Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan harbiy sohada ikki tomonlama va koʻp tomonlama hamkorlikni faollashtirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Amerika Qoʻshma Shtatlarida Oʻzbekiston Respublikasining Elchixonasini ochish toʻgʻrisida” 1993-yil 10-maydagi 212-son
qaroriga qoʻshimcha ravishda Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi Elchixonasi shtat jadvaliga 2000-yil 1-yanvardan boshlab qoʻshimcha harbiy attashe lavozimi kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yangi kiritilayotgan shtatdagi xodim taʼminoti uchun zarur mablagʻlar ajratsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Mudofaa vazirligi Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasi harbiy attashesi lavozimiga nomzod yuzasidan bir oy muddatda taklif kiritsin.