1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.01.00.00 Suverenitet. Konstitutsiya / 01.01.02.00 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.01.00.00 Suverenitet. Konstitutsiya / 01.01.03.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Suverenitet. Konstitutsiya;
2.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
HOKIMIYATNING KONSTITUTSIYAVIY IDORALARINI QOʻRIQLASH TOʻGʻRISIDA
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.01.00.00 Suverenitet. Konstitutsiya / 01.01.01.00 Suverenitet]
Davlat hokimiyatining konstitutsiyaviy asoslari buzilmasligiga asoslanib hamda xalq qonuniy tarzda saylab qoʻygan hokimiyat idoralariga qarshi qaratilgan faoliyatga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi deb hisoblab, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.01.00.00 Suverenitet. Konstitutsiya / 01.01.02.00 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.01.00.00 Suverenitet. Konstitutsiya / 01.01.03.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi]
I. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasida hamda ular asosida qabul qilingan qonunchilikda belgilab berilgan hokimiyat konstitutsiyaviy idoralarining vakolatlarini oʻzlashtirishga hech kim haqli emas. Hokimiyat konstitutsiyaviy idoralarining faoliyatini toʻxtatib turish yoki tugatish yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasida koʻzda tutilgan tartibdan farqli oʻlaroq tarzda hokimiyat tuzilmalarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi hamda qonunga binoan javobgarlikka tortishga sabab boʻladi. Hokimiyat konstitutsiyaviy idoralarining vakolatlarini oʻzlashtirib olgan idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tarqatib yuborilishi lozim.
(I boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
(II-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-maydagi 73-I-son qaroriga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 121-modda)
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 9-dekabr,
728-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 9-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 121-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)