1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.02.00 Hokimni tayinlash va tasdiqlash. Vakolatlari;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.02.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.04.00.00 Budjet tizimining umumiy qoidalari;
5.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.01.00 Umumiy qoidalar. Davlat boji toʻlovchilar va undiriladigan obyektlar;
6.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari;
3.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
4.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar;
5.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 17-aprelda qabul qilingan Senat tomonidan 2007-yil 24-avgustda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi 740-XII-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 22-modda; 1994-yil, № 5, 161-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 413, 418-moddalar; 2006-yil, № 12, 658-modda) 4-moddasiga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
“ya1” kichik bandidagi “uy-joy mulkdorlari shirkatlari” va “foydalanish xarajatlari” degan soʻzlar tegishincha “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari” va “majburiy badallarni toʻlash” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“ya2” kichik bandidagi “uy-joy mulkdorlari shirkatlari” degan soʻzlar “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“ya3” kichik bandidagi “kommunal xizmat, uy-joylardan foydalanish va saqlash xarajatlari toʻlovi boʻyicha” va “uy-joy mulkdorlari shirkatlarining” degan soʻzlar tegishincha “kommunal xizmatlar toʻlovi va majburiy badallarni toʻlash boʻyicha” va “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi “ya4” kichik band bilan toʻldirilsin:
“ya4) nodavlat notijorat tashkilotlari oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan davlat organlarining gʻayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda”;
“f” kichik bandidagi “uy-joy mulkdorlari shirkatlari” va “foydalanish xarajatlari” degan soʻzlar tegishincha “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari” va “majburiy badallarni toʻlash” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“x” kichik bandidagi “uy-joy mulkdorlari shirkatlari” degan soʻzlar “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“ts” kichik bandidagi “kommunal xizmat, uy-joylardan foydalanish va saqlash xarajatlari toʻlovi boʻyicha” va “uy-joy mulkdorlari shirkatlarining” degan soʻzlar tegishincha “kommunal xizmatlar toʻlovi va majburiy badallarni toʻlash boʻyicha” va “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi “ch” kichik band bilan toʻldirilsin:
“ch) nodavlat notijorat tashkilotlari oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan davlat organlarining gʻayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda”;
3-bandning “t” kichik bandidagi “uy-joy mulkdorlari shirkatlari” va “foydalanish xarajatlari” degan soʻzlar tegishincha “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari” va “majburiy badallarni toʻlash” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.02.00 Hokimni tayinlash va tasdiqlash. Vakolatlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi 913-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 320-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda) 25-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Uy-joy mulkdorlari va uy-joydan foydalanuvchilar kommunal xizmatlar toʻlovi va majburiy badallarni toʻlashga doir talablarni qoʻpol ravishda buzgan hollarda tumanlarning, shaharlarning (shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlarning) hokimlari kommunal xizmatlar toʻlovi va majburiy badallarni toʻlash boʻyicha qarzlarni undirish toʻgʻrisida kommunal xizmat koʻrsatuvchilar yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining taqdimnomasiga muvofiq daʼvolar bilan sudga murojaat qiladi”.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.02.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari]
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi 915-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 14-aprelda qabul qilingan 758-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 110-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 10-modda ikkinchi qismining yigirma ikkinchi xatboshisidagi “uy-joy mulkdorlarining shirkatlariga” degan soʻzlar “xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“fuqarolar kommunal xizmatlar haqini va majburiy badallarni bank muassasasi orqali hisob-kitob qilib, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlashlarini kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari, xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari bilan birgalikda uyushtiradi va nazorat qiladi”.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi 158-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 12, 413, 418-moddalar; 2007-yil, № 4, 168-modda) 24-moddasi ikkinchi qismining 5-bandidagi “uy-joy mulkdorlari shirkatlariga” degan soʻzlar “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.