1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.06.00 Kasaba uyushmalari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.02 Sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish va taʼminoti;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.13.00 Sanatoriya-kurort davolanish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AXOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
QARORI
KASABA UYUSHMALARI ORGANLARINING XODIMLAR VA ULARNING OILA AʼZOLARINI SOGʻLOMLASHTIRISH UCHUN YOʻNALTIRILGAN MABLAGʻLARNI SARFLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 14-iyunda 1690-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladilar:
1. Kasaba uyushmalari organlarining xodimlar va ularning oila aʼzolarini sogʻlomlashtirish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlarni sarflash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan oʻn kundan soʻng amalga kiritilsin.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 15-may,
56-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
Toshkent sh.,
2007-yil 15-may,
M-23-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 15-may,
2007-14-son
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2007-yil 15-may,
287-V-son
Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2007-yil 15-maydagi 56, M-23, 2007-14, 287-V-son qarori bilan TASDIQLANGAN
Kasaba uyushmalari organlarining xodimlar va ularning oila aʼzolarini sogʻlomlashtirish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlarni sarflash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq kasaba uyushmalari organlarining xodimlar va ularning oila aʼzolarini sogʻlomlashtirish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlarni sarflash tartibini belgilaydi.
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan belgilanadigan, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga xodimlar va ularning oila aʼzolarini sogʻlomlashtirish uchun yagona ijtimoiy toʻlovdan yoʻnaltirilgan ajratmalar hisobiga;
2. Kasaba uyushmalari organlarining ijtimoiy sugʻurta mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi banklarida depozit va tranzit hisobvaraqlarida saqlanadi.
Bank muassasalarida depozit va tranzit hisobvaraqlarini ochish Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga muvofiq (2001-yil 10-noyabr, roʻyxat raqami 1080 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2001-yil, 21-son) amalga oshiriladi.
3. Kasaba uyushmalari organlari Qoraqalpogʻiston respublika, viloyatlar, Toshkent shahar birlashmalariga (keyingi oʻrinlarda — hududiy birlashmalar deb yuritiladi) buxgalteriya hisob schyotlari rejasiga muvofiq bank muassasalarida quyidagi hisobvaraqlari ochiladi:
20212 “Nodavlat va notijorat tashkilotlarining talab qilib olingungacha depozitlari” balans hisobvaragʻida ijtimoiy sugʻurta boʻyicha, ijtimoiy sugʻurta mablagʻlari hisobiga olingan yoʻllanmalarni sotib olishdan tushgan mablagʻlarni ham oʻz ichiga olgan ijtimoiy sugʻurta mablagʻlarini, ular belgilangan tartibda taqsimlanguniga qadar — 20 foizi Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga, 80 foizi hududiy birlashmalarga yoʻnaltiriladi, hisobga olish tranzit hisobvaraqlari ochiladi;
xuddi shu 20212 balans hisobvaragʻida tasdiqlangan budjetga muvofiq xodimlar va ularning oila aʼzolarini sogʻlomlashtirish uchun hududiy birlashmalar ixtiyoriga 80 foiz miqdordagi ijtimoiy sugʻurta mablagʻlarini taqsimlashdan tranzit hisobvaraqlaridan kelib tushgan mablagʻarni hisobga olish uchun joriy hisobvaraqlari ochiladi;
20205 (780-HSHR) “Budjetdan tashqari fondlarning talab qilib olingungacha depozitlari” balans hisobvaragʻida yagona ijtimoiy toʻlov mablagʻlarini belgilangan tartibda taqsimlanguniga qadar hisobga olish uchun tranzit hisob raqamlari ochiladi;
xuddi shu 20205 (780-HSHR) balans hisobvaragʻida tranzit hisob raqamidan yagona ijtimoiy toʻlovi mablagʻlarining hududiy birlashmalar ixtiyoriga kelib tushgan 80 foizi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi ixtiyoriga kelib tushgan 20 foizini hisobga olish uchun joriy hisobvaraqlar ochiladi.
4. Ijtimoiy sugʻurta mablagʻlarining hududiy birlashmalarda birlashtirilganligi munosabati bilan kasaba uyushmalarining respublika, viloyat kengashlarining ijtimoiy sugʻurta boʻyicha hisobvaraqlari yopilishi lozim.
III. Kasaba uyushmalari organlarida ijtimoiy sugʻurta mablagʻlarini sarflash tartibi
5. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining mablagʻlari tegishli kasaba uyushmalari organlarining qarorlari bilan tasdiqlanadigan budjet va smetalarida belgilangan maqsadlarga muvofiq xodimlar va ularning oila aʼzolarini sogʻlomlashtirish uchun sarflanadi. Ular:
sanatoriy-kurortlarda davolanish, pansionat va dam olish uylariga yoʻllanmalar olishga;
korxonalar va oʻquv muassasalaridagi sanatoriy-profilaktoriylarda, sanatoriy-profilaktoriylarning ijtimoiy sugʻurta uchun tasdiqlangan smetasiga muvofiq, xodimlar yoki talabalarni sogʻlomlashtirish xarajatlarini qisman qoplashga (xodimlarning mehnatiga haq toʻlashga, davolanuvchilarning ovqatlanishi, davolanishi, ularga madaniy xizmat koʻrsatishga);
bolalarni sogʻlomlashtirish oromgohlarida bolalarning taʼminotida, bolalarni sogʻlomlashtirish oromgohlarining tasdiqlangan smetalariga muvofiq, hissali ishtirok etishga (xodimlarning mehnatiga haq toʻlashga, bolalarning ovqatlanishi, davolanishi, ularga madaniy xizmat koʻrsatishga);
kasaba uyushmalari huzuridagi bolalar va oʻsmirlar sport maktablari (keyingi oʻrinlarda — BOʻSM deb yuritiladi) xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va moliyaviy imkoniyatlari darajasida sport anjomlarini xarid qilish, oʻquv-sport tadbirlarini oʻtkazish uchun qisman mablagʻ ajratishga;
oʻz sport bazalari boʻlmagan taqdirda, hududiy birlashmalar tomonidan tasdiqlangan BOʻSMning smetasiga muvofiq, istisno tariqasida, binolarni ijaraga olishga;
ijtimoiy sugʻurta boʻyicha tashkiliy-maʼmuriy xarajatlarni moliyalashtirishga, kadrlarni tayyorlash, oʻqitish, sogʻlomlashtirish tadbirlarida ishtirok etuvchi shifokorlar va boshqa kadrlarning taʼminotiga;
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining tasdiqlangan smetasi va rekonstruksiya qilinadigan obyektlarning manzilli roʻyxatiga muvofiq kasaba uyushmalari sogʻlomlashtirish muassasalari va BOʻSM sport inshootlarini rekonstruksiya qilinishiga;
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi rayosati tomonidan tasdiqlangan ijtimoiy sugʻurta budjeti yoki smetasi doirasidagi ijtimoiy sugʻurta mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan xodimlar va ularning oila aʼzolarini sogʻlomlashtirish bilan bogʻliq boshqa tadbirlarga sarflanadi.
6. Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha xarajatlarni toʻlash kredit taqsimlovchilari tomonidan imzolangan toʻlov hujjatlari bilan mablagʻlarni oʻtkazish yoʻli bilan, quyidagi qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi:
a) ijtimoiy sugʻurta mablagʻlari hisobiga olingan sanatoriylar, pansionat va dam olish uylariga yoʻllanmalarining toʻlovlari yoʻllanmalar olingan tegishli tashkilotlarning tuzilgan shartnomalari va yuk xatlari, hisob-fakturalariga asosan amalga oshiriladi. Shartnoma tuzilmasdan yoʻllanmalarni olish uchun mablagʻlarni oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi;
b) xodimlarni, talabalarni sanatoriy-profilaktoriylarda sogʻlomlashtirishga moʻljallangan mablagʻlar mazkur sanatoriy-profilaktoriylarining joriy hisobvaraqlariga tasdiqlangan smetalarga muvofiq oʻtkaziladi;
v) bolalarni sogʻlomlashtirish oromgohlarida bolalarni taʼminotida hissali ishtirok etishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar sogʻlomlashtirish oromgohlarining joriy hisobvaraqlariga yoki ixtiyorida bolalarni sogʻlomlashtirish oromgohlari boʻlgan birlashgan kasaba uyushmalari qoʻmitalarining qarorlariga muvofiq mazkur kasaba uyushmalari qoʻmitalarining joriy hisobvaraqlariga oʻtkazilishi mumkin;
g) bolalarni sogʻlomlashtirish oromgohlarida bolalarni taʼminlashni tasdiqlangan smetaga muvofiq moliyalashtirish xarajatlari ijtimoiy sugʻurta mablagʻlari, kasaba uyushmasi budjeti mablagʻlari, sogʻlomlashtirilayotgan bolalarning ota-onalarining oromgohga yoʻllanmalar uchun toʻlaydigan mablagʻlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi. Koʻrsatilgan xarajatlarning miqdorlari Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining qarorlari bilan belgilanadi;
d) tasdiqlangan smetaga muvofiq ijtimoiy sugʻurta mablagʻlaridan BOʻSMlarni taʼminlash uchun dotatsiyalar, BOʻSMlarini moliyalashtirish uchun ochilgan, hududiy jismoniy tarbiya va sport jamiyatlarining (keyingi oʻrinlarda — JTSJ deb yuritiladi) ijtimoiy sugʻurta boʻyicha joriy hisobvaraqlariga oʻtkaziladi. Bunda BOʻSM boʻyicha hisob va hisobot JTSJ apparatini saqlashga moʻljallangan mablagʻlarning hisobidan alohida yuritiladi;
e) ijtimoiy sugʻurta apparati xodimlarini taʼminlash, kadrlar tayyorlash uchun moʻljallangan mablagʻlar tasdiqlangan smetaga muvofiq hududiy birlashmalarning tegishli joriy kasaba uyushmalari budjetlari hisobvaraqlariga oʻtkaziladi va zarur hujjatlarni ilova qilgan holda tasdiqlangan kasaba uyushmasi budjetiga muvofiq sarflanadi.
7. Kasaba uyushmalari organlariga ijtimoiy sugʻurta mablagʻlaridan kasaba uyushmasi ehtiyojlari yoki ijtimoiy sugʻurta bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa maqsadlarda foydalanish yoki ularni oʻzlashtirish qatʼiyan taqiqlanadi.
8. Oʻzlarining bolalarni sogʻlomlashtirish oromgohlariga ega boʻlmagan budjet tizimidagi tarmoq qoʻmitalari xodimlarining farzandlariga yoʻllanmalarni olishda kasaba uyushmalarining tuman, shahar, viloyat, Qoraqalpogʻiston Respublikasi kengashlari budjetda “Bolalarni sogʻlomlashtirish oromgohlarini taʼminlash” moddasi boʻyicha tasdiqlangan summa doirasida ijtimoiy sugʻurta mablagʻlari hisobidan oromgohlarni taʼminlash xarajatlarining bir qismini Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan oʻrnatilgan miqdorlardagi olingan yoʻllanmalar soniga mutanosib ravishda qoplashi mumkin.
9. Sanatoriy-profilaktoriylarni, bolalarni sogʻlomlashtirish oromgohlarini taʼminlash, jihozlash, taʼmirlash, ularda qoʻshimcha ish oʻrinlarini tashkil etish, sogʻlomlashtirilayotganlarning Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan belgilangan normalardan ortiqroq ovqatlanishini moliyalashtirish xarajatlari mazkur sanatoriy-profilaktoriy, bolalarni sogʻlomlashtirish oromgohlari balansida boʻlgan korxonalar, tashkilotlar, oʻquv muassasalari hisobidan, ular tomonidan tasdiqlangan smetalarga muvofiq amalga oshiriladi.
IV. Ijtimoiy sugʻurta mablagʻlari boʻyicha hisobot
10. Hududiy birlashmalar tegishli hududiy soliq organlaridan yagona ijtimoiy toʻlovning hisoblanishi va toʻlanishi haqidagi, davlat ijtimoiy sugʻurtasiga majburiy ajratmalar va badallar haqidagi yigʻma hisobotlar nusxalarini olgandan soʻng, tegishli davr uchun ijtimoiy sugʻurta budjetining ijrosi haqidagi yigʻma moliyaviy hisobotni Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga taqdim etadilar.
11. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi respublika boʻyicha ijtimoiy sugʻurta budjeti ijrosi haqidagi yigʻma moliyaviy hisobotni har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.