1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH, SHUNINGDEK BAʼZILARINI OʻZ KUCHINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida arxiv ishini boshqarishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 3-fevraldagi 49-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Arxiv ishi boʻyicha meʼyoriy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1999-yil 30-oktabrdagi 482-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 10-son, 62-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Ministrlar Sovetining “Respublikada arxiv ishini boshqarish sxemasi toʻgʻrisida” 1988-yil 31-oktabrdagi 389-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 18-mart,
131-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 18-martdagi 131-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Arxiv ishi boʻyicha meʼyoriy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1999-yil 30-oktabrdagi 482-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
a) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasiga koʻrsatmalar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligiga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin;
b) 4-banddagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Arxiv boshqarmasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari arxiv boʻlimlari tomonidan” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 7-bandning birinchi va ikkinchi xatboshlari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari toʻgʻrisidagi nizomlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi (uning filiallari) hamda viloyatlar va Toshkent shahar davlat arxivlari (ularning filiallari) toʻgʻrisidagi nizomlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan tasdiqlanadi”;
g) 16-bandning beshinchi xatboshidagi “Oʻzbosharxiv” boshqarmasi tomonidan” soʻzlari “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 2-ilovada Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasiga hamda “Oʻzbosharxiv” boshqarmasiga koʻrsatmalar tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligiga hamda “Oʻzarxiv” agentligiga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin.
3. 4-ilovada Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasiga koʻrsatmalar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligiga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 11-son, 129-modda)