toggle_night_mode
Hujjat 08.12.2007 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“JAMOAT FONDLARI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING 24-MODDASIGA QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 6-sentabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 30-noyabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “Jamoat fondlari toʻgʻrisida”gi 527-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 141-modda) 24-moddasining uchinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Mazkur cheklov homiylik dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadigan shaxslarning mehnatiga haq toʻlashga nisbatan qoʻllanilmaydi”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2007-yil 8-dekabrdagi 243 (4396)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 7-dekabr,
OʻRQ-121-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 50-51-son, 500-modda)