1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
TRANSPORT VOSITALARI HAMDA BOShQA OʻZIYuRAR MAShINA VA MEXANIZMLAR EGALARIDAN OLINaDIGAN SOLIQ TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.01.00 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi / 07.11.01.01 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi toʻlovchilar va soliqqa tortish obyekti]
1-modda. Soliq toʻlovchilar
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan va havo toʻldirilgan rezina gʻildirak transport vositalariga hamda boshqa oʻziyurar mashinalar va mexanizmlarga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar (shu jumladan ajnabiy shaxslar) transport vositalari hamda boshqa oʻzi yurar mashina va mexanizmlar egalaridan olinadigan soliqni toʻlovchilar hisoblanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.01.00 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi / 07.11.01.03 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar]
2-modda. Soliq toʻlash tartibi va muddatlari
1. Transport vositalari hamda boshqa oʻzi yurar mashina va mexanizmlar egalaridan olinadigan soliq har yili toʻlanadi. Soliq transport vositalari roʻyxatdan, qayta roʻyxatdan yoki texnik koʻrikdan oʻtkazilgunga qadar toʻlanadi.
Transport vositalari egalaridan olinadigan soliq toʻlovlari summasi toʻlovchilar — korxonalar va tashkilotlar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish va sotish, bajarilgan ishlar hamda xizmatlarga doir xarajatlar tarkibiga kiritiladi.
2. Soliqni toʻlash muddatlari xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari va shaharlardagi tuman hokimlari tomonidan, lekin 1-iyuldan kechiktirmasdan belgilanadi.
3-modda. Soliqni hisobga oʻtkazish va undan foydalanish tartibi
Transport vositalari va boshqa oʻziyurar mashina va mexanizmlar egalaridan olinadigan soliq puli tegishli mahalliy budjetlarga oʻtkaziladi va yoʻllarni taʼmirlash, qurish hamda obodonlashtirish uchun ishlatiladi.
4-modda. Soliq stavkalari
Transport vositalari hamda boshqa oʻziyurar mashina va mexanizmlar egalaridan olinadigan soliq miqdorini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.01.00 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi / 07.11.01.04 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻini hisoblash va toʻlash tartibi]
5-modda. Soliq boʻyicha imtiyozlar
1. Transport vositalari hamda boshqa oʻziyurar mashina va mexanizmlar egalaridan olinadigan soliqdan quyidagilar ozod etiladilar:
davlat budjeti hisobida turadigan muassasa va tashkilotlar;
paxta terish, don yigʻish kombaynlari hamda boshqa maxsus kombaynlar egalari;
shaharlarda (taksidan tashqari) va shahar atrofiga qatnab yoʻlovchilar tashuvchi umumfoydalanishdagi avtotransport korxonalari;
Ulugʻ Vatan urushining qatnashchilari, Vatanni himoya qilish boʻyicha boshqa jangovar operatsiyalarda, harbiy qismlarda, shtablarda va harakatdagi armiya tarkibiga kiruvchi muassasalarda xizmatini oʻtagan harbiy xizmatchilar, shuningdek sobiq partizanlar, baynalmilalchi jangchilar jumlasidan boʻlmish shaxslar;
qoʻl bilan boshqariladigan motokolyaskasi va avtomobili bor nogironlar.
Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarida turistik faoliyat bilan shugʻullanuvchi yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar, tashkil etilgan paytdan boshlab dastlabki foyda olgunga qadar boʻlgan davrda, ammo davlat roʻyxatidan oʻtgan paytidan eʼtiboran uzogʻi bilan uch yil muddatga.
(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-son Qonuniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
a) yoʻllarni taʼmirlash va qaramogʻida saqlash ishlarida band boʻlgan yoʻl xoʻjaligi korxonalari hamda tashkilotlarining transport vositalari va mexanizmlari uchun;
b) davlat dasturlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari uchun kadrlar tayyorlashda foydalaniladigan transport vositalari va mexanizmlari uchun undirilmaydi.
6-modda. Soliq toʻlovchilarning javobgarligi
Transport vositalari xamda boshqa oʻziyurar mashina va mexanizmlar egalaridan olinadigan soliqni oʻz vaqtida toʻlamagan soliq toʻlovchilar muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun (shu jumladan toʻlov toʻlangan kunni qoʻshgan holda) qarz summasining 0,5 foizi miqdoridagi penya bilan toʻlaydilar.
Notoʻgʻri solingan soliqni butun oʻtgan davr uchun qayta koʻrib chiqilishiga yoʻl qoʻyiladi.
7-modda. Ushbu Qonunni qoʻllanishga doir yoʻriqnoma
Ushbu Qonunni qoʻllanishga doir yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi tomonidan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 9-dekabr,
744-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 27-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda; 1996-y., 5-6-son, 69-modda)