toggle_night_mode
Hujjat 22.02.2021 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “FAXRIY UNVONLAR UChUN TOʻLOVLAR MIQDORINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA” 2007-YIL 17 DEKABRDAGI PF-3942-SON FARMONI)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Faxriy unvonlar uchun toʻlovlar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2007-yil 17-dekabrdagi PF-3942-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 28-yanvar,
18-son
Vazirlar Mahkamasining
2008-yil 28-yanvardagi 18-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga 2-ilovaning 22-bandidagi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 64-modda) “eng kam oylik ish haqining 60 foizi miqdorida” soʻzlari “eng kam oylik ish haqining 1,6 baravari miqdorida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 5-son, 20-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)