1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.03.00 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun beriladigan imtiyozlar, dotatsiyalar va kompensatsiyalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
FERMERLARNI QISHLOQ XOʻJALIGI TEXNIKASI BILAN TAʼMINLASHNI DAVLAT TOMONIDAN QOʻLLAB-QUVVATLASHGA YOʻNALTIRILAYOTGAN MABLAGʻLARDAN FOYDALANISHNI YANADA TARTIBGA SOLISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Har yili tasdiqlanadigan balansga muvofiq Qishloq xoʻjaligini texnika bilan taʼminlashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanishni yanada tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi daromadlarini taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida” 2001-yil 24-oktabrdagi 419-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 10-son, 56-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
a) qarorning muqaddimasidagi “uchun avanslarni” soʻzlari “yetishtirishni” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi daromad (foyda)larini taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda: