toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.07.2008
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
“QIMMATLI QOG‘OZLAR VA FOND BIRJASI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Qaror O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyuldagi O‘RQ-163-sonli “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 1994-yil 1-yanvardan e’tiboran amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oylik muddat ichida:
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini “Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiqlashtirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga takliflar taqdim etsin;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini “Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin hamda O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari o‘z normativ hujjatlarini qarab chiqib, ushbu Qonunga zidlarini bekor qilishlarini ta’minlasin;
ushbu Qonunni ro‘yobga chiqarish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, ushbu Qonun 1994-yilning 1-yanvarigacha muomalaga chiqarilgan mehnat jamoalari yoki korxonalarning aksiyalariga amal qilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YO‘LDOShEV
Toshkent sh.,
1993-yil 2-sentabr,
919-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 326-modda)