Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “1997-yilda Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va Davlat budjetining asosiy koʻrsatkichlari prognozi toʻgʻrisida” 1996-yil 31-dekabrdagi 469-son qaroriga
14-1-ilovani qisman oʻzgartirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1997-yil 15-iyuldan boshlab respublikada ishlab chiqariladigan alkogolli mahsulotlarga aksiz stavkalarining quyidagi miqdorlari belgilansin (aksiz soligʻini hisobga olgan holda sotish narxlari boʻyicha tovarlar qiymatiga nisbatan foizlarda);
“Oʻzkimyosanoat” uyushmasi korxonalari uchun spirtga aksiz soligʻi stavkasi 10 foiz miqdorida saqlab qolinsin.
2. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi korxonalaridan tashqari respublika korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan spirt boʻyicha toʻlangan aksiz soligʻi summasi ular ishlab chiqargan alkogolli mahsulotlar tannarxiga qoʻshilishi nazarda tutilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi alkogolli mahsulotlarga aksiz soliqlari toʻgʻri hisoblanishi va toʻlanishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari B.S.Hamidov zimmasiga yuklansin.