1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.15.00 Bank omonati;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.20.00 Jamgʻarma ishi. Bank tomonidan naqd pul berilishi]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
TIJORAT BANKLARIDA AHOLI OMONATLARI ShARTLARINI LIBERALLAShTIRISh HAMDA KAFOLATLARINI TAʼMINLAShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Aholining bank tizimiga ishonchini mustahkamlash, naqd pul mablagʻlarining bankdan tashqari aylanmasini qisqartirish, mamlakat iqtisodiyotini jadal rivojlantirish va aholining turmush darajasini oshirish uchun investitsiya resurslarining gʻoyat muhim manbai sifatida aholining erkin pul mablagʻlarini tijorat banklari omonatlariga jalb etishni yanada ragʻbatlantirish maqsadida:
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2008-yil 1-aprel — 2009-yil 1-aprel oraligʻidagi davrda banklar Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari — jismoniy shaxslardan depozit hisobvaraqlarga, jumladan, taqdim etuvchining depozitlariga naqd pul shaklida qoʻyilgan yoki oʻzlarining xorijiy banklardagi shaxsiy hisobvaraqlaridan oʻtkazilgan milliy va xorijiy valyutadagi pul mablagʻlarini omonatlarning miqdorini cheklamagan va ularning kelib chiqish manbalarini tasdiqlaydigan hujjatlarni talab etmagan holda qabul qilishga majburdirlar.
2. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi / 07.10.02.08 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslarning daromadlarini deklaratsiyalash / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari — jismoniy shaxslar tomonidan banklardagi depozit hisobvaraqlarga qoʻyiladigan mablagʻlar manbalari deklaratsiya qilinmaydi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi / 07.10.02.04 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
2008-yil 1-aprel — 2009-yil 1-aprel oraligʻidagi davrda jismoniy shaxslar tomonidan banklardagi depozit hisobvaraqlarga qoʻyiladigan pul mablagʻlari soliqlardan va boshqa majburiy toʻlovlardan ozod etiladi.
3. Respublika banklariga, huquqni muhofaza qilish, soliq va boshqa nazorat organlariga omonat qoʻyuvchi jismoniy shaxslar hamda ularga xizmat koʻrsatadigan banklardan pul mablagʻlarining kelib chiqish manbalari qonuniyligi toʻgʻrisidagi turli hujjatlar va maʼlumotnomalarni hamda bank siri hisoblanadigan boshqa maʼlumotlarni soʻrab olish qatʼiyan taqiqlansin.
Pul qoʻyuvchidan pul mablagʻlarining kelib chiqish manbalari toʻgʻrisida maʼlumotnomalar va boshqa axborotlarni har qanday tarzda talab qilish noqonuniy deb hisoblansin, ushbu talablarni buzgan mansabdor shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortilsin.
4. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, qonun hujjatlariga muvofiq:
pul qoʻyuvchi jismoniy shaxslar banklardagi depozit hisobvaraqlariga qoʻyilgan pul mablagʻlarini oʻzlarining xohishlariga koʻra va cheklovlarsiz tasarruf etishlari mumkin;
banklar jismoniy shaxslarning hisobvaraqlari va pul qoʻyilmalari borasida, shuningdek, ular boʻyicha amalga oshiriladigan operatsiyalar xususida bank siri saqlanishini kafolatlashlari shart;
bank siri hisoblangan maʼlumotlarni noqonuniy oshkor etgani yoki uchinchi shaxslarga bergani uchun aybdor boʻlgan mansabdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka, hatto jinoiy javobgarlikka ham tortiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.16.00 Bank siri (shuningdek, 12.03.05.03ga qarang)]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mahalliy hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qilish, soliq va boshqa nazorat organlari, banklar, mansabdor shaxslar tomonidan bank siri toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga soʻzsiz rioya etilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmalariga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 20-fevral,
PF-3968-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 8-9-son, 35-modda)