Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Rossiya, Ukraina, Belarus va Qozogʻistonda yetkazib beruvchilar va isteʼmolchilar bilan hisob-kitoblarni tezlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzsanoatqurilishbank, Oʻzagrosanoatbank va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga Rossiya, Ukraina, Belarus va Qozogʻiston tijorat banklarida vakillik hisobvaraqlarini ochishga ruxsat berilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga barcha mulk shaklidagi yirik korxona va tashkilotlarga Rossiya, Ukraina, Belarus va Qozogʻiston tijorat banklarida subschyotlar ochish uchun ruxsatnomalar berish tavsiya etilsin.
3. Ochiq vakillik va subschyotlar boʻyicha operatsiyalarning qonuniyligi uchun Oʻzsanoatqurilishbank, Oʻzagrosanoatbank, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raislari va xoʻjalik jamiyatlari rahbarlari zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari, Moliya vazirligi, Davlat soliq bosh boshqarmasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda vakillik va subschyotlar boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish tartibini ishlab chiqsin.