toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.10.2023
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“TABIIY MONOPOLIYALAR TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 17-oktabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 30-noyabrda maʼqullangan
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi 2023-yil 3-iyuldagi OʻRQ-850-sonli “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2023-yil 4-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi 398-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan 815-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 212-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 4-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“transport terminallari xizmatlari”;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“tabiiy monopoliyalar tarmoqlarini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi”;
uchinchi—toʻqqizinchi xatboshilari tegishincha toʻrtinchi—oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin;
3) 11-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nazorat vazifalarini amalga oshirish chogʻida monopoliyaga qarshi organ tomonidan olingan materiallar, shu jumladan tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini tekshirish va tahlil qilishga doir materiallar, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining murojaatlari hamda prokuratura organlarining taqdimnomalari tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish uchun asos boʻladi”;
4) 14-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tabiiy monopoliyalar subyektlari quyidagi huquqlarga ega:
realizatsiya qilingan tovarlar haqini toʻlashni taʼminlamayotgan isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatishni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rad etish;
tabiiy monopoliya sharoitlarida realizatsiya qilinadigan tovarlar narxlarini (tariflarini) vakolatli organni xabardor qilgan holda, barcha isteʼmolchilar uchun bir vaqtning oʻzida pasaytirish”;
5) 15-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“narxlar (tariflar) yoki ularning eng yuqori (eng past) darajalari tasdiqlanayotganda hisobga olinadigan asosiy vositalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tanlov asosida xarid qilish;
tabiiy monopoliya sharoitlarida tovarlar ishlab chiqarish (realizatsiya qilish) uchun amalga oshiriladigan toʻgʻridan toʻgʻri xarajatlarning alohida-alohida hisobini yuritish”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2007-yil 8-dekabrdagi 243 (4396)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 7-dekabr,
OʻRQ-120-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 50-51-son, 499-modda)