi haqidagi maʼlumot.
Keyingi tahrirga qarang.
Rahbariyat tarkibida oʻzgarishlar sodir boʻlgan taqdirda bank yangi tayinlangan mansabdor shaxslarning professional mahoratini tasdiqlovchi hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bankiga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Chet mamlakatlar bilan birgalikda tijorat bankini tuzishga ruxsatnoma olish uchun ushbu moddaning 3-bandida qayd etib oʻtilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlar topshiriladi:
a) ajnabiy huquqiy shaxslar:
— Oʻzbekiston Respublikasi hududida bank tashkil etishda qatnashish yoki uning shuʼbasini ochish toʻgʻrisida ajnabiy muassis (ishtirokchi)ning tegishli organi qabul qilgan qaror;
— ajnabiy muassis (ishtirokchi) joylashgan mamlakat nazorat organining muassis (ishtirokchi) Oʻzbekiston Respublikasi hududida bank yoki uning shuʼbasini ochishga yozma roziligi, agar shu talab qonunda koʻrsatilgan boʻlsa;
b) ajnabiy fuqarolar:
— ushbu shaxsning toʻlov qobiliyatiga ega ekanligi haqidagi xorijdagi birinchi darajali bankning tasdiqnomasi;
— xorijdagi eng kamida ikkita huquqiy shaxsdan yoki toʻlov qobiliyatiga egaligi maʼlum boʻlgan fuqarolardan tavsiyanoma.
Hamma banklarning raqobat qilish uchun teng imkoniyatga ega boʻlishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki ajnabiy banklarining va chet el kapitali ishtirok etadigan banklarning muassislariga banklar ustav kapitalining eng kam va eng yuqori miqdorlariga nisbatan qoʻshimcha talablar qoʻyish mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Litsenziya berish toʻgʻrisidagi iltimosnomalar ushbu Qonunda koʻrsatilgan kerakli hamma hujjatlar taqdim etilganidan soʻng bir oydan ortiq boʻlmagan muddat ichida koʻrib chiqiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki tomonidan chiqariladigan tegishli qaror joʻnatilgan kundan boshlab iltimosnoma koʻrib chiqilgan hisoblanadi.
6. Taʼsis shartnomasi va ustavning Oʻzbekiston Respublikasida amal qilib turgan qonunlarga muvofiq kelmasligi, muassislarning iqtisodiy ahvoli bank mijozlari va omonatchilarning manfaatlariga xavf tugʻdiradigan darajada yomon boʻlishi, shuningdek bankning tavsiya etilgan rahbarlari professional nomuvofiqligi litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Tijorat banklari Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz shuʼbalarini va vakolatxonalarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bankida roʻyxatdan oʻtkazgan holda ochishlari mumkin. Oʻz shuʼbasi yoki vakolatxonasini roʻyxatdan oʻtkazish uchun tijorat banki Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bankiga oʻzining roʻyxat raqamini xabar qiladi. Tijorat banklarining shuʼbalari roʻyxatdan oʻtgan paytdan boshlabgina bank operatsiyalarini amalga oshirishlari mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi tijorat banklarining shuʼbalari va vakolatxonalari Oʻzbekiston Respublikasining “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan foydadan respublika budjetiga soliq toʻlaydi, bu soliq tijorat banki foydasining respublika hududida oladigan ulushiga mos boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki bank operatsiyalarini oʻtkazish uchun berilgan litsenziyalarni quyidagi hollarda qaytarib olishi mumkin:
a) litsenziya berishga asos boʻlgan maʼlumotlarning yolgʻonligi ayon boʻlib qolsa;
b) litsenziya olingan kundan boshlab bir yildan ortiq vaqt mobaynida faoliyat boshlanmasa;
v) bank Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki litsenziyasida koʻzda tutilmagan operatsiyalarni amalga oshirsa;
g) bank ushbu Qonunning 19-moddasida nazarda tutilgan hisobotda yolgʻon maʼlumotlarni bersa;
d) ushbu Qonunning 19-moddasida koʻrsatilgan asoslarda.
Litsenziyaning qaytarib olinishi bankning tugatilishini bildiradi.
Litsenziyaning qaytarib olish eng oxirgi chora boʻlib, undan oldin ushbu Qonunda koʻrsatilgan tartib buzishlarni bartaraf etishga qaratilgan ogohlantirish choralari koʻrilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Chet el banklari va ularning shuʼbalari roʻyxat kitobidan oʻtganlaridan soʻnggina oʻz faoliyatlarini boshlashlari mumkin. Chet el banklarining vakolatxonalari ham ushbu kitobda roʻyxatdan oʻtishlari shart.
Ustav fondi ajnabiy huquqiy shaxslar va fuqarolarning mablagʻi hisobiga tuziladigan banklarni ochish va ular faoliyatini toʻxtatish Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari bilan tartibga solib turiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki Oʻzbekiston Respublikasida chet el banklarining vakolatxonalarini roʻyxatdan oʻtkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Bank faoliyati toʻxtatilganda, chet el bankining shuʼbasi yoki vakolatxonasi yoxud boshqa kredit muassasasi tugatilganda roʻyxatga olish kitobida qayd etilgan yozuvlar bekor qilinadi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki iqtisodiy jihatdan qay darajada maqsadga muvofiqligiga va bankning bu ishga qay darajada tayyor ekanligiga asoslangan holda, bankning arizasiga koʻra, tijorat banklariga Oʻzbekiston Respublikasida va xorijiy mamlakatlarda chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Tijorat banklari taʼsis hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritilganidan keyin bir oy ichida oʻzgartirilgan hujjatlarning notarial idoralar tomonidan tasdiqlangan nusxalarni taqdim etishlari shart.
13. Tijorat banklari yoki ularning muassislari litsenziya berish yoki uni qaytarib olish masalalari boʻyicha (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bankining qarori yuzasidan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bankining nazorat vazifalari bilan bogʻliq boshqa masalalar yuzasidan sudga yoki davlat hakamlariga shikoyat qilishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
19-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki tomonidan tijorat banklari faoliyatining tartibga solib turilishi
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki oʻzining ish faoliyatida tijorat banklarining ishlashi va banklar oʻrtasida halol raqobat prinsiplari joriy etilishi uchun shart-sharoitlar yaratilishiga yordam beradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki tijorat banklarining kundalik faoliyatiga aralashmaydi.
2. Tijorat banklarining moliyaviy jihatdan mustahkamligini taʼminlash, ularning kredit oluvchilari va omonatchilarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki tijorat banklari uchun quyidagi iqtisodiy normativlarni belgilaydi:
— bank amal qila boshlagan vaqtda muassislar toʻlashi lozim boʻlgan ustav fondining eng kam miqdori:
— bankning oʻz mablagʻlari miqdori bilan uning aktivlari summasi oʻrtasidagi yoʻl qoʻyiladigan eng katta nisbat;
— Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bankiga joylashtiriladigan majburiy rezervlarning miqdori;
— bir qarz oluvchiga tavakkal qilib beriladigan qarzning eng katta miqdori;
— balans barqarorligining koʻrsatkichi.
3. Tijorat banki iqtisodiy normativlarni buzgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki ana shu holga barham berish muddatlari va shartlarini belgilaydi.
Normativlar muntazam ravishda buzilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bankining bank operatsiyalarini normativlarga muvofiqlashtirish muddatlari va shartlariga doir koʻrsatmalari bajarilmagan, yil zarar koʻrib yakunlangach, bank kreditorlari manfaatlariga xavf soladigan ahvol yuzaga kelgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki tijorat banki muassislari (qatnashchilari) oldiga yoki, basharti bank davlat-tijorat banki boʻlsa, tegishli idora oldiga:
— bankni moliyaviy jihatdan sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini koʻrish;
— bankni qayta tashkil etish;
— bankni tugatish haqida masala qoʻyishi mumkin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki ushbu moddada belgilangan normativlarni buzayotgan banklar uchun iqtisodiy jazo sifatida:
— bankning qonunni buzish orqali olgan qoʻshimcha daromadi miqdorida jarima pulni undirish;
— majburiy rezervlarning normalarini oshirish;
— bankni moliyaviy jihatdan sogʻlomlashtirish uchun zarur boʻlgan davrga uni boshqarish yuzasidan muvaqqat maʼmuriyatni tayinlashi;
— bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun bergan litsenziyani qaytarib olishi mumkin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki tijorat banklari va ularning shuʼbalari uchun ular tahlil va nazorat vazifalarini bajarishida zarur boʻlgan hisobot va boshqa materiallarning xarakteri hamda hajmini belgilaydi. Tijorat banklari va shuʼbalari qayd etilgan materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki belgilangan muddatlarda taqdim etadilar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan tijorat banklari, shuʼbalarining faoliyatini ushbu Qonunga va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bankining ustaviga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki amalga oshiradi.
Nazorat vazifalarini bajarish yoʻlida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalarni yalpisiga yoki oralatib tekshirishni tayinlashga haqlidir. Banklar faoliyatini tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bankining taftish xizmati yoki uning topshirigʻiga binoan auditor tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
IV BOʻLIM. TIJORAT BANKLARI
20-modda. Tijorat bankining vazifalari
Tijorat (kooperativ, aksiyali, ulushbay negizidagi) banklari ushbu Qonunda nazarda tutilgan operatsiyalarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish orqali shartnoma asosida huquqiy va xususiy shaxslarga kredit-hisob-kitob va oʻzga xil bank xizmatlarini koʻrsatadi.
Tijorat banklari ustav kapitali kimga tegishli ekanligi va uning shakllanish usuliga, amalga oshiriladigan bank operatsiyalarining turlariga, faoliyat amalga oshiriladigan hudud va tarmoq belgisiga qarab farqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlar asosida respublika, regional va boshqa dasturlarni moliya bilan taʼminlash uchun maxsus tijorat banklari tuzilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
21-modda. Tijorat banklarini tuzish tartibi
Tijorat banklari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki tomonidan roʻyxati olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Roʻyxatga olish pullidir. Ustavni roʻyxatga olish xususidagi hujjat bank faoliyatini boshlashga berilgan ruxsatdir.
22-modda. Tijorat banklarining ustavlari
1. Tijorat banklari oʻz ustavlari asosida ish olib boradigan. Davlat tijorat bankining ustavi bankni tuzishga qaror qilgan organ tomonidan tasdiqlanadi. Sherikchilik asosida tuzilgan tijorat bankining ustavi muassislar (qatnashuvchilar) yigʻilishi tomonidan tasdiqlanadi.
2. Bankning ustavida:
Keyingi tahrirga qarang.
— bankning nomi va u joylashgan yer (aloqa manzilgohi);
— bank amalga oshiradigan operatsiyalarning roʻyxati;
— bank tashkil etadigan fondlarning roʻyxati, ustav fondining miqdori;
— bank huquqiy shaxs ekanligi va u toʻla xoʻjalik hisobi va oʻzini oʻzi moliya bilan taʼminlashi negizida ishlashi toʻgʻrisidagi nizom;
— bankning boshqaruv idoralari, ularning tarkibi va tuzish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
— bankka qarashli muassasalarning roʻyxati, ularning maqomi;
— bank va uning shuʼbalarini tashkil etish hamda ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi;
— faoliyat toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni matbuotda eʼlon qilish majburiyati (tartibi) aks ettirilgan boʻlishi lozim.
3. Sherikchilik asosida tuzilgan bankning ustavi shu moddada keltirib oʻtilgan talablardan tashqari, masʼuliyati chegaralangan aksiyali jamiyatlar toʻgʻrisidagi amaldagi qonunlarda koʻrsatilgan talablarga javob berishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Ustavga bank faoliyatining oʻziga xos xususiyatlari bilan bogʻliq boshqa qoidalar ham kiritilgan boʻlishi mumkin. Ustavga oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlaridagi oʻzgarishlar munosabati bilan kiritiladi.
23-modda. Tijorat banklarining ustav fondlarini tashkil etish
Tijorat banklarining ustav fondi qatnashchilarning badallari, aksiyalar chiqarish va sotish hisobiga vujudga keltiriladi.
24-modda. Tijorat banklarining muassislari, aksionerlari (qatnashchilari)
Xalq deputatlari Sovetlarining hamma bosqichlari va ularning ijroiya organlari, siyosiy tashkilotlar va ixtisoslashgan jamoat fondlaridan tashqari barcha huquqiy va xususiy shaxslar tijorat banklarining muassislari, aksionerlari (qatnashchilari) boʻlishlari mumkin.
Har bir muassis, aksionerlar (qatnashuvchilar)ning ulushlari ustav kapital miqdorining 35 foizidan oshmasligi kerak.
25-modda. Banklarning ajnabiy muassislari
Chet el banklarini va chet el kapitali ishtirokidagi banklarni tashkil etish vaqtida chet ellik muassislarning biri bank boʻlishi kerak.
26-modda. Banklarning mustaqilligi
Oʻzbekiston Respublikasidagi tijorat banklari bank operatsiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq qarorlarni qabul qilish vaqtida davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralariga boʻysunmaydilar. Davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralarining xodimlari banklar boshqaruv idoralarida qatnashishlari (oʻrindoshlik asosida lavozim egallashlari) taqiqlanadi.
27-modda. Tijorat banklariga soliq solish
Tijorat banklari Oʻzbekiston Respublikasining soliq toʻgʻrisidagi amaldagi qonunlariga muvofiq soliqlar toʻlaydilar.
28-modda. Tijorat banklarining mulkiy javobgarligi
Tijorat banklari oʻzlariga qarashli barcha mol-mulklar bilan majburiyatlari boʻyicha javobgardirlar. Ular muassislar va ishtirokchilarning majburiyatlari boʻyicha javobgar boʻlmaydilar. Muassislar va ishtirokchilar bank majburiyatlari boʻyicha oʻz ulushlari doirasida javobgardirlar, basharti ularning ustavlarida oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa.
V BOʻLIM. BANKNING MOLIYAVIY JIHATDAN MUSTAHKAMLIGI VA UNING MIJOZLARI MANFAATLARINI HIMOYA QILISh
29-modda. Tijorat banklari uchun belgilangan iqtisodiy normativlarga rioya etish
Bankning moliyaviy jihatdan mustahkamligini taʼminlash va uning mijozlari manfaatlarini himoya qilish uchun, tijorat banklari ushbu Qonunning 19-moddasida sanab oʻtilgan normativlarga rioya etishlari shart.
30-modda. Bankning oʻz mablagʻlari
Quyidagilar bankning oʻz mablagʻlari hisoblanadi:
— ustav fondi;
— rezervlar va foyda hisobiga vujudga keladigan hamda bankning balansida turadigan boshqa fondlar;
— taqsimlanmagan foyda, aksiyachilar yoki paychilar oʻrtasida aksiyalarni taqsimlash hisobiga yoxud pay miqdorini oshirish hisobiga olingan mablagʻ.
31-modda. Bank aktivlari
Quyidagilar bank aktivlari hisoblanadi:
— huquqiy va xususiy shaxslarga beriladigan qarzlar;
— qimmatli qogʻozlar investitsiyalar;
— koʻchmas mol-mulkka investitsiyalar;
— boshqa aktivlar.
32-modda. Yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan yoʻqotishlar oʻrnini qoplash uchun rezervlar
Tijorat banklari yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan yoʻqotishlar oʻrnini qoplash uchun olinadigan foydadan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki tomonidan belgilab qoʻyilgan tartibda sugʻurta va rezerv fondlari tashkil etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
33-modda. Bank siri
1. Oʻzbekiston Respublikasidagi banklar oʻz mijozlari va gumashtalarining operatsiyalari, hisob raqamlari hamda omonatlari boʻyicha sirni saqlash kafolatini beradilar. Bankning barcha xizmatchilari bankning, bank mijozlari va gumashtalarining operatsiyalari, hisob raqamlari va omonatlarini sir saqlashlari shart.
2. Huquqiy va xususiy shaxslarning operatsiyalari hamda hisob raqamlariga doir maʼlumotlar huquqiy va xususiy shaxslarning oʻzlariga qonunlarda nazarda tutilgan hollarda sudlarga, tergov organlariga, hakamlik idoralariga va auditor tashkilotlariga, soliq solish masalalari yuzasidan moliya idoralariga berilishi mumkin;
Keyingi tahrirga qarang.
3. Fuqarolarning hisob raqamlari va omonatlari boʻyicha maʼlumotlar mijozlarning oʻzlari yoki ularning vakillaridan tashqari sud va tergov organlariga ham ularning qaramogʻida boʻlgan ishlar boʻyicha mijozlarning hisob raqamlaridagi va omonatlaridagi pul mablagʻlari va boshqa boyliklari xatlanishi, ulardan haq undirilishi yoki mol-mulki musodara qilinishi mumkin boʻlgan hollarda.
4. Hisob raqamlari va omonatlarining egalari vafot etgan taqdirda ularga qarashli hisob raqamlari va omonatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ana shu hisob raqamlari va omonatlarning egalari bank uchun qoldirgan vasiyatnomada koʻrsatilgan shaxslarga, davlat notarial-idoralariga (ularning ixtiyoridagi vafot etgan omonatchining omonati boʻyicha merosxoʻrlik ishiga taalluqli boʻlsa), shuningdek xorijiy mamlakatlarning konsullik muassasalariga beriladi.
34-modda. Banklardagi pul mablagʻlarini va boshqa boyliklarni xatlash va undirib olish
1. Huquqiy shaxslarning chet el va xalqaro tashkilotlarning bankda saqlanayotgan pul mablagʻlari va boshqa boyliklarini xatlash faqat sud qarori, tergov organlari yoki hakamlik organlari qarori bilan, shuningdek shu boyliklardan haq undirib olish esa — faqat sudlar tomonidan berilgan ijro varaqlari, hakamlik idoralarining buyrugʻiga hamda boshqa ijro hujjatlariga binoan, shuningdek davlat soliq inspeksiyalarining talabiga binoan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Fuqarolarning banklarda saqlanayotgan pul mablagʻlari va boshqa boyliklarini xatlash va haq undirib olish faqat sud hukmi yoki qarori bilan amalga oshirilishi mumkin.
Fuqarolarning pul mablagʻlari va boshqa boyliklarini musodara qilish faqat musodara qilish toʻgʻrisidagi qonuniy kuchga kirgan hukm yoki mol-mulkni musodara qilish haqida qonunga muvofiq chiqarilgan qaror asosida amalga oshirilishi mumkin.
VI BOʻLIM. BANKLAR OʻRTASIDAGI MUNOTSABATLAR VA TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN MIJOZLARGA XIZMAT KOʻRSATISh
35-modda. Banklararo depozit, kredit va boshqa operatsiyalar
1. Tijorat banklari shartnoma asoslarida bir-birlarining mablagʻlarini depozit, kredit shaklida jalb etishlari, joylashtirishlari, oʻz ustavlarida koʻrsatilgan boshqa oʻzaro operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin.
2. Mijozlarga kredit berish va oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish uchun mablagʻ yetishmay qolgan taqdirda tijorat banklari kredit olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bankiga murojaat qilishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
36-modda. Tijorat banklarining kreditlari boʻyicha foiz stavkalari
Tijorat banklari amalga oshiradigan operatsiyalar boʻyicha foiz stavkalari ularning oʻzlari tomonidan mustaqil belgilanadi, ammo bu stavkalar SSSR Davlat banki belgilaydigan foiz stavkalari siyosatiga asoslangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki har yili belgilaydigan eng koʻp stavkalardan yuqori boʻlmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
37-modda. Bank va uning mijozi orasidagi munosabatning shartnomaviy xarakteri
1. Banklar bilan mijozlar oʻrtasidagi munosabat shartnomaviy xaraktyerga egadir.
2. Mijozlar oʻzlariga kredit hisob-kitob va kassa xizmatini koʻrsatadigan bankni mustaqil tanlaydilar.
38-modda. Monopoliyaga qarshi qoidalar
1. Banklarning foiz stavkalari va vositachilik haqi miqdorlarini belgilash masalalarida bank operatsiyalari bozorini monopoliyalashtirish, bank ishida raqobatni cheklash maqsadlarida oʻzlarining ittifoqlaridan, uyushmalaridan va boshqa birlashmalaridan foydalanishi taqiqlanadi.
2. Monopoliyaga qarshi qoidalarga rioya qilishni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki, shuningdek monopoliyaga qarshi qonunlarga muvofiq shu maqsadda tashkil qilingan organlar nazorat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
39-modda. Banklar oʻrtasidagi hisob-kitoblar
1. Banklar oʻrtasidagi hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki oʻz muassasalarida tijorat banklari uchun gumashtalik hisob raqamini ochadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Banklar hisob-kitob ishlarini SSSR Davlat banki belgilagan yoxud xalqaro bank amaliyotida qabul qilingan shakllarda amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
40-modda. Kreditning qaytarilishini taʼminlash
Banklar kreditni oʻz vaqtida qaytarishni taʼminlash borasida mijozlarning garovlarini, kafolatlarini, ishonchnomalarini va boshqacha shakldagi majburiyatlarni qabul qiladilar.
Banklar kreditni moddiy boyliklar bilan taʼminlanmagan holda (blankadagi kredit) berish toʻgʻrisida qaror qabul qilishlari mumkin.
41-modda. Qarzdorlarni toʻlovga qobiliyatsiz deb eʼlon qilish
Bankdan olgan kreditlarni oʻz vaqtida qaytarish yuzasidan oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarini bajarmagan qarzdorlarni bank toʻlovga qobiliyatsiz deb eʼlon qilib, asosiy kredit berganlarga, yuqori turuvchi idoraga, korxona roʻyxatga olingan xalq deputatlari Soveti ijroiya qoʻmitasiga qarzdor (qatnashchilar)ni taʼsis etuvchilarga xabar berishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
42-modda. Toʻlovga qobiliyatsiz deb topilgan qarzdorga nisbatan koʻriladigan chora-tadbirlar
Toʻlovga qobiliyatsiz deb topilgan qarzdorga nisbatan, bankning taklifiga binoan, quyidagi chora-tadbirlar qoʻllanilishi mumkin:
operativ boshqaruvni bank kreditor ishtirokida tayinlangan maʼmuriyatga topshirish;
qayta tashkil etish.
Bank taklif etgan chora-tadbirlar qarzdorning huquqiy maqomiga qarab uning yuqori organi, xalq deputatlari Soveti ijroiya qoʻmitasi, muassislar (qatnashchilar) tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
43-modda. Garov
1. Banklar garovga qoʻyilmagan moddiy-tovar boyliklarni, mijoz ishlab chiqaradigan mahsulotni, qimmatli qogʻozlarni, tovar-taqsimot hujjatlarini va boshqa boyliklarni garovga qabul qilishlari mumkin. Hamma garovga olingan boyliklar mijoz hisobidan sugʻurta qilingan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Asosiy vositalarga kiruvchi binolar, inshootlar, uskunalar, boshqa mol-mulk, basharti mijoz qonunlarga muvofiq oʻziga qarashli barcha mol-mulk bilan majburiyatlari yuzasidan javob bersa, garov sifatida qabul qilinishi mumkin.
3. Moddiy-tovar boyliklarni garovga qoʻyish orqali taʼminlangan qarzlar boʻyicha toʻlov muddati ancha (60 kundan ortiqqa) oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik mavjud boʻlgan taqdirda, bank korxona garovga qoʻygan mol-mulkni sotishdan tushgan pulni ushbu qarzni toʻlash uchun sarflash huquqiga egadir.
4. Bankka garovga qoʻyilgan mol-mulk bankning sud yoki hakamlikka murojaat qilmay turib bergan koʻrsatmasiga binoan sotiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Bankka garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotishdan tushgan mablagʻ bankka garov bilan taʼminlangan qarzni toʻlash uchun oʻtkaziladi, bunda bank boshqa huquqiy va xususiy shaxslarning daʼvolariga nisbatan ustunlikka ega boʻladi huquqiy va xususiy shaxslarning daʼvolariga nisbatan ustunlikka ega boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
VII BOʻLIM. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA JAMGʻARMA IShLARI
44-modda. Aholining jamgʻarma omonatlari
1. Oʻzbekiston Respublikasida aholining jamgʻarma omonatlari barcha tijorat banklari tomonidan qabul qilinishi mumkin.
2. Banklar aholidan omonatlar qabul qilib olish boʻyicha operatsiyalarni bajarishda oʻz shartlarini mustaqil belgilaydilar. Pul muomalasi mustahkamligini taʼminlash va pul qadrsizlanib narx oshishining oldini olish uchun SSSR Davlat banki “SSSR Davlat banki toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasida koʻrsatilgan cheklashlarni joriy etishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Omonatlar boʻyicha olinadigan daromadlarga soliq solinmaydi.
4. Omonatlar boʻyicha pul qabul qilib olish banklar tomonidan amalga oshiriladi va omonatchiga jamgʻarma hujjati beriladi.
45-modda. Omonatchilarning saqlanishini taʼminlash boʻyicha banklarning majburiyatlari
Aholidan omonatlarni qabul qiluvchi tijorat banklari jalb etilgan mablagʻlardan shunday foydalanishi kerakki, natijada omonatchilar oldidagi majburiyatlar oʻz vaqtida bajarilsin va mablagʻlarning saqlanishi taʼminlansin.
Shu maqsadda tijorat banklari, Oʻzbekiston Respublikasi Jamgʻarma bankidan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki belgilab qoʻyadigan tartibda va shartlar asosida aholining omonatlarini sugʻurta qiladigan banklararo fondlarni tuzishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
46-modda. Mehnat jamgʻarmalari va aholiga kredit berish banki
1. Mehnat jamgʻarmalari va aholiga kredit berish banki (Oʻzbekiston Respublikasi Jamgʻarma banki) aholi mablagʻlarini banklarga jalb qilish va ularni joylashtirish operatsiyalarini amalga oshiradigan ixtisoslashtirilgan tijorat bankidir.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Jamgʻarma bankida aholi omonatlari saqlanishi va oʻz vaqtida qaytarilishini Oʻzbekiston Respublikasi kafolatlaydi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Jamgʻarma banki jalb qilgan pul mablagʻlarini aholiga kredit berish va ushbu Qonunda koʻzda tutilgan yagona davlat pul-kredit siyosatining bosh yoʻnalishiga muvofiq boshqa maqsadlarda, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining qarzdorlik majburiyatlariga joylashtirish uchun ishlatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Jamgʻarma banki Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki tomonidan tasdiqlanadigan oʻz ustavi asosida ish yuritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
47-modda. Omonat qoʻyuvchilar
1. SSSR fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar omonat qoʻyuvchilar boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Omonatchilar oʻz jamgʻarmalarini saqlash uchun oʻzlari xohlagan bankni tanlab oladilar, ular bir va bir necha bankka omonatlarini qoʻyishlari mumkin.
3. Omonatchilar oʻz jamgʻarmalarini tasarruf etishlari, omonatlar boʻyicha foiz tarzida yoki bank taklif etadigan boshqa koʻrinishda foyda olishlari, naqd pulsiz hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirishlari mumkin.
4. Omonat qoʻyuvchi vafot etgan taqdirda omonatni istagan shaxsga yoki davlatga berish toʻgʻrisida bankka topshiriq berishi mumkin.
Omonat qoʻyuvchi vafot etgan taqdirda banklar topshiriq berilmagan omonatni SSR Ittifoqi va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda merosxoʻrlarga beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
48-modda. Voyaga yetmaganlarning omonatlarga doir huquqlari
1. Oʻz nomiga omonat qoʻygan voyaga yetmagan shaxs bu omonatni mustaqil tasarruf etadi.
2. Kimdir tomonidan voyaga yetmagan shaxs nomiga qoʻyilgan omonatlarni:
a) voyaga yetmagan shaxs 15 yoshga toʻlganiga qadar — voyaga yetmagan shaxsning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari;
b) voyaga yetmagan shaxs 15 yoshga toʻlganda — ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligi bilan voyaga yetmagan shaxsning oʻzi tasarruf qiladi.
VIII BOʻLIM. TIJORAT BANKLARIDA HISOB VA HISOBOT BERISh HAMDA ULAR FAOLIYATINI NAZORAT QILISh
49-modda. Tijorat banklarida hisob va hisobot berish
Tijorat banklarida muxosibot hisobi va hisobot berish SSR Davlat banki tomonidan belgilangan yagona qoidalar asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
50-modda. Yillik balans, koʻrilgan foyda va zarar hisoblarini eʼlon qilish
Tijorat banklari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki belgilaydigan shakl va muddatlarda yillik balans, koʻrilgan foyda va zarar hisoblarini bu hisoblarda berilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini auditor tashkilotlar tasdiqlanganidan keyin eʼlon qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
51-modda. Auditor tekshiruvlar
Qonunlarga muvofiq tekshiruvlarni oʻtkazish vakolati berilgan auditor tashkilotlar tijorat banklarining faoliyatini tekshirishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 15-fevral,
205-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 4-son, 84-modda; 1992-y., 10-son, 396-modda; 1993-y., 6-son, 242-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)