1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.04.00.00 Budjet tizimining umumiy qoidalari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.10.00 Budjet jarayoni;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.11.00 Davlat budjetining kassa ijrosi;
5.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.12.00 Davlatning moliyaviy nazorati]
[TSZ:
1.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
“BUDJET TIZIMI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2006-yil 27-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 29-martda maʼqullangan
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-361-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi 158-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 12, 413, 418-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 6-moddaning oltinchi xatboshisi “hisobotni” degan soʻzdan keyin “belgilangan tartibda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) 26-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kelgusi moliya yiliga moʻljallangan Davlat budjeti loyihasini tayyorlaydi, uni joriy yilning oʻn beshinchi sentyabrigacha Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi hamda Davlat budjeti loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan birga joriy yilning birinchi oktyabrigacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi”;
3) 27-moddaning uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi yoki uning topshirigʻiga koʻra” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
toʻqqizinchi va oʻninchi qismlari quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi, oʻninchi, oʻn birinchi va oʻn ikkinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning birinchi apreligacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga u tashqi audit va baholash oʻtkazishi uchun hisobot yilidan keyingi yilning beshinchi apreligacha yuboradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotga doir xulosasini hisobot yilidan keyingi yilning oʻninchi mayidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan birga hisobot yilidan keyingi yilning oʻn beshinchi mayidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi”;
oʻn birinchi va oʻn ikkinchi qismlari tegishincha oʻn uchinchi va oʻn toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2007-yil 28-apreldagi 83 (4236) - sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 27-aprel,
OʻRQ-95-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 17-18-son, 173-modda)