1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar]
“MAHSULOTLAR VA XIZMATLARNI SERTIFIKATLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 27-fevraldagi O‘RQ-819-sonli “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2023-yil 29-avgustdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni “Xalq so‘zi” gazetasining 1994-yil 27-yanvardagi 19 (767)-sonida e’lon qilingan.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-maydagi 222-II-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 2-son, 14-modda)
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oylik muddat ichida:
O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq holga keltirish haqidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga taqdim etsin;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar o‘zlarining ushbu Qonunga zid keluvchi normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatini hamda ularni O‘zbekiston Respublikasidan chetga olib chiqib ketish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisi vazifasini bajaruvchi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1993-yil 28-dekabr,
1007-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 51-modda; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 2-son, 14-modda)