1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Hisobga olish, statistika va hisobot;
2.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASINING 2004 YIL 23 YaNVARDAGI 3-SON “OBYEKTLAR, QUVVATLARNI IShGA TUShIRISh VA ULARNING QURILIShIGA KIRITILGAN INVESTITSIYaLARDAN FOYDALANISh TOʻGʻRISIDA HISOBOT” BOʻYIChA 1-QURILISh (YILLIK) VA 1-QURILISh (ChORAKLIK) DAVLAT STATISTIKA HISOBOTI ShAKLLARINI TOʻLDIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA”GI QARORINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 12-sentabrda 1314-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2004-yil 23-yanvardagi 3-son “Obyektlar, quvvatlarni ishga tushirish va ularning qurilishiga kiritilgan investitsiyalardan foydalanish toʻgʻrisida hisobot” boʻyicha 1-qurilish (yillik) va 1-qurilish (choraklik) davlat statistika hisoboti shakllarini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (2004-yil 17-fevral, roʻyxat raqami 1314 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 7-son, 92-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Davlat statistika qoʻmitasi raisi Gʻ. QUDRATOV
Toshkent sh.,
2007-yil 25-avgust,
7-son
Kelishildi:
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi A. TOXTAYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 27-avgust
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 37-38-son, 391-modda)