toggle_night_mode
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASh VAZIRLIGINING
QARORI
FUQARO VA EKSPERIMENTAL AVIATSIYADA UChUVChILAR TARKIBI UChUN YoShGA OID ChEGARALARNI KIRITISh TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 25-yanvarda 1762-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida Xalqaro fuqaro aviatsiyasining 60 va 65 yoshga to‘lgan uchuvchilar tarkibiga yoshga oid chegaralarni o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lgan standartlari va tavsiya etilgan amallar (Chikago Konvensiyasining 1-ilovasiga kiritilgan 167-tuzatish) talablarini O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida joriy qilish maqsadida qaror qilamiz:
1. O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasining 60 va 65 yoshga to‘lgan uchuvchilar tarkibi uchun kasbiy faoliyatni amalga oshirishda beriladigan ruxsatga quyidagi chegaralar kiritilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
65 yoshga to‘lgan uchuvchilar tarkibi O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvozlarni bajarishda o‘z vazifalarini bajarishga;
ekipaj tarkibi faqat bitta uchuvchidan iborat bo‘lgan havo kemalarida xalqaro tijorat havo tushuvlarini bajaruvchi 60 yoshga to‘lgan havo kemalarining komandirlari (uchuvchilari) O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvozlarni bajarishda o‘z vazifalarini bajarishga qo‘yilmaydilar.
(1-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018-yil 23-martdagi 42, 10-q/q, 16-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1762-1, 27.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.03.2018-y., 10/18/1762-1/0946-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2001-yil 17-maydagi “Oltmish yoshga to‘lgan aviatsiya xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi havo kemalarining ekipaj a’zolari vazifalarini bajarishda kasbiy faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etishni chegaralash to‘g‘risida”gi qarori (2001-yil 19-iyun, ro‘yxat raqami 1042) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiradi.
4. Mazkur qaror O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi va “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK bilan kelishilgan.
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i H. TROBOV
Toshkent sh.,
2007-yil 28-dekabr,
1099-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. HAITOV
Toshkent sh.,
2007-yil 28-dekabr,
3692-son
Sog‘liqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh.,
2007-yil 28-dekabr,
1669-son
Kelishildi:
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi D. JAHONGIROVA
Toshkent sh.,
2007-yil 10-dekabr
“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK Bosh direktori V. TYAN
Toshkent sh.,
2007-yil 10-dekabr
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 3-4-son, 17-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.03.2018-y., 10/18/1762-1/0946-son)