1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yig‘imlar, bojlar)]
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
“KORXONALAR, BIRLAShMALAR VA TAShKILOTLARDAN OLINADIGAN SOLIQLAR TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNIGA O‘ZGARTIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi qarorining 29-bandiga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 86-modda; № 8, 191-modda; 1992-yil, № 4, 177-modda; № 9, 337-modda; 1993-yil, № 1, 20-modda; № 6, 240-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilsin:
1. Muqaddima uchinchi xatboshisidagi “chet el valyutasi tushumidan olinadigan soliq” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
2. 2-modda chiqarib tashlansin.
3. 6-modda quyidagi mazmundagi 7-band bilan to‘ldirilsin:
“7) jamoa xo‘jaliklari, davlat xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari va o‘zga qishloq xo‘jaligi korxonalarining qishloq xo‘jaligi faoliyatidan olgan daromadlariga — 3 foiz stavka bo‘yicha soliq solinadi”.
4. 12-modda quyidagi mazmundagi xatboshi va ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“oborot mablag‘larini ko‘paytirishga qaratilgan daromad summasiga.
Ushbu moddaga muvofiq berilayotgan soliqqa doir imtiyozlarni e’tiborga olgan holda hisoblab chiqarilgan daromadlarga solinadigan soliqning umumiy summasi imtiyozlarni e’tiborga olmagan holda hisoblab chiqarilgan hisob-kitob summasining 50 foizidan kam bo‘lmasligi kerak”.
5. 19-moddaning:
birinchi qismi 27-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“27) O‘zbekiston Respublikasi Qizil Yarim oy va “Yodgorlik” jamiyatlari, O‘zbekiston Teatr arboblari uyushmasi, “Sog‘lom avlod uchun” Xalqaro xayriya jamg‘armasi korxonalarining mahsulotlari va xizmatlari — soliqdan ozod qilingan mablag‘lar jamiyatlar, uyushma va jamg‘armalarning ustav vazifalarini bajarishga ishlatilishi sharti bilan;”
birinchi qismi quyidagi mazmundagi 35 va 36-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“35) O‘zbekiston Avtomotohavaskorlar ko‘ngilli jamiyatiga qarashli mashinalar turadigan joylarda avtotransportni saqlash uchun ko‘rsatilgan xizmatlar;
36) davlat tilini o‘qitish va ish qog‘ozlarini davlat tilida yuritishga o‘rgatish borasidagi xizmatlar”.
6. IV-1 bob chiqarib tashlansin.
7. 30-moddadagi “8” raqami “15” raqami bilan almashtirilsin.
8. 33-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymati korxonalar mulkiga soliq solish obyekti hisoblanadi”.
9. 41-modda 1-bandining ikkinchi qismidagi “0,5” raqami “0,2” raqami bilan almashtirilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 6-may,
1083-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 159-modda)