toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.01.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“KONSESSIYALAR TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-yanvardagi OʻRQ-669-sonli “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Konsessiyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiritilsin.
 LexUZ sharhi
“Konsessiyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni “Xalq soʻzi” gazetasining 1995-yil 13-sentabrdagi 176 (1178)-sonida eʼlon qilingan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Konsessiyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga moslashtirsin, respublika vazirliklari, idoralari va davlat qoʻmitalari mazkur Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, qonunlar “Konsessiyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga moslashtirilgunicha amaldagi qonunlarning mazkur Qonunga zid boʻlmagan qismi qoʻllanilaveradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1995-yil 30-avgust,
111-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 186-modda)