toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.07.2021
Hujjat 18.07.2007 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING 2001 YIL 12 MAYDA QABUL QILINGAN “AMALGA OShIRILIShI UChUN LITSENZIYALAR TALAB QILINADIGAN FAOLIYAT TURLARINING ROʻYXATI TOʻGʻRISIDA”GI 222-II-SONLI QARORINING 1-ILOVASIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan
2007-yil 22-martda qabul qilingan

Senat tomonidan 2007-yil 29-iyunda maʼqullangan
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekistan Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi OʻRQ-701-sonli “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-mayda qabul qilingan “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi 222-II-sonli Qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 6-7, 105-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda) 1-ilovasiga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) toʻqqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Axborotning kriptografik himoya vositalarini loyihalashtirish, tayyorlash, ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, taʼmirlash va ulardan foydalanish”;
2) quyidagi mazmundagi yetmish ikkinchi va yetmish uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish.
Mikrokredit tashkilotlari faoliyati”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2007-yil 18-iyuldagi 139 (4292) - sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 17-iyul,
OʻRQ-102-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 29-30-son, 295-modda)