1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.04 Lizing (shuningdek, 09.14.17.04 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.04 Agrosanoat ishlab chiqarish sohasida lizing (shuningdek, 03.11.06.04 ga qarang);
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar;
3.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “QIShLOQNI LIZING ShARTLARIDA QIShLOQ XOʻJALIGI TEXNIKASI BILAN TAʼMINLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2000-YIL 2 NOYABRDAGI 424-SON QARORIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “HOSILDORLIGI PAST BOʻLGAN YERLARDA DAVLAT EHTIYOJLARI UChUN QIShLOQ XOʻJALIGI MAHSULOTLARI YETIShTIRUVChI FERMER XOʻJALIKLARINI QOʻLLAB-QUVVATLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2007-YIL 5 NOYABRDAGI PQ-725-SON QARORI)
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hosildorligi past boʻlgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 5-noyabrdagi PQ-725-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloqni lizing shartlarida qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 2-noyabrdagi 424-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 11-son, 70-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
“fermer xoʻjaliklari uchun lizing muddati — 10 yil, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati mashina-traktor parklari uchun — 10 yilgacha, qolgan lizing oluvchilar uchun — 7 yil”;
b) 1-ilova 9-bandining toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasiga texnika qiymatining qolgan 85 foizini va foizlarni lizing muddati mobaynida (fermer xoʻjaliklari — 10 yil mobaynida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati mashina-traktor parklari — 10 yilgacha muddatda, qolgan lizing oluvchilar — 7 yil mobaynida) toʻlaydilar”.
2. Ushbu qaror 2008-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 12-dekabr,
254-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 50-51-son, 517-modda)