1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Chet el investitsiyalari. Konsessiya shartnomalari. Xorijdan mablagʻ jalb qilish. Erkin iqtisodiy zonalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OSIYO TARAQQIYOT BANKI ISHTIROKIDA “QISHLOQ JOYLARDA UMUMIY OʻRTA TAʼLIMNI RIVOJLANTIRISH” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Maktab taʼlimini rivojlantirish davlat umummilliy dasturini amalga oshirishni taʼminlash, uzluksiz taʼlim tizimini kuchaytirish hamda umumtaʼlim maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.08.00 Davlat qarzi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
1. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
“Qishloq joylarda umumiy oʻrta taʼlimni rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish uchun Osiyo taraqqiyot banki (OTB)ning Direktorlar kengashi sakkiz yillik imtiyozli davrni ham hisobga olganda 32 yil muddatda toʻlash sharti bilan ekvivalenti 30 mln. AQSH dollariga teng 19,122 mln. MQOH (maxsus qarz olish huquqi) miqdorida Oʻzbekiston Respublikasiga imtiyozli qarz berilishini maʼqulladi;
mazkur loyihani amalga oshirish davri toʻrt yilga (2008—2011-yillar) belgilangan;
Oʻzbekiston Respublikasining hissasi budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasi va davlat budjeti mablagʻlari hisobidan, shuningdek bojlar, soliqlar va davlatning maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalardan ozod etish tarzida 13,0 mln. AQSH dollarini tashkil etadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.08.00 Davlat qarzi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
2. Belgilansinki:
Oʻzbekiston Respublikasiga OTB qarzi Oʻzbekiston Respublikasi bilan OTB oʻrtasidagi Qarz bitimiga asosan beriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish hamda loyihani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi organ hisoblanadi;
mazkur loyiha Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarining qishloq tumanlarida amalga oshiriladi;
OTB qarzi boʻyicha asosiy qarzni uzish, foizlarni toʻlash bilan bogʻliq sarf-xarajatlar Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.08.00 Davlat qarzi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
loyihani amalga oshirish boʻyicha Idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri, mazkur loyihaga kiritilgan Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hamda tumanlarining hokimlari zimmasiga loyihadagi tadbirlarni amalga oshirish, hisobotlar va hujjatlarni oʻz vaqtida tayyorlash hamda taqdim etishni OTB tartib-qoidalari va Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq ravishda tashkil etish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishda shaxsiy javobgarlik yuklansin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.08.00 Davlat qarzi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
4. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri OTB bilan tuzilgan Qarz bitimini Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolashga vakil etib tayinlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi bilan OTB oʻrtasidagi Qarz bitimi boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa taqdim etsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.08.00 Davlat qarzi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi:
ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida loyihaning maxsus hisobvaragʻini ochsin;
bir oy muddatda loyihani muvofiqlashtirish va boshqarish vazifalarini “Taʼlim sektorini rivojlantirish dasturi” loyihasini amalga oshirish guruhiga yuklash bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni Qarz bitimi shartlariga muvofiq, zaruratga qarab, qoʻshimcha mutaxassislarni yollagan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan shtat jadvalini va har yilgi moliyalash smetalarini albatta kelishib olgan holda hal etsin;
ikki oy muddatda loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etilishini taʼminlasin.
6. Loyihani amalga oshirish boʻyicha Idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash (R. Qosimov) zimmasiga:
ushbu loyihaning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini umumiy muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish;
loyihani amalga oshirish doirasida tovarlar, ishlar (xizmatlar)ni xarid qilish boʻyicha tender komissiyalari tarkibini tasdiqlash vazifalari yuklansin.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.08.00 Davlat qarzi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
7. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi bilan OTB oʻrtasidagi Qarz bitimi shartlariga muvofiq OTB qarz mablagʻlari hisobidan investitsiya davrida xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bojxona toʻlovlari, soliqlar, maqsadli davlat jamgʻarmalariga va budjetdan tashqari Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga toʻlanadigan majburiy ajratmalar hamda yigʻimlardan ozod etiladi. Mazkur imtiyozlarni berish natijasida hosil boʻladigan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishga qoʻshadigan hissasi hisoblanadi.
Mazkur imtiyozlar loyihani amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga ham tatbiq etilsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 11-fevraldagi PF-4275-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 9-son, 84-modda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.08.00 Davlat qarzi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.03.00 Davlat boji boʻyicha imtiyozlar;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi Xalq taʼlimi vazirligining talabnomalariga koʻra, belgilangan tartibda:
loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarini konsullik yigʻimi va boshqa yigʻimlar undirib olinmasdan rasmiylashtirishni;
loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha roʻyxatda turish va uning muddatini uzaytirishni taʼminlasin hamda ular davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.
9. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmalariga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 28-fevral,
PQ-803-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-fevraldagi PQ-803-son qaroriga 1-ILOVA
“Qishloq joylarda umumiy oʻrta taʼlimni rivojlantirish” loyihasi boʻyicha OTB qarzini soʻndirish
* Toʻlov summalari qarzning amalda oʻzlashtirilishidan kelib chiqib, aniqlanadi.
LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-fevraldagi PQ-803-son qaroriga 2-ILOVA
“Qishloq joylarda umumiy oʻrta taʼlimni rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha Idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash
TARKIBI
R.S. Qosimov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, kengash raisi
T.I. Joʻrayev
—
xalq taʼlimi vaziri, kengash raisi oʻrinbosari
J.A. Qoʻchqorov
—
moliya vaziri oʻrinbosari, kengash raisi oʻrinbosari
O.X. Joʻrayev
—
tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri oʻrinbosari
O.Z. Sobirov
—
xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari
S.S. Abdullayev
—
Toshkent viloyati hokimi oʻrinbosari
P.K. Tangriyev
—
Surxondaryo viloyati hokimi oʻrinbosari
M.K. Xayitmurodov
—
Qashqadaryo viloyati hokimi oʻrinbosari
K.Sh. Shodimetov
—
Respublika “Mahalla” fondining Toshkent viloyati boʻlimi boshligʻi
E.S. Kuchkinov
—
Respublika “Mahalla” fondining Surxondaryo viloyati boʻlimi boshligʻi
D.X. Allayev
—
Respublika “Mahalla” fondining Qashqadaryo viloyati boʻlimi boshligʻi
Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 2-son, 107-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 9-son, 84-modda)