|
Hujjat 18.09.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
| T/r | Axborot taqdim etuvchi vazirlik, idora | Axborot olish manbai | Axborot mazmuni | Taqdim etishning muddati va davriyligi | Qayerga taqdim etiladi |
| 1. | Mehnat vazirligi | Uy xoʻjaliklarini aholi bandligi masalalari boʻyicha har chorakda oʻrganish | Chet ellarda mehnat yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarning hududlar, yoshi, jinsi va ketgan mamlakatlari boʻyicha soni | Har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunigacha | Davlat statistika qoʻmitasi |
| Mehnat emigratsiyasi masalalari boʻyicha har yillik chuqurlashtirilgan maxsus sotsiologik oʻrganishlar | Hududlar boʻyicha mehnat emigratsiyasi omillari, sabablari, asoslari, yoʻnalishlari va shakllari. Mehnat migrantlari mehnat faoliyatini amalga oshirish sharoitlari | Har yili, 15-dekabrgacha | Davlat statistika qoʻmitasi | ||
| 2. | Mehnat vazirligining tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi | Chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnomalar | Chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnomalarning hududlar va ketgan mamlakatlar boʻyicha soni | Har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunigacha | Mehnat vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi |
| 3. | Davlat bojxona qoʻmitasi | Bojxona deklaratsiyasining takomillashtirilgan shakli | Bojxona punktlari orqali oʻtgan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari, ularning ketish maqsadlari, hududlar, yoshi, jinsi va ketgan mamlakatlari boʻyicha soni koʻrsatiladi | Har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunigacha | Davlat statistika qoʻmitasi, Mehnat vazirligi |
| 4. |
Tashqi ishlar vazirligi | Chet ellardagi konsullik muassasalaridan axborotlar | Borgan mamlakatida mehnat yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan konsullik muassasalarida hisobda turgan shaxslar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar | Har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunigacha | Davlat statistika qoʻmitasi, Mehnat vazirligi |
| Oʻzbekiston Respublikasining chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolari soni toʻgʻrisida borilgan mamlakat vakolatli organlari taqdim etadigan maʼlumotlar | Tashqi ishlar vazirligi orqali erishilgan kelishuvlarga muvofiq | Davlat statistika qoʻmitasi, Mehnat vazirligi | |||
| 5. | Mehnat vazirligi Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda | Integratsiyalashgan axborotlar | Chet ellarga mehnat faoliyatini va tadbirkorlikni amalga oshirish uchun ketayotgan shaxslarni hisobga olish boʻyicha yigʻma tahliliy axborotlar | Har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 30 (31)-kunigacha | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi |