toggle_night_mode
Hujjat 29.04.2008 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“DAVLAT MUKOFOTLARI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING 16-MODDASIGA OʻZGARTISh KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 21-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2008-yil 27-martda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi 176-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 266-modda; 1996-yil, № 5-6, 63-modda, № 9, 120-modda; 1998-yil, № 9, 163-modda; 2000-yil, № 7-8, 202-modda; 2003-yil, № 9-10, 140, 149-moddalar; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 250-modda) 16-moddasi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat mukofotlari (“Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni, Oʻzbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va Faxriy yorligʻi) bilan taqdirlangan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlardan foydalanadilar hamda bir marta beriladigan pul mukofoti yoki shu qiymatdagi esdalik sovgʻasini oladilar. Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlari bilan taqdirlangan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda va tartibda har oyda pul nafaqalari oladilar”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2008-yil 29-apreldagi 84 (4494)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 28-aprel,
OʻRQ-157-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 18-son, 143-modda)