toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.04.2016
Hujjat 28.07.2007 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TELEKOMMUNIKATSIYALAR TARMOQLARIDA TEZKOR-QIDIRUV TADBIRLARINI TAShKIL ETISh SAMARADORLIGINI OShIRISh MAQSADIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan
2007-yil 17-aprelda qabul qilingan

Senat tomonidan 2007-yil 29-iyunda maʼqullangan
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvardagi OʻRQ-401-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan 396-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 4-5-songa ilova, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 4-5, 74-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 9, 310, 311, 312, 313-moddalar, № 12, 415, 416-moddalar; 2006-yil, № 6, 259, 260-moddalar, № 10, 536-modda, № 12, 660-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 31-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 29-band bilan toʻldirilsin:
“29) telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini tekinga topshirish va (yoki) olishdan, shuningdek mazkur vositalardan foydalanishga hamda ularga xizmat koʻrsatishga doir xizmatlardan olingan daromadlar (foyda) boʻyicha”;
birinchi qismi quyidagi mazmundagi 37-band bilan toʻldirilsin:
“37) telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarining, shuningdek mazkur vositalardan foydalanishga va ularga xizmat koʻrsatishga doir xizmatlarning qiymati”;
ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 9-band bilan toʻldirilsin:
“9) vakolatli organning yozma tasdigʻi boʻlgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish boʻyicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalari”;
3) 92-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarining”.
Keyingi tahrirga qarang.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Boj tarifi toʻgʻrisida”gi 470-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 228-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) 33-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“vakolatli organning yozma tasdigʻi boʻlgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish boʻyicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalari”.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”ning 2007-yil 28-iyuldagi 29-30-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 12-iyul,
OʻRQ-101-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 29-30-son, 294-modda, 52-son, 533-modda)