1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.17.00 Aviatsiya va avtomobil sanoati]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“SAMKOChAVTO” QOʻShMA KORXONASIDA IShLAB ChIQARIShNI YANADA RIVOJLANTIRISh TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Mamlakatimizda avtobuslar va yuk avtotransporti ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni eksportga va ichki bozorga yetkazib berishni koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“SamKochavto” qoʻshma korxonasining ustav fondi 1998-yildan buyon qoʻshma korxona muassislarining ulushlariga mutanosib tarzda 47,5 mln AQSh dollaridan 64,1 mln AQSh dollarigacha koʻpayganligi;
“SamKochavto” qoʻshma korxonasi tomonidan qoʻshma korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etishning 2001-yilga biznes-rejasi hamda 2005-yilga borib avtobuslar ishlab chiqarishni 4 baravardan ortiq koʻpaytirishga va mahalliylashtirish darajasini — 25 foizgacha yetkazishga qaratilgan 2001—2005-yillarda avtomobillar uchun butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi tasdiqlanganligi;
2001-2002-yillarda eksportga yetkazib berishga moʻljallangan 1000 avtobus ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan butlovchi detallar, xomashyo va materiallar narxi xorijiy hamkor tomonidan pasaytirilganligi;
2001-yildan boshlab “Asaka” banki tomonidan ochiladigan toʻlovni kechiktirish butlovchi detallar va materiallar yuklab joʻnatilgan sanadan boshlab xorijiy banklarning kredit liniyalari hisobiga tasdiqlangan akkreditivlar boʻyicha 180 kundan 270 kunga koʻpaytirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.16.05.00 (Кучини йукотган) Respublika yoʻl jamgʻarmasiga ajratmalar va yigʻimlar / 07.92.00.00 (Кучини йукотган) Majburiy toʻlovlar, ajratmalar va yigʻimlar]
2. Belgilansinki, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan “SamKochavto” qoʻshma korxonasi ishlab chiqargan avtotransport vositalarini sotib olishda Respublika yoʻl jamgʻarmasiga yigʻim sotib olingan avtotransport vositalari qiymatining 5 foizi miqdoridagi stavka boʻyicha hisoblab chiqiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-maydagi 90-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR, QHT, 2008-y., 19-son, 161-modda)
6. “Oʻzavtosanoat” uyushmasi va “SamKochavto” qoʻshma korxonasi buyurtmanomalari boʻyicha korxonaning ishlab chiqarish faoliyati bilan bogʻliq ishlarni bajarish uchun respublikaga kelayotgan xorijiy mutaxassislarga respublika hududida yashaganlik va transportning barcha turlarida yurganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan milliy valyutadagi tariflar boʻyicha haq toʻlash huquqi berilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi “SamKochavto” qoʻshma korxonasining buyurtmanomalari boʻyicha xorijiy mutaxassislarni davlat boji toʻlashdan ozod qilgan holda ularga koʻp martalik vizalar uzaytirilishi va berilishini, yashash joyida vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish uzaytirilishini taʼminlasinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-maydagi 90-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR, QHT, 2008-y., 19-son, 161-modda)