1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tugatish. Sanatsiya va bankrotlik]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI IXTIYORIY TUGATISh VA ULARNING FAOLIYATINI TOʻXTATISh TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA” 2007-YIL 27 APRELDAGI PQ-630-SON QARORI)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2007-yil 27-apreldagi PQ-630-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 6-iyun,
109-son
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 6-iyundagi 109-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 25-sentabrdagi 274-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 39-son, 450-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-iyuldagi 327-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 7-son, 35-modda) bilan tasdiqlangan Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
birinchi xatboshidagi “yoki taʼsis hujjatlarida vakil qilingan organlar” va “va organlar” soʻzlari chiqarib tashlansin.
uchinchi xatboshidagi “ushbu hokimliklar huzuridagi” soʻzlari “ushbu hokimliklar huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish inspeksiyalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Agar korxona ikki hafta muddatda (aksiyadorlik jamiyati — bir oy muddatda) ixtiyoriy tugatishga kirishmagan yoxud korxona muassislari (qatnashchilar) ixtiyoriy tugatishni amalga oshirishni rad etgan, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan shaxslarni aniqlash mumkin boʻlmagan taqdirda, roʻyxatga oluvchi organ bir hafta muddatda xoʻjalik sudiga korxonani tugatish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasini belgilangan tartibda yuboradi”;
uchinchi xatboshidagi “muassislar (qatnashchilar) yoki taʼsis hujjatlari bilan vakil qilingan organ yoxud” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“3.2. Korxonani tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan xoʻjalik sudi bu haqda korxonani davlat roʻyxatidan oʻtkazgan organga hamda maxsus komissiyaga yozma ravishda xabar berishi shart. Shuning asosida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ yuridik shaxslarning Davlat reyestriga korxona tugatish bosqichida ekanligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yozib qoʻyadi, maxsus komissiya esa korxonani tugatishni amalga oshirishga kirishadi”;
ikkinchi xatboshidagi “matbuot organlarida korxonaning tugatilishi toʻgʻrisida eʼlon beradi” soʻzlari “bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda korxonaning tugatilishi toʻgʻrisida eʼlon berilishini tashkil etadi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “oraliq tugatish balansini” soʻzlari “oraliq tugatish balansi loyihasini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn birinchi xatboshidagi “oraliq tugatish balansi” soʻzlari “oraliq tugatish balansi loyihasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“3.8. Kreditorlar bilan hisob-kitoblar tugallangandan keyin maxsus komissiya kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tasdiqlovchi bank toʻlov hujjatlari nusxalarini ilova qilgan holda tugatish balansi loyihasini tuzadi va kelishish uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga yuboradi.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ hujjatlar olingan vaqtdan boshlab uch kun mobaynida tugatish balansi loyihasi kelishilganligi yoxud, rad etishning aniq sabablarini koʻrsatgan holda, kelishish rad etilganligi toʻgʻrisida yozma bildirishnoma berishi shart.
Tugatish balansi hududiy maxsus komissiya tomonidan tasdiqlanadi”;
“3.11. Korxonaning tugatish hujjatlari toʻliq paketi toʻplangandan soʻng maxsus komissiya tugatilayotgan korxonani yuridik shaxslarning Davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga murojaat qiladi”;
ikkinchi xatboshidagi “roʻyxatdan oʻtkazilgan taʼsis hujjatlarining asl nusxalari va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshidagi “korxonaning muassislari (qatnashchilari) yoki taʼsis hujjatlari bilan vakil qilingan organi yoxud” soʻzlari chiqarib tashlansin;
l) 4.1-bandning birinchi xatboshidagi “korxonaning muassislari (qatnashchilari) yoki taʼsis hujjatlari bilan vakil qilingan organi yoxud” soʻzlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “korxonaning muassislari (qatnashchilari) yoki taʼsis hujjatlari bilan vakil qilingan organi yoxud” soʻzlari chiqarib tashlansin;
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.17.00 Nogironlikni belgilash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
3. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-dekabrdagi 595-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y.,12-son, 110-modda) bilan tasdiqlangan Xalq banki tomonidan fuqarolarni jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida shaxsan hisobga olishni yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomning 19-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxs ixtiyoriy tugatilgan taqdirda tugatish toʻgʻrisida Xalq banki filiali yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazadigan organ tomonidan xabardor qilinadi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 23-son, 237-modda; 2012-y., 39-son, 450-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2019-y., 09/19/704/3608-son)