Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Afgʻonistonga eksport va tranzit yuklar tashish samaradorligini oshirish, “Termiz — Xayraton” birlashtirilgan temir yoʻl-avtomobil koʻprigini texnik jihatdan saqlash va undan foydalanish boʻyicha zarur chora-tadbirlar kompleksini oʻz vaqtida amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Afgʻoniston hududiga tijorat yuklarini transportda tashishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 31-yanvardagi 41-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 1-son, 6-modda) 1-bandining
beshinchi xatboshidagi “5” raqami “50” raqami bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.