2. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ikki oy muddatda:
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Toshkent va Fargʻona shaharlaridagi oʻrta maxsus taʼlim muassasalarini belgilangan tartibda imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlariga aylantirsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Iqtisodiyot vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda hamda Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi mutaxassisliklari va kasblari roʻyxatini tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda imkoniyatlari cheklangan shaxslarni ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlarida oʻqitish uchun zarur taʼlim standartlari, maxsus oʻquv rejalari va dasturlarini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2008-2009-yillar uchun investitsiya dasturlarini shakllantirishda Vazirlar Mahkamasiga imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi 473-son qarori bilan tasdiqlangan kasb-hunar kollejlarini ishga tushirishning aniq yoʻnaltirilgan dasturlari parametrlari doirasida mintaqalarning real ehtiyojlarini hisobga olgan holda kasb-hunar kollejlari qurishning aniq dasturiga kiritish toʻgʻrisida takliflar taqdim etsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga budjet parametrlarida har yili Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va kutubxona fondlarini toʻldirish yuklansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Adliya vazirligi amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda takliflar kiritsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 17-may,
100-son
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 17-maydagi 100-son qaroriga ILOVA
Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari toʻgʻrisida
2. Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari (keyingi oʻrinlarda Kollej deb yuritiladi) imkoniyatlari cheklangan shaxslarni oʻqitadigan va tarbiyalaydigan hamda imkoniyatlari cheklangan oʻquvchilarning oʻqishi va kasb-hunarga ega boʻlishlarida teng imkoniyatlarni taʼminlaydigan davlat taʼlim muassasasi hisoblanadi.
3. Kollej yuridik shaxs hisoblanadi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi, Ustav, mazkur Nizom va boshqa qonun hujjatlari asosida faoliyat koʻrsatadi.
4. Imkoniyatlari cheklangan shaxslar boʻlgan oʻquvchilarni chuqurlashtirilgan ixtisosli, tabaqalashtirilgan oʻqitish, intellektual rivojlantirishni taʼminlash va ularning jismoniy kamol topishi xususiyatlariga muvofiq tanlangan kasblar boʻyicha mutaxassislikni egallashi Kollejning maqsadi hisoblanadi.
imkoniyatlari cheklangan shaxslar mutaxassislik boʻyicha bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi, ularning kasbiy-taʼlim xizmatlariga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
davlat taʼlim standartlari doirasida umumtaʼlim va kasb-hunar dasturlarini amalga oshirish;
oʻquvchilarning tanlangan kasbga muvofiq oʻqishni taʼlimning navbatdagi bosqichlarida davom ettirish va mehnat faoliyati bilan shugʻullanish uchun zarur va yetarlicha boʻlgan bilimlari va kasb tayyorgarligi darajasini chuqurlashtirish;
oʻquv-tarbiya jarayonining reabilitatsiya qiluvchi yoʻnalishi uchun shart-sharoitlarni taʼminlash.
6. Kollejda taʼlimning mazmuni, taʼlim jarayonini tashkil etish (oʻqish muddati, oʻquv jarayoni jadvali) Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishgan holda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan tasdiqlangan taʼlim standartlari asosida ishlab chiqiladigan maxsus oʻquv rejalari va dasturlari bilan belgilanadi.
Taʼlim jarayoni kasbiy va amaliy koʻnikmalar bilan birga tuzatish yoʻnalishiga ega, oʻquvchilar shaxsining shakllanishiga, ularning ijtimoiy moslashuviga va jamiyatga uygʻunlashuviga koʻmaklashadi.
7. Kollejda oʻqish muddati oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining tegishli mutaxassisliklari va kasblari boʻyicha imkoniyatlari cheklangan shaxslar oʻqishi uchun zarur va yetarli oʻquv yuklamasining umumiy hajmi hisobga olingan holda belgilanadi. Bunda tanlangan kasblarning soni va murakkabligi eʼtiborga olinadi.
8. Ijtimoiy kafolatlar, Kollej oʻquvchilari va xodimlarini qoʻllab-quvvatlash va ularga beriladigan imtiyozlar qonun hujjatlarida, shuningdek Kollej Ustavida belgilanadi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.83.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishini koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
9. Oʻquvchilarni kollejga qabul qilish ularning oʻqish yoʻnalishlarini ixtiyoriy tanlashi hisobga olingan holda umumiy oʻrta taʼlim negizida amalga oshiriladi.
Oʻqishga qabul qilishda imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun mutaxassisliklar va kasblar roʻyxatiga muvofiq tibbiy tavsiyalar hisobga olinadi.
10. Kollejga oʻquvchilar jinsi, tili, yoshi, irqi, millati, diniy mansubligi, ijtimoiy kelib chiqishi, mashgʻulotining turi, ijtimoiy mavqeyi, yashash joyi va Oʻzbekiston Respublikasi hududida qancha muddat yashaganligidan qatʼi nazar, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy bosh boshqarmalarning, tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimlari yoʻllanmalari boʻyicha qabul qilinadi.
11. Kollejga qabul qilingan shaxslar oʻquvchilar deb ataladi. Kollejga qabul qilingan oʻquvchilarga oʻquvchi bileti va belgilangan namunadagi oʻzlashtirish daftarchasi beriladi.
12. Oʻquvchilar oʻqish kurslari boʻyicha guruhlarga, oʻqish yoʻnalishlari boʻyicha esa — boʻlimlarga birlashadi.
Kollejda oʻquv yili ikki semestrga boʻlinadi. Taʼlim olayotganlar uchun kamida 10 hafta davom etadigan va 12 haftadan ortiq boʻlmagan taʼtil belgilanadi.
13. Kollejda oʻqish kunduzgi shaklda amalga oshiriladi. Mashgʻulotlarning qancha davom etishi, oʻquvchilarning oʻquv yuklamasi va oʻquv-tarbiya jarayonining boshqa masalalari oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining davlat standartlariga muvofiq belgilanadi.
Kollejda oʻquv sinflari va guruhlarining son tarkibi (15—20 kishi) qabul qilish rejasida belgilanadi.
14. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi dasturi oʻqish yoʻnalishlari boʻyicha umumtaʼlim, umumtexnik kasb-hunar va maxsus dasturlarni oʻz ichiga oladi.
15. Imkoniyatlari cheklangan, umumiy oʻrta maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar uchun oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi oʻquv dasturlari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda belgilanadi.
16. Har bir kursda oʻqish tamom boʻlgandan keyin reyting nazorati va attestatsiya natijalari boʻyicha Kollej oʻquvchilarini kursdan kursga oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Kursdan kursga oʻtkazish Kollej direktorining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.82.00 (Кучини йукотган) Taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlar]
17. Kollejning oʻquv dasturini oʻzlashtirgan va yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtgan bitiruvchilariga oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplom beriladi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.81.00 (Кучини йукотган) Pedagog kadrlar. Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish]
IV. Pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
20. Tegishli maʼlumotga, professional tayyorgarlikka va cheklangan imkoniyatli shaxslar bilan ishlash uchun yuksak axloqiy sifatlarga ega boʻlgan shaxslar Kollejda pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishga haqlidir.
21. Oʻqituvchilar va muhandis-pedagog xodimlarni Kollejda ishlashga qabul qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazish natijalariga koʻra amalga oshiriladi.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
22. Oʻqituvchilar va muhandis-pedagog xodimlarning oʻquv-pedagogik yuklamasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
23. Oʻqituvchilarning (oʻquv predmetlari va soatlari boʻyicha) vazifasini vaqtinchalik bajarish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining normativ hujjatlari bilan belgilanadi.
24. Ish jarayonida vakolatli organlar tomonidan Kollejning oʻqituvchilar va muhandis-pedagog xodimlarini davriy attestatsiyadan oʻtkazish amalga oshiriladi.
25. Kollejga tashkiliy, oʻquv-metodik va ilmiy rahbarlik qilish, davlat taʼlim standartini ishlab chiqish va joriy etish, oʻquv-taʼlim va professional dasturlarni birxillashtirish, pedagog kadrlar bilan taʼminlash, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, uning hududiy boshqarmalari tomonidan tarmoq vazirliklari, idoralari va tashkilotlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
26. Tarmoq vazirliklari, idoralari va tashkilotlari Kollejlari ikki tomonlama boʻysunuvda boʻladi. Tarmoq vazirliklari, idoralari va tashkilotlari ularning moddiy va moliyaviy taʼminotini, professional oʻqitishni hamda oʻquvchilarda amaliy koʻnikmalarni shakllantirishni amalga oshiradilar, mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojni aniqlaydilar, bitiruvchilarni ishga joylashtirish masalalarini hal qiladilar.
28. Direktor Kollej faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, oʻquvchilarning oʻqishi va tarbiyasi, maxsus oʻquv rejalari va dasturlarining bajarilishi, oʻquv-ishlab chiqarish va moliya-xoʻjalik faoliyati uchun javob beradi. Xodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Kollejning shtatlar roʻyxatini, pedagog xodimlarning tariflar boʻyicha roʻyxatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlaydi.
30. Kollejda pedagogik kengashlar tuziladi, ular Kollej direktori huzuridagi oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish va takomillashtirishga koʻmaklashadigan kollegial organ hisoblanadi.
Pedagogik kengash funksiyalari Kollej Ustavida belgilanadi.
31. Kollejda jamoat boshqaruvi (homiylik kengashlari) va oʻzini oʻzi boshqarish organlari tuzilishi mumkin, ularning tarkibiga homiylar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, vazirliklar, idoralar, jamoat tashkilotlari hamda qonun hujjatlari va Ustav asosida ish olib boruvchi jamgʻarmalar vakillari kiritiladi.
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
budjetdan ajratiladigan mablagʻlar;
taʼlim xizmatlari koʻrsatishdan, ilmiy-pedagogik, ishlab chiqarish va taʼlim muassasalarining Ustavdagi vazifalariga muvofiq boʻlgan boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik]
ixtiyoriy ehsonlar hamda yuridik va jismoniy shaxslarning maqsadli badallari;
35. Kollejning moddiy vositalari, binolari, inshootlari va asbob-anjomlari uning xoʻjalik tasarrufida boʻladi va ulardan Ustavdagi vazifalarni hal etish uchun foydalaniladi.
Kollejning ustaxonalari, laboratoriyalari va boshqa obyektlarining jihozlanganligi Davlat taʼlim standarti talablariga muvofiq, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi taʼlim jarayonini moddiy-texnik taʼminlash normativlari bilan belgilanadi.
36. Kollej belgilangan tartibda oʻz ishlari natijalarining tezkor va buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, statistika va buxgalteriya hisobotini yuritadi.
Kollejda xoʻjalik va moliyaviy intizomga rioya etilishi ustidan nazorat davlat vakolatli organlari tomonidan amalga oshiriladi.
37. Moddiy-texnik jihozlanganlik, binolar va xonalar imkoniyatlari cheklangan shaxslarni oʻqitish talablariga javob berishi kerak.
VII. Xalqaro hamkorlik
38. Kollejlar Oʻzbekiston Respublikasining tegishli davlatlararo va hukumatlararo bitimlari, shuningdek taʼlim sohasidagi idoralararo bitimlar asosida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, xorijiy sheriklar bilan oʻz vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha qonun hujjatlariga va oʻz Ustaviga muvofiq bitimlar tuzish huquqiga ega.