1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.04 Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berishga oid davlat kontrakti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “PAXTA TOLASINI XORIJIY INVESTITSIYaLAR IShTIROKIDAGI KORXONALARGA SOTISh MEXANIZMINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2005 YIL 19 OKTYABRDAGI 232-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “PAXTA TOLASINI RESPUBLIKANING IChKI ISTEʼMOLChILARIGA SOTIShNI TAKOMILLAShTIRISh VA TOʻQIMAChILIK SANOATINI RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2007-YIL 21 NOYABRDAGI PQ-733-SON QARORI)
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta tolasini respublikaning ichki isteʼmolchilariga sotishni takomillashtirish va toʻqimachilik sanoatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 21-noyabrdagi PQ-733-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Paxta tolasini xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga sotish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 19-oktabrdagi 232-son qarori 2-bandining birinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 9-10-son, 56-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Belgilab qoʻyilsinki, paxta tolasi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tashqi savdo kompaniyalari hamda Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi orqali paxta tolasining ulgurji sotish narxida qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini schyot-fakturalarda ajratib koʻrsatgan holda sotiladi”.
2. Ushbu qaror 2008-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 6-fevral,
22-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 6-7-son, 27-modda)