toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.03.2020
Hujjat 09.07.2007 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “V.P. ChKALOV NOMIDAGI TOShKENT AVIATSIYA IShLAB ChIQARISh BIRLAShMASI TAShKILIY TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh VA MOLIYAVIY-IQTISODIY JIHATDAN SOGʻLOMLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2006 YIL 30 OKTYABRDAGI PQ-500-SONLI QARORIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Chkalov nomidagi TAIChB” davlat-aksiyadorlik jamiyati boshqaruvini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish va moliyaviy-iqtisodiy jihatdan sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 30-oktabrdagi PQ-500-sonli qarori 2-bandining birinchi va uchinchi xatboshisi, 8, 9-bandlari, shuningdek, qarorning 1 va 2-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 9-iyul,
PQ-668-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 27-28-son, 282-modda)