Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Aholidan naqd pul mablagʻlarini qabul qilishni va hisobga olishni yanada yaxshilash, soliqlar va boshqa toʻlovlar toʻliq yigʻilishini hamda ularning budjetga tushushini taʼminlash, shuningdek, pul muomalasini mustahkamlash va banklarning pul tushumini inkassatsiya faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
eng kam oylik ish haqining 20 baravaridan ortiq miqdorda kunlik oʻrtacha naqd pul tushumiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar naqd pulni har kuni bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali yoki mustaqil ravishda topshiradilar;
koʻrsatilgan miqdordan kam naqd pul tushumiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar naqd pulni bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali oʻzlari belgilagan davrlarda yoki mustaqil ravishda topshiradilar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tushumdan ajratiladigan naqd pul mablagʻlarini xarajat qilishning belgilangan cheklangan meʼyorlariga, kassa qoldigʻi limitlariga rioya qilinishi, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, kunlik tushumga ega boʻlgan tashkilotlar va korxonalar boʻyicha tovarlar hamda koʻrsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitoblar ustidan nazoratni kuchaytirsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi:
aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizom talablarining tegishli tashkilotlar tomonidan ogʻishmay bajarilishi ustidan doimiy nazoratni taʼminlasinlar;
korxonalarda oʻrnatilgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish uchun tavsiya etiladigan nazorat-kassa mashinalari Davlat reyestriga kirmagan nazorat-kassa mashinalarining foydalanish muddati 1998-yil 31-dekabrda tugashi munosabati bilan ularni ushbu reyestrga kiritilgan nazorat-kassa mashinalari bilan toʻliq almashtirishning aniq tadbirlarini va jadvallarini ishlab chiqsinlar. 1999-yil 1-yanvardan boshlab nazorat-kassa mashinalarini oʻz vaqtida almashtirishni taʼminlamagan korxonalar faoliyatini belgilangan tartibda toʻxtatib qoʻysinlar.
7. “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi va “Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda yoʻlovchi tashuvchi yengil avtomobillarni, ularning kimga qarashliligidan qatʼi nazar, hisoblagichlar-taksometrlar bilan taʼminlash va ularni qoʻllash tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va boshqa vazirliklar va idoralar oʻzlarining meʼyoriy hujjatlarini bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari B.S.Hamidov zimmasiga yuklansin.