1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Soliq
kodeksi tasdiqlansin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2008 va 2009-yillar mobaynida:
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq
kodeksi normalarining amal qilishi va samaradorligi muntazam ravishda hamda har tomonlama monitoring va tahlil qilinishini taʼminlasin;
zarur boʻlgan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq
kodeksining ayrim normalarini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflarni belgilangan tartibda kiritsin.
3-modda. Ushbu Qonun 2008-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.