toggle_night_mode
Hujjat 25.02.2013 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “AHOLINI IJTIMOIY HIMOYA QILISh TIZIMINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh VA MUSTAHKAMLAShGA OID ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA” 2007-YIL 19 MARTDAGI PF-3864-SON FARMONI)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish va mustahkamlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2007-yil 19-martdagi PF-3864-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 30-aprel,
87-son
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 30-apreldagi 87-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-fevraldagi 44-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 8-son, 101-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 64-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilova I boʻlimi 1.11-bandining birinchi xatboshidagi “urush va mehnat faxriylari pansionatlari” soʻzlari “urush va mehnat faxriylari uchun pansionatlar va sanatoriylar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 17-18-son, 184-modda; 2013-y., 8-son, 101-modda)