toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.09.2021
Hujjat 03.05.2008 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI “OʻZARXIV” AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
BUYRUGʻI
VAZIRLIKLAR, DAVLAT QOʻMITALARI, IDORALAR, YuRIDIK ShAXSLAR BIRLAShMALARINING DOIMIY HARAKATDAGI MARKAZIY EKSPERT KOMISSIYASI (MEK)SI TOʻGʻRISIDAGI NAMUNAVIY NIZOMGA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 23-aprelda 898-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi direktorining 2021-yil 6-sentabrdagi 317-sonli “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, yuridik shaxslar birlashmalarining doimiy harakatdagi Markaziy ekspert komissiya (MEK)si toʻgʻrisida namunaviy nizom, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 898-3, 11.09.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Arxivlar toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida arxiv ishini boshqarishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2004-yil 3-fevraldagi 49-sonli qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, yuridik shaxslar birlashmalarining doimiy harakatdagi Markaziy ekspert komissiyasi (MEK) toʻgʻrisidagi namunaviy nizomning (2000-yil 21-fevral, roʻyxat raqami 898 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi 2004-y., 4-son) 1.4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1.4 MEK oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining “Arxivlar toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda boshqa qonun hujjatlariga asoslanadi.”.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
“Oʻzarxiv” agentligi Bosh direktori A. ABDULLAYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 9-aprel,
8-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 17-son, 141-modda)