1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat gerbi. Davlat madhiyasi. Davlat bayrogʻi. Davlat tili. Poytaxt. Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
TOShKENT ShAHRIDA OʻZBEKISTON XALQ ShOIRASI ZULFIYANING HAYKALINI OʻRNATISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston xalq shoirasi Zulfiya (Zulfiya Isroilova)ning milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz rivojiga qoʻshgan ulkan hissasini, uning betakror ijodiy merosi va ibratli ijtimoiy faoliyatining yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdagi katta oʻrni va ahamiyatini inobatga olib:
1. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazining Vatanimiz poytaxti — Toshkent shahrida Oʻzbekiston xalq shoirasi Zulfiya xotirasiga haykal oʻrnatish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi bir oy muddatda tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda Zulfiya haykalini yaratish boʻyicha ijodiy tanlov eʼlon qilsin va uni belgilangan tartibda oʻtkazsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi haykalni yaratish va oʻrnatish bilan bogʻliq xarajatlar, Toshkent shahar hokimligi tomonidan taqdim etiladigan hisob-kitoblarga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hisobidan qoplanishini taʼminlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 13-sentabr,
PQ-692-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 9-son, 460-modda)