1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARINI ROʻYXATDAN OʻTKAZISh, QAYTA ROʻYXATDAN OʻTKAZISh VA ULARNING HISOBINI OLIB BORISh, MILLIY DAVLAT RAQAMI BELGILARINI BERISh VA ULARNI ALMAShTIRISh QOIDALARIGA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA (VAZIRLAR MAHKAMASINING “AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARI UChUN ROʻYXATDAN OʻTKAZISh DAVLAT RAQAMI BELGILARINING YANGI NAMUNALARINI JORIY ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2007-YIL 27-IYUNDAGI 131-SON QARORI)
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-sonli “Avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 27-iyundagi 131-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 26-maydagi 256-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish va ularning hisobini olib borish, milliy davlat raqami belgilarini berish va ularni almashtirish qoidalari V boʻlimining 7-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Yaroqsiz holga kelib qolgan, shikastlangan yoki buzilgan davlat raqami belgilari taʼmirlanmaydi. Yaroqsiz holga kelib qolgan, shikastlangan yoki buzilgan, shuningdek yoʻqolgan davlat raqami belgilari va qayd etish guvohnomalari oʻrniga yangilari transport vositasi egasining arizasiga asosan tegishli toʻlovlar undirilgandan va raqamli agregatlar tekshirilgandan soʻng beriladi. Yoʻqolgan qayd etish guvohnomasi (texpasport) oʻrniga yangisi hisob kartochkasidagi maʼlumotlar asosida toʻldiriladi hamda guvohnomaning “Alohida belgilar” boʻlimiga “Takroriy” degan belgi qoʻyiladi.
Yaroqsiz holga kelib qolgan, shikastlangan yoki buzilgan davlat raqami belgilari oʻrniga transport vositasi egasining arizasiga asosan ularning dublikati berilishi mumkin. Dublikatlar Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati hududiy organlarining buyurtmanomasi asosida tayyorlanadi. Dublikat olingungacha boʻlgan davrga yigʻim undirilmasdan ilgari foydalanilgan yaroqli davlat raqami belgilari beriladi”.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 18-sentabr,
196-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 37-38-son, 387-modda)